Savollar: Kredit foiz stavkalari xususidagi nazariy qarashlar


Download 64.04 Kb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi64.04 Kb.
#1389633
1   2   3   4   5
Bog'liq
30 variant pul va banklar

Klassik nazariyada foiz stavkasi va uning me’yori haqida J.Keyns: «Foiz me’yori bozorda kapitaldan foydalanganlik uchun to‘lanadigan baho sifatida aniqlanadi»
Keyns foiz stavkasining makroiqtisodiy jihatdan shakllanish mexanizmi o‘rgangan va iqtisodiyotdagi investitsion jarayonlarga bevosita ta’sir etish qobiliyatiga ega ekanligi asoslab bergan.
Amerikalik iqtisodchi I.Fisher foiz stavkasiga quyidagicha ta’rif beradi: «...biz foizning me’yorini foiz mukofoti sifatida aniqlaymiz, u pulda ifodalangan bo‘lib bir yildan so‘ng to‘lanishi kerak».
O.I. Lavrushin foiz stavkasi xususida quyidagi fikrlarni keltirib o‘tgan. U «Ssuda foizi ssudadan vaqtinchalik foydalanishdan olinadigan o‘ziga xos to‘lov hisoblanadi», degan fikrni bildirib ssuda foizining tarkibiy qismi sifatida bank foiziga alohida urg‘u bergan. Uning farqli jihati sifatida kredit munosabatlarida bank ishtirok etishini ta’kidlab, kredit bahosining mikrodarajada va makrodarajadagi omillar ta’sirida shakllanishini tahlil etishga va ularni guruhlarga ajratgan.
I.Tavasiev: "banklar uchun pullar o‘zida "oldi-sotdi" predmetini ifodalab o‘zining narxi bo‘lgan bank foiziga ega". Nazariy nuqtai nazardan uni to‘lash manbai bo‘lib kreditdan foydalanish natijasida olinadigan qarz oluvchi foydasining bir qismi hisoblanadi.
Bank foizini kredit munosabatlarida qatnashuvchi sub’ektlardan biri bank bo‘lgan holda vujudga kelishini ta’kidlaydi.
Kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari tijorat banklari tomonidan kredit kelishuvining aniq shartlarini hisobga olib o‘rnatiladi, ya’ni kredit hajmi va uni muddati, ta’minot mavjudligi, mablag‘larni jalb qilishdagi xarajatlar, kreditni rasmiylashtirish va nazorat bo‘yicha xarajatlar, qarz oluvchining kreditga layoqatliligi va boshqalar.
Hozirgi vaqtda foizlarni to‘lash manbasi kredit qo‘yilmalarining yo‘nalishidan kelib chiqib turlichadir. Qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha to‘lovlar mahsulot tannarxiga qo‘shiladi, uzoq muddatli va muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha xarajatlar korxona soliqqa tortilgan foydasiga olib boriladi.
Zamonaviy mexanizmning xususiyati bevosita foizlar bo‘yicha daromad va xarajatlarning bank yakuniy moddiy manfaatlari bilan bevosita bog‘liqligi hisoblanadi. Bank kredit kapitalining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari umumiy summasining joylashtirilgan mablag‘lar xajmiga nisbatan ifodalaydi.
Iqtisodiyotda kreditga bo‘lgan talabning o‘sishi kredit operatsiyalari manbasi sifatida bank depozitlari salmog‘ining o‘sishiga muvofiq bo‘lishi kerak. Bu esa, o‘z navbatida bank tomonidan depozitlarga bo‘lgan talab va taklif muvoznaatga kelguncha davom etadi. Aksincha iqtisodiyotda kreditga bo‘lgan talabning pasayishi banklarning kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlarini kamaytiradi. Bankning passiv operatsiyalari salmog‘ini qisqartirish orqali, bank foydasini oshirishi mumkin.

2. Kreditning turi deganda uning ma’lum belgilariga ko‘ra o‘ta aniqlikda shakllantirilgan tavsifi tushuniladi.
Kreditlar muddatiga ko‘ra uch turga bo‘linadi:
qisqa muddatli kreditlar;
– o‘rta muddatli kreditlar;
– uzoq muddatli kreditlar.
Kreditlarning muddati bo‘yicha turlarga ajratish dunyo mamlakatlarida bir-biridan farq qiladi. Masalan, AQSHda muddati 1 yildan 8 yilgacha bo‘lgan kreditlar o‘rta muddatli kreditlar hisoblanadi. Germaniyada esa, 1 yildan 6 yilgacha muddatdagi kreditlar o‘rta muddatli kreditlar hisoblanadi. O‘zbekistonda esa, umuman o‘rta muddatli kreditlar toifasi mavjud emas. Demak, respublikamizda 1 yilgacha muddatga berilgan kreditlar qisqa muddatli, 1 yildan ortiq har qanday muddatga berilgan kreditlar uzoq muddatli kreditlar hisoblanadi.
Tijorat banklarining qisqa muddatli kreditlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning aylanma mablag‘larini to‘ldirish maqsadiga berilsa, ularning o‘rta va uzoq muddatli kreditlari investitsion xarajatlarni moliyalashtirish maqsadiga beriladi.

Download 64.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling