Savollar: Protsessorga kiruvchi va chiquvchi boshqarish signallari qanday?


Boshqarish sxemasida protsessorga kiruvchi 6-ta va undan chiquvchi 6-ta boshqarish signallari mavjud


Download 99.17 Kb.
bet2/18
Sana03.02.2023
Hajmi99.17 Kb.
#1149126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
kompyuterni tashkil etish

Boshqarish sxemasida protsessorga kiruvchi 6-ta va undan chiquvchi 6-ta boshqarish signallari mavjud.

Boshqarish sxemasida protsessorga kiruvchi 6-ta va undan chiquvchi 6-ta boshqarish signallari mavjud.

Protsessorga kiruvchi boshqarish signallari:

φ1 va φ2 – taktlovchi impulslar, protsessorga taktlovchi generatordan doimiy ravishda berib turiladigan va uni taktlashni ta’minlaydigan impulslar.

RESET – protsessorni boshlang‘ich holatga o‘tkazish signali;

READY – protsessorni xotira yoki tashqi qurilma bilan ma’lumot almashinishga tayyorligini anglatuvchi signal;

INT – tashqaridan bo‘ladigan uzilishni amalga oshirish uchun ruxsat so‘rash;

HOLD – tashqi qurilmani xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish uchun, shinani egallash signali. Protsessordan chiquvchi boshqarish signallari:

READ – ma’lumotlarni qabul qilishga ruxsat berish signali;

WRITE – ma’lumotlar shinasiga, axborotni chiqarib qo‘yilganligini anglatuvchi signal;

SYNC – sinxronlash signali, ya’ni mashina siklini boshlanganligini anglatuvchi signal;

WAIT – protsessorni kutish holatiga o‘tganligini anglatuvchi signal;

INTE – uzilishni amalga oshirishga ruxsat beruvchi signal;

HLDA – shinani egallanganligini tasdiqlash signali, ya’ni tashqi qurilmaga, ma’lumotlar va adres shinalariga ulanishga ruxsat berish signali.




2. Xotira ierarxiyasi
Kompyuter xotirasi katta ma'lumot hajmiga, qisqa kirish vaqtiga (yuqori tezlik), yuqori ishonchlilikka va arzon narxga ega bo'lishi kerak. Ammo imkoniyatlarning oshishi bilan ishlash pasayadi va xarajatlar oshadi. Xotirani RAM va ROM ga bo'lish bu ziddiyatni to'liq bartaraf etmaydi, chunki protsessor, RAM va TXQ tezligining farqi juda katta. Shuning uchun axborot almashinuvi qo'shimcha buferli qurilmalar orqali amalga oshiriladi, ya'ni kompyuter xotirasi ierarxik ko'p darajali tuzilishga ega. Xotiraning tezligiqanchalik baland bo'lsa, 1 baytni saqlash qiymati shuncha yuqori bo'lsa, xotira hajmi shunchalik kam bo'ladi.
Xotira ierarxiyasining turli elementlariga kirish uchun taktlar soni;
- Kirish vaqti ierarxiyaning yuqoridan quyi darajasiga qarab ortib boradi
3. Yuqori sath tillari hisoblangan C, C+ va Java kabi dasturlash tillarida yozilgan bitta operatorni amalga oshirish uchun, bir nechta mashina buyruqlarini bajarish kerak bo‘ladi. Har bir operatorga bittadan mashina buyrug‘i to‘g‘ri keladigan til esa – assembler tili deb ataladi. Har bir assembler tili yoki assemblerlar, mashina buyruqlarining nomlari qisqartirib yozilgan
mnemonikalarga, ya’ni ma’noga ega qiskartirilgan so‘zlarga asoslanadi [1,16,18]. Masalan: qo‘shish – ADD, ayrish – SUB, ko‘chirib yozish – MOV, bir qiymatga orttirish – INC va boshqa mashina buyruqlari kabi. Assembler tilida ham – konstantalarni, o‘zgaruvchilarni, xotira adreslarini ifodalovchi metkalarni tavsiflash uchun, simvollardan iborat nomlar qo‘llaniladi. Assembler tilida yozilgan dasturni assemblerlash yoki translyasiya (kompilyasiya) qilish natijasida, real apparat muhitda - Pentium 4, Motorola, UltraSPARC yoki 8051 protsessorlaridan biri o‘rnatilgan kompyuterda bajarilishga tayyor ikkilik sonlarda ifodalangan dastur hosil bo‘ladi. Ushbu xolatni УМПК-80M o‘quv mikroprotsessorli komplekti uchun yozilgan, 4.1-rasmda keltirilgan dastur yordamida tushuntirish mumkin. Bu dastur tezkor xotira qurilmasining 0B00 adresi bo‘yicha yozilgan sonni o‘qiydi, uning inkorini aniqlaydi, hamda natijani 0B01 adresi bo‘yicha tezkor xotira qurilmasiga qaytib yozib qo‘yadi. Dasturlarni yozishda barcha sonlar o‘n oltilik sanoq sistemasida ifodalanadi. Dasturdagi buyruqlar - bir, ikki yoki uch baytli bo‘lib, mos holda hotiraning bitta, ikkita yoki uchta yacheykasini egallashlari mumkin

2-bilet
Savollar:
1. Triggerlar va ularing qanday turlari mavjud
2. BIOS va uning funksional vazifasi
3. Xotira turlari haqida ma’lumot bering.
1. Trigger. Bu qurilma raqamli qurilmalar ichida eng ko‘p tarqalgan qurilma bo‘lib, ikkita turg‘un holatga ega va uning bir holatdan ikkinchi holatga sakrab o‘tishi tashqi boshqaruv signal ta’sirida amalga oshadi. Triggerlardan foydalanilgan holda turli mantiqiy va hisoblash qurilmalari, generatorlar va xotira qurilmalari yaratish mumkin.
Trigger ikkita HAM – YoKI mantiqiy elementlaridan iborat bo‘lib (1a – rasm), quyidagi ravishda ishlaydi. Uning kirish qismiga X1 = 1 signalini berilishi va X2 = 0 signalining bo‘lmasligi elementning yuqori chiqishida holat hosil bo‘ladi, pastki chiqishida esa Y = 1 holat yuzaga keladi. (O‘zgaruvchan kattalik ustidagi chiziqcha kattalikning inversiya holatini anglatadi). Sxemaning bu holati X1 (X1 = 0) signalni o‘chirishgacha saqlanib turadi. Endi X2 = 1 signalni berganimizda trigger boshqa turg‘un holat Y = 0 ga o‘tadi va shuningdek bo‘ladi.

2. BIOS(Basic Input/Output System) — asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo‘lib, motherboard(материнская плата)’da alohida chip sifatida ishlaydi. Bu chipning vazifasi kompyuter va operatsion tizimni bir-biriga bog‘lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab bios ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operatsion tizim yuklanuvchi fayliga(dasturiga) o‘z ishini beradi(NTLDR, bootmgr).


Kompyuter yongandagi har xil yozuvlar va tovushning chiqishi, ROM(Read Only Memory) xotirada yozilgan biosning ishi.

Download 99.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling