Savollar Qalandar tariqati va unda Mashrabning ishtiroki qanday bo’lgan? Mashrab lirikasining majoziy mohiyati. Mashrab g’azal va muxammaslaridagi oshiq obrazi “Mabdai nur” asariga munosabatingiz? Javoblar


Download 20.73 Kb.
Sana03.06.2020
Hajmi20.73 Kb.
#113635

Savollar

  1. Qalandar tariqati va unda Mashrabning ishtiroki qanday bo’lgan?

  2. Mashrab lirikasining majoziy mohiyati.

  3. Mashrab g’azal va muxammaslaridagi oshiq obrazi

  4. “Mabdai nur” asariga munosabatingiz?

Javoblar

1.Mashrabning adabiy merosi an’anaviy she’riy devon holida yetib kelmagan. U o'tmishda noma’Ium muxlislar tomonidan tuzilgan xalq kitoblari tili va uslubini eslatuvchi «Devonai Mashrab» yoxud «Qissai Mashrab» nomlari bilan ma’lum bo'lgan manba orqali yetib kelgan. Mashrabning she’rlari XVII asrdan keyin tartib berilgan bayozlarda, qalandar shoirlar she’rlaridan iborat «Tazkirai qalandaron» asarida ham uchraydi. Shunday manbalar asosida 1958 yildan buyon uning she’rlari nashr qilinib kelinadi. Uning hajman ancha katta va devon deb shartli nomlangan kitobi 1990 yili bosildi. Mashrabning adabiy-ijodiy merosida diniy va tasarrufiy g'oyalar ham, o‘sha asrlarda ayniqsa keng tarqalgan qalandarlik tariqati g'oyalari ham sezilarli o'rin egallaydi. Shoir islom ta’limotidagi asosiy qoidalami, farzu amallarni qabul qilgani holda, ba’zilariga qarshi ochiqdan-ochiq salbiy munosabatini ham asarlarida ifoda etadi. Ularga mensimaslik, shakkoklik bilan qaraydi, ba’zan ular ustidan kuladi ham. Buning asosiy sababi shoirning

Bir xudodin о ‘zgasi barcha g ‘alatdur, Mashrabo,

Gul agar bo‘lmasa ilkimda tikonni na qilay?

birinchi shoh baytidadir. Shu jihat uning dunyoqarashini ko'p mutasawuflamikidan ajratib turuvchi asosiy jihatdir. Undagi yolg'iz xudoni tan olish e’tiqodi o'sha davr dindorlari uchun g'alat tuyulgan, ular Mashrab e’tiqodining tub mohiyatiga tushunib yetmaganlar. Mashrabning devonasifatligi, qalandarligi, hech narsadan qaytmasligi, «quwayi jazava»si uning shahid bo'lishiga sabab bo'lgan.



2.Mashrabning g‘azallarida boshqa ko‘pgina shoirlar g'azallarida ko‘zga tashlanuvchi raqib obrazi deyarli yo‘q. Oshiq-lirik qahramon ko‘p hollarda o'z orzu-maqsadiga erishadi. Chunki uning she’rlarida tasvirlangan go‘zal mahbubabechora oshiqqa doimo sadoqat, iltifot ko‘rsatishga harakat qiladi. Visol lazzatidan uni bahramand etish ishtiyoqida yonadi. Buni quyidagi g'azalda yaqqol kuzatish mumkin:

Nogoh ko‘rinib ko'zuma dilbar boqa qoldi,

Burqa ko'tarib qoshini ul dam qoqa qoldi.

Ruhim eritib yoshirin, vah-vah, yuz i otash,

Ishq chaqmog'ini jonima, naylay, choqa qoldi.

Aydi: «Na tilarsan» Dedim: «Sham’i jamoling»,

Ко ‘rsatdi yuz in, maqsud hosil bo’la qoldi...

Uning oshiqona lirikasida tasvirlangan shaxslar — yigit va qiz bir-biri bilan tabiiy munosabatda bo'ladi. Bir-biriga dilidagi ko'ngil dardlarini samimiy izhor etadi. Mashrabning ko‘pgina g'azallari aruzning yengil o'ynoqi vaznlarida yozilgan, ular xalq qo‘shiqlarini yodga tushiradi, musiqiy jarangga ega:

Rishtai jonim bila sochbog‘iman,

Oyoq ostig‘a kiyar boshmog ‘iman.

Kechasi ichidagi chaqmog‘iman,

Oshig‘i ichra yuragi dog‘iman.



3.Bu san’at orqali she’rdagi lirik qahramon, ko‘proq oshiq, o‘z ichki tuyg‘ularini, orzularini kimgadir yoki nimagadir murojaat etish, undan so‘rash orqali ro‘yobga chiqarish, yetkazishni ko‘zda tutadi. Mashrabning bir g'azalida shu badiiy usul juda nozik did bilan qo'llangan

Ikki ruxsoring qizil guldurmu yo bargi suman ?

Donai rayhon - qaro xolu xating - sahni charnan.

Siymtan, gul pirahan, shirin suxan, nozik badan,

Odammisan yo parisan bu nazokat birla san?

Hurmusan, g‘ilmonmusan, jannatmusan, rizyonmusan!

Bu parchada istifhom san’atidan tashqari, yana bir qancha tashbehu qiyos san’atlari sintezlangan holda istifoda etilgani ma’lum bo'lib turibdi. Uning Haq yo‘lidagi intilishlarini, chekkan riyozatlarini ibrat qilib ko'rsatishga bag'ishlangan soTiyona she’rlarida ham majoziy — ramziy so'z va iboralar, tashbehlar, qiyoslar ishlatiladi. Hatto u xalq maqollari, matallariga o'xshash iboralarga o'z diniy-islomiy qarashlarini singdirish qobiliyatiga ega:

Tikansiz gul, sadafsiz dur, mashaqqatsiz hunar bo ‘Imas,

Riyozat chekmaguncha yor vasliga yetib bo ‘Imas.

Bu o'rinda «yor» Haq diydori bo'lib, uning visoliga muyassar bo'lish o'zlikdan kechib, riyozatlar chekishni taqoza etadi. Buni isbotlash uchun hayotiy dalillar, qiyoslar keltiradi. Ma’lumki, gul tikansiz bo'lmaydi, gulni qo'lga kiritish uchun tikanning zaxmiga bardosh berish kerak. Sadafsiz dur ham bo'lmaydi. Zero, dumi sadafdan ajratib olish nozik mehnat, bardosh, riyozat talab qiladi. Ko'rinadiki, shu bitta aforistik baytda qancha chuqur hayotiy ma’no, falsafiy mushohada bor.



4.Boborahim Mashrab hayoti va ijodini o’rganish bilan bog`liq bo’lgan va uning “Mabdai nur” asarini ham qaysidir darajada tadqiq etgan olimlarimizdan Abdurauf Fitrat, A.Hayitmetov, A.Abdug`afforov, M.Zokirov, Vohid Abdullaev, Z. Rizaev, Sh.Zununov, Rahimjon Vohidovlarning ilmiy ishlari orqali mashrabshunosligimiz shakllandi va rivojlandi. Sharqshunos Ismatulloh Abdulloh “Mabdai nur”ning Boborahim Mashrabga tegishli asar ekanligini Boborahim Mashrab g`azaliyoti, “Mabdai nur”, “Kimyo” asarlari va yangi topilayotgan she’rlarini adabiy-badiiy, nuqtai nazardan tahlil etishga o’z hissasini qo’shdi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek shoir adabiy merosini o’rganishga mashrabshunos va adabiyotshunos Jaloliddin Yusufiyning xizmati benihoyat kattadir. Adabiyotshunos mustaqillik yillarida tinim bilmay Boborahim Mashrab ijodini o’rganib tadqiqotlar olib bordi. Shu inson xizmati orqali shoirning mukammal “Devon”i bilan tanishdik. Biz bitiruv malakaviy ishimizni asosi manbasi ham shudir. Boborahim Mashrabning muxammaslari g`oyaviy-badiiy ahamiyati kabi masalalarga bag`ishlangan ishlar mavjud, lekin ilmiy yangiliklar hali oz miqdorni tashkil etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, biz adibning muxammaslarining g`oyaviy-badiiy ahamiyatini o’rganish bog`liq masalani tahlil qilishni o’z oldimizga maqsad qilib qo`ydik. Ilm-ma’rifatli xalq kimni sevish, kimlarga ishonish, nimani ardoqlash, nimaga intilishni bilishda unchalik xato qilmaydi. Boborahim Mashrabning adabiy merosi qadim-qadimdan xalqimizni qiziqtirgan, o’qib-o’rganishga ishtiyoq uyg`otib kelgan.
Download 20.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling