Savollar Suv balansi nima, formulasini yozing va tushuntiring?
Download 405.44 Kb.
|
1-kurs magistranti Hoshimov Abdulloning SST fanidan ONI savollariga javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm.Sug’oriladigan ekin dalasi maydonning A va B uchastkasi uchun suv balansi elementlarini sxematik tarzda tasvirlanishi.
- K = (rCa + rMg):[(rNa • 0,23 • C) • 0,23], (4)
- SAR = Na +[(Ca + Mg)/ 2.] 1/2
- 1-Jadval Tuz miqdoriga ko‘ra suvlar sifatini baholash (I.S. Rabokev, 1984-yil)
Savollar 1.Suv balansi nima , formulasini yozing va tushuntiring? 2.Tuproq tarkibidagi tuzlar qanday usullar yordamida aniqlanadi? 3.Umumiy suv iste’ molini aniqlash formulalarini yozing va tushuntiring? Javoblar I) Suv balansi deb –muayyan vaqt yoki davr mobaynida dala maydonining ma’lum bir uchastkasiga kirayotgan va undan chiqib ketayotgan suv miqdorlarini absolyut farqiga aytiladi, ya’ni bu tabiatda suvni aylanishini sonli ifodasidir va suv balansi tenglamalari ko’rinishida aks ettiriladi. Tuproqning suv rejimi uni havo, issiqlik, mikrobiologik, oziq rejimlariga, shuningdek, meliorativ ahvoliga kuchli ta'sir etadi. Shu sababdan sug'oriladigan dehqonchilik sharoitida yeriaming suv balansini o'rganish muhim tadbir hisoblanadi: uning kirim va sarf qismlarini tashkil etuvchi elementlarini o'zgartirish orqali tuproqning suv rejimini kerakli yo'nalishda boshqarish imkoniyati mavjud. Tabiiy namlanuvchi yer massivlarining suv balansi hisobiy davr (oy, kvartal, yil) uchun A.N. Kostyakov (1951) taklif etgan quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: Aw + Av = (P + V -S ) + (G + A - O) – Eu mm, m3/ga (1) bu yerda: Aw — tuproqning hisobiy qatlamida tuproq-sizot suvlari za- xirasining ko'payishi (yoki kamayishi); Av — yer usti suvlari zaxiras- ining ko'payishi (yoki kamayishi); P — atmosfera yog'inlari; V - yer usti suvlarini boshqa hududdan oqib kelishi; G — sizot yoki filtratsiya suvlarining oqib kelishi; A - tuproqda havo namligining konditsiy alanishi; S — yer usti suvlarining tashqariga oqib ketishi; O— tuproq- sizot suvlarining tashqariga oqib ketishi; Eu — suvning umumiy bug'lanishga sarfi (transpiratsiyaga, tuproq va suv yuzasidan). Sug'oriladigan dehqonchilik sharoitida esa suv balansi quyidagicha hisoblanadi: Aw = Wk – Ws = (P + M + F+ G) - (Etr + Et + D + O), mm, m3/ga (2) 1-rasm.Sug’oriladigan ekin dalasi maydonning A va B uchastkasi uchun suv balansi elementlarini sxematik tarzda tasvirlanishi. bu yerda: Aw — tuproq-sizot suvlarining ko'payishi (yoki kamayishi); Wk - tuproq-sizot suvlarining kirim qismi; P — yog'in-sochin suvlari; M - sug'orish suvlari; F — sug'orish tarmoqlaridan suvning filtratsiya bo'lishi; w Ws - tuproq- sizot suvlarining sarf qismi; Et — tuproq yuzastdan bo'ladigan bug'lanish; Etr — o'simliklar tomonidan bo'ladigan transpiratsiya; D — zovurlar orqali tuproq-sizot suvlarining tashqariga oqib ketishi; O — tuproq-sizot suvlarining tashqariga oqib ketishi (zovursiz sharoitda). Bu sxemada yana shu narsaga e’tibor berish kerakki, ya’ni strelka belgisi pastga qaragan bo’lsa bu suv balansining kirim qismi elementlarini , agar aksincha bo’lsa sarf qismi elemenlarini bildiradi. Sug'oriladjgan yerlarning suv balansi ijobiy yoki salbiy bo'lishi mumkin. Agar hisobiy davming boshida tuproq-sizot suvlar zaxirasi Aw deb olinsa, suv balansining kirim qismi uning sarf qismidan ko'p, ya'ni
bo’lganda tuproq namligi yuqori bo'ladi - suv zaxirasi ko'payadi, agar aksincha holat bo'lganda (Wk-Ws =-Aw , Aw<0) hisobiy qatlamda (tuproq namligi kamayib, sizot suvlar yer yuzasiga yaqin joylashgan yerlarda ular sathining pasayishi kuzatiladi. Sug'oriladigan yerlarda suv balansining kirim qismini asosan sug'orish va sizot suvlari tashkil etadi. Yer yuzasiga yaqin joylashgan sizot suvlari qishloq xo'jaligi ekinlarining sug'orish rejimiga kuchlj ta'sir ko'rsatadi. Sizot suvlari chuqurda joylashgan yerlarda suv balansining kirim qismini sug'orish suvlari (85,9—93,1 foizgacha) tashkil etadi. Demak, bunday sharoitlarda o'simliklaming suvga bo'lgan ehtiyojini ta'minlovchi asosiy manba bo‘lib sug‘orish suvlari hisoblanadi (27-jadval). Sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan yerlarda ekinlami ortiqcha me'yorlaida sug orish suv balansining kirim qismini ko'payishiga — sizot suvlar sathining ko'tarilishiga olib keladi, bu esa tupraqni botqoqlanishga moyil qilib qo'yadi.
bu yerda: rCa, rMg, rNa - suvdagi kationlarning miqdori, mg-ekv; C - suvning minerallashganligi, g/l. K ≥ 1 bo‘lsa suv sug‘orishga yaroqli, K < 1 bo‘lsa yaroqsiz hisoblanadi. Stebler (V.V. Izyumov, 1966-yil) suvning yaroqliligini aniqlash uchun «ishqoriylik» koefTitsienti (A)ni tavsiya etadi: agar rNa – rCl= ≤0 bo‘lsa K = 288 : (5 - rCl); agar 0 ≤ rNa — rCl ≤ rSO4 bo'lsa K = 288 : (rNa + 4 • rCl); agar rNa—(rCl+r rSO4)>0 bo‘lsa K=288:(10•rNa— 5•rSl—9•rSO4). Bunda K < 6 bo‘Jsa suv sug‘orish uchun yaroqsiz, 6—18 bo‘lsa qoniqarli va 18 dan katta bo‘lsa yaxshi hisoblanadi. AQSh qishloq xo‘jaligi departamenti ishlab chiqqan natriyli-adsorbsion nisbat (SAR) quyidagicha aniqlanadi: SAR = Na +[(Ca + Mg)/ 2.]1/2 ( 5) Agar SAR < 10 bo‘Isa yaroqliligi bo'yicha suv yaxshi, 11—20 bo‘lsa kam qoniqarli, 20 dan katta bo‘lsa qoniqarsiz hisoblanadi. O‘zbekiston sharoitida suvlar sifatini belgilashda I.S. Rabochev (1984-yil) ishlab chiqqan tavsiyalardan foydalanish mumkin (1-jadval). Chiqindi suvlaming sug‘orish uchun yaroqliligini belgilashda quyidagilar aniqlanadi: suvning harorati, pH, erigan va erimagan mineral moddalar miqdori, quruq moddalaming umumiy miqdori, erigan va erimagan organik moddalar miqdori, organik moddalaming umumiy miqdori, kislorodga bo‘lgan bioximik ehtiyoj , kimyoviy singdirilgan kislorod , kaliy, natriy, kalsiy, magniy, fosfat (PO4), xlorid va sulfatlar, umumiy azot va nitratlar. 1-Jadval Tuz miqdoriga ko‘ra suvlar sifatini baholash (I.S. Rabokev, 1984-yil) III) Suv iste'moli (evopotranspiratsiya, umumiy bug'lanish) – rejalashtirilayotgan hosilni olish uchun qishloq xo'jalik ekini iste'mol uchun zarur bo’lgan suv miqdoridir. Qishloq xo'jalik ekini yetishtirilayotgan dalaning suv iste'moli (E) ekinlarning bargidan,tanasidan (transpiratsiya, Etr) va tuproq yuzasidan (Et) bug'lantirilgan suvlarning miqdoriga tengdir: E=Etr+Et mm, m3/ga (6) Tuproq yuzasidan bug'lanishga asosan tashqi muxit ta'sir etsa, transpiratsiyaga tashqi muxit bilan mujassamlashgan o'simlikning ichki omillari ta'sir etadi. Shuning uchun ularni ajratib olish murakkabligidan, Etr va Et birgalikda, bir butun qilib aniqlanadi. Suv iste'moli - iqlim, gidrogeologik va xo'jalik sharoitlari, o'simlikning biologik xususiyatlari, hosildorligi va sug'orish usullariga bog'liqdir. Suv iste'molini aniqlashning usullari: to'g'ridan-to'g'ri dalada o'lchash, analog (o'xshash) va empirik-hisobiy. To'g'ridan-to'g'ri dalada aniqlash: tajriba dalasining yoki tuproq monolitining suv (muvozanati) balansi elementlarini o'lchash orqali ularning umumiy suv iste'molini aniqlashdan iboratdir. Analog (o'xshash): ilgari yaxshi o'rganilgan tabiiy sharoitlari o'xshash bo'lgan ob'ektlar orqali umumiy suv iste'molini aniqlashdan iboratdir. Empirik-hisobiy usul suv iste'moli bilan iqlim omillari orasidagi korrelyatsiya bog'liqliklariga asoslangandir. Empirik-hisobiy usulda empirik koeffitsientlar bevosita kuzatuvlar natijasida aniqlanganligi uchun bu usul aniqroq usul hisoblanadi. Shunday aniqlash formulalaridan biri A. N. Kostyakov formulasidir: E=K•Y, m3/ga, (8) bu yerda E – suv iste'moli, m3/ga; K – suv iste'moli koeffitsienti, m3/t; Y – loyihaviy hosildorlik, t/ga. Bioiqlimiy hisoblar. A. M. va S. M. Alpat`evlar formulasi: E = Kb•Zd , m3/ga, (9) bu yerda: K – biologik koeffitsient (hisobiy davrdagi umumiy bug'lanishning havo namligi tanqisligi yig'indisiga nisbati bo'lib, tajribalar orqali aniqlanadi), mm/mb, Zd – havoning o'rtacha ko'p yillik namlik tanqisligi yig'indisi, mb. N.N. Ivanovning formulasi: E0 = 0,0018•(25 + t)2 •(100-a), (10) bu yerda: E0– oylik umumiy bug'lanishi, mm; t – havoning o'rtacha kunlik temperaturasi, °S; a – havoning o'rtacha kunlik namligi, %. F. Bleyni va V.D. Kriddl (AQSH) formulasi: ET0 = n•(0,46t + 8,13)kp , ( 11) bu yerda: ET0- potentsial evapotranspiratsiya, mm/sut; n - sutkadagi yorug' vaqtning o'rtacha davomiyligi, yillikdan % hisobida; t - havoning temperaturasi, °S; kp - havoning namligi, quyosh yorug'ligining davomiyligi va shamol tezligini inobatga oluvchi koeffitsient. Suv muvozanati (balansi) usulining ko'rinishlari: bug'latgich va lizimetrlardir. Bug'latgichlar - yuzasi 0,05-0,30 m2, balandligi 1-1,5 m bo'lgan, osti va yon devorlari suv o'tkazmaydigan silindrsimon idish ko'rinishida bo'lib, idishga tuproq monoliti o'rnatiladi. Ular sug'orish maydonida sizot suvlar chuqurligi 5-10 m da bo'lganda, ya'ni suvlarning tik yo'nalish bo'yicha almashinuvi bo'lmaganda qo'llaniladi. Lizimetrlar - tuproq monolitida tik suv alamashinuvini hisobga olishga asoslangan bo'lib, bu idishlarning yuzasi 0,10-0,20 m2 dan (don ekinlari uchun) 1,0 m2 gacha (g'o'zada), balandigi 1-2,5 m gacha bo'ladi. Lizimetrlarda sizot suvlar sathi doimiy ravishda ushlab turiladi. Qishloq xo'jaligi ekinlarining o'rtacha suv istemoli: Don ekinlarida - 3000–4000 m3/ga, sholida - 12000 m3/ga, poliz ekinlarida - 3000-10000 m3/ga, ko'p yillik o'tlarda- 8000–12000 m3/ga, g'o'zada - 6000-9000 m3/ga. Download 405.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling