Savollar: Tovar bozori turlari: iste’mol tovarlari bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, davlat tashkilotlari bozori haqida tushuncha


Download 16.7 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi16.7 Kb.
#1478437
Bog'liq
HQsISXAhhAMyqn798FSqLlrwrU9EISOC


Shokirov Shuhrat

  1. Variant

Savollar:
1. Tovar bozori turlari: iste’mol tovarlari bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori,
mehnat bozori, davlat tashkilotlari bozori haqida tushuncha.
2. Marketing konsepsiyalari va ularning tavsifi.
3. Bozorning tadbiq etish usullari haqida tushuncha.
Javoblar:

  1. Tovar bozori tushunchasi va tovar bozori turlari
    Bozor (market) - keng ma'noda muomala sohasi bo’lib, tovar ayirboshlash munosabatlari va jarayonlari majmuidir. Bunda tovar bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlari asosida amalga oshadi. Ko’pincha, marketingda bozor deganda ma'lum tarmoq tovarlariga ehtiyoj sezuvchi va uni qondirish imkoniyatiga ega bo’lgan potentsial iste'molchilarning majmui tushuniladi.
    Bozor ma'lum bir qiymatga ega bo’lgan turli xil obektlar bo’yicha tashkil etilishi mumkin. Masalan, iste'mol tovarlari bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori va boshqalar shular jumlasidandir. Iste'molchilarning turiga qarab bozorlar iste'mol bozori va korxonalar (tashkilotlar) bozoriga bo’linadi.
    Iste'mol bozori - bu tovarlarni va xizmatlarni o’zining shaxsiy ehtiyoji uchun sotib oladigan yakka shaxslar va oilalar majmuidan iborat bo’lib, ommaviy iste'molchilarga egaligi, raqobatning xilma-xilligi va markazlashmagan strukturaga ega ekanligi bilan xarakterlanadi.
    Korxonalar (tashkilotlar) bozori esa o’z navbatida ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori va davlat tashkilotlari bozoriga bo’linadi.
    Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori deganda boshqa tovarlar ishlab chiqarishda qo’llaniladigan tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi korxonalar va shaxslarning majmui tushuniladi.
    Davlat 
    tashkilotlari bozori deganda esa o’z faoliyatlarini yuritish uchun tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi hamma bo’g’indagi davlat tashkilotlari tushuniladi.
    Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori kam sonli xaridorlarga egaligi, lekin tovarlarning katta miqdorda sotilishi bilan xarakterlanadi.
    Bozorda kim etakchilik qilishiga qarab bozorlar "sotuvchi bozori" va "xaridor bozori"ga bo’linadi.
    "Sotuvchi bozori" - unda tovarga bo’lgan talab taklifdan oshib ketadi. Bunday bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridorning esa faol ishtirokchi bo’lishiga to’g’ri keladi. Bunday holatda "pul tovar orqasidan yuguradi".

2.Marketing kontseptsiyasi rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan firma faoliyatining strategik taxlili asosida ishlab chikiladi. Marketing kontseptsiyasini ishlab chikish odatda kuyidagi boskichlarni kamrab oladi:
ichki va tashki muxit strategik taxlilini amalga oshirish;
marketing faoliyati va korxonaning maksadlarini aniklash;
marketing strategiyasini aniklash;
rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maksadida marketing faoliyati elementlarini tanlash.
Marketing kontseptsiyasi ishlab chikarish va taklif etilayotgan tovarlarga bulgan talabni rivojlanish darajasiga boglikligi jixatidan evolyutsion tarakkiyot boskichini kechdi.
Marketing va tadbirkorlik soxasida dunyo ilmi va amaliyoti marketing evolyutsiyasida kuyidagi kontseptsiyalarni asosladi va tavsiya etdi:
ishlab chikarish kontseptsiyasi;
tovar kontseptsiyasi;
sotish kontseptsiyasi;
anhanaviy marketing kontseptsiyasi;
ijtimoiy-axlokiy marketing kontseptsiyasi;
uzaro alokaviy marketing kontseptsiyasi.
Mamlakat xujalik subhektlari ichki faoliyatida yaxlit organizm tarzida va firma ichidagi rejalashtirishda xam markaziy urinni egalladi. Bu bozor iktisodiyotiga karatilgan strategik boshkarishning yangi shakli bulib, u eng kup foyda olish maksadida tovarlarni uzluksiz ravishda ishlab chikaruvchilar istehmolchiga xarajat kildiradigan, korxonani ishlab chikarish va sotishni taxlil kilish kup kamrovli tushunchadir.
Maxsulotlar kurinishi va texnologiyasi kisman uzgartirilgan xolda kuplab ishlab chikarishlar boshlandi. Rakobat kurashining asosiy shakli narx rakobatiga aylandi. SHuning uchun keyingi yillarda xarajatlarni kamaytirish, samarador texnologiyalarni joriy etish yulida doimiy kurash olib borish muvaffakiyat garovi bulib koldi.
Ijtimoiy axlokiy marketing kontseptsiyasi - bu kontseptsiya korxonaning vazifasi yakka shaxslarning talabini urganish, taxlil kilish va bu talablarni samarali kondirishdan, ayni paytda umuman jamiyat butunligini saklash va mustaxkamlashdan iborat deb karaydi. Ijtimoiy-axlokiy marketing kontseptsiyasi boshkarishning bozor kontseptsiyasiga nisbatan kuchayib borayotgan ekologik muammolar, tabiiy resurslarning yetishmasligi, umumjaxon inflyatsiyasi, ijtimoiy xizmat soxalarining garib xolati tufayli bu dastur bizning zamonamizga tugri kelishiga bildirilgan shubxalar avj olib turgan pallada maydonga keldi. Dastlab firmalarning bozor munosabatlaridagi faoliyati asosan foyda olishgagina karatildi. Keyinchalik ular xaridor extiyojlarini kondirishning strategik axamiyatini anglab yetdilar va natijada bozor marketinggi kontseptsiyasi paydo buldi. Bugungi kunga kelib, ular biror muxim ishga kul urishdan oldin, jamiyat manfaatlari xakida xam uylay boshlaydilar. Ijtimoiy-axlokiy marketing bozor ishtirokchilaridan marketing siyosati doirasida uch omilni uzaro bogliglikda karashni talab etadi, bu omillar - firma foydasi, xaridor extiyojlari va jamiyat manfaatlari.
Marketingni uzaro alokaviy kontseptsiyasi. Marketingni uzaro alokaviy kontseptsiyasining asosiy goyasi xaridorlar bilan boshka oldi-sotdi jarayoni katnashchilari urtasidagi munosabatlar (kommunikatsiya)dan tashkil topadi.Marketingni uzaro alokasi samarali kommunikatsiya, shaxsiy mulokotlar axamiyatini oshiradi. Marketingni uzaro alokasi kommunikatsiyani kengrok jixatda – kompaniya bilan uning sheriklari urtasidagi daromad olib keluvchi xoxlagan uzaro alokasi sifatida kuradi.
3.Erkin bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan ishlab chiqaruvchilar keng bozor izlanishlari orqali o‘z mahsulotlarini sotishni ta’minlaydi, uning natijalaridan ishlab chiqarish va sotish dasturi tuzishda asosiy manba sifatida foydalaniladi. Bozorni o‘rganish potensial iste’molchilar ehtiyojlarini, ularning tovarlarga bo‘lgan talablarini, talab motivini aniqlashga imkoniyat beradi, bu narsalar esa korxonalar ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda katta rol o‘ynaydi. Xaridorlarning iste’mol qilish texnologiyasini, ishlab chiqaruvchi tarmoqlarining rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish, kelajakdagi ehtiyojni prognozlash va bozorga yangi turdagi mahsulot taklif qilish imkoniyatii beradi. Bu tadbirlar sotish hajmini ortishiga va bozorning katta ulushiga egalik qilishiga yordam beradi.
Bozor tadqiqotining asosiy usuli - bozorni segmentlash asosida tizimli tahlil qilishdir. Marketing qarorlarini qabul qilishda kerakli samara va istalgan natijaga erishishda ahamiyatlidir. Bozorni o‘rganish natijasida ikki xil axborot olinadi: miqdoriy - bozor sig‘imi, bozorda firmaning ishi va uning raqobatchilari haqida va sifat xarakteridagi axborot - bozor strukturasi; sotilayotgan mahsulotning ehtiyojlarga, alohida iste’molchilar o‘lchamlariga mos kelish darajasi; ularning sifat, turlariga qo‘yiladigan talablari; iste’molchilar foydalanadigan moddiy resurslar haqida. Tadqiqot o‘tkazish samaradorligini ta’minlash bir qator tadbirlarni amalga oshirish: talab qilinadigan axborotlarni aniqlashda muhimligini baholash; axborot yig‘ish manbalarini va tahlil usullarini tanlash; axborotni yig‘ish va tahlil qilish, takomillashtirish yo‘llarini izlash; izlanish va uning natijalarining samaradorligini nazorat qilishdan iborat bo‘ladi.
Marketing tamoyili asosida ishlovchi yetakchi firmalarning (kompaniyalarning) tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tadqiqot - ishlarining samaradorligi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilganda ortadi:
· bozor sig‘imini aniqlash, bozor «ovqat» (ozig‘i)ini topish;
· xaridorlar amaliyotini, motivlarini, ularning hulq-atvorlarini tahlil qilish;
· sotishning umumiy holatlarini tahlil qilish va uni prognozlash;
· raqobatchilar strategiyasi va taktikasini o‘rganish;
· bozordagi raqobatni tahlil qilish.


Bozor o‘lchamlapini aniqlash, firma o‘zining har bir tovari uchun bozorning aynan qaysi qismini egallaganligini aniqlashga yordam beradi. Bu tovar assortimenti va sotish dasturini rejalashtirishda qo‘l keladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, alohida tovarlar bozori kuchsiz raqobatning mavjudligi bilan farqlanishi mumkin. Lekin bu narsa firma raqobatchilari faoliyatini o‘rganishni keragi yo‘q degani emasdir.
Tadqiqotlar quyidagi hollarda zarurdir:
· mamlakat bozorida tovarlarni sotuvchi kompaniyalarni faoliyatini o‘rganish uchun;
· ishlab chiqarishni talabga ega bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarishga o‘zgartirish;
· yangi mahsulot, boshqarishning yangi metodlariga o‘tish bilan raqobatchilar kurashining kuchayish ehtimoli uchun;
· tashqi bozordagi raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish maqsadida.
Marketing faoliyatining muhim obyekti - firma uchun yangi bozorlarni aniqlashdir. Alohida tovarlar va tovar guruhlari, alohida regionlar va mamlakatlar, ichki va tashqi bozorlar, kapital, ish kuchi, qimmatbaho qog‘ozlar, xaridorlar va sotuvchilar bozorlari mavjud. Ular ichidan eng muhimi tashqi va ichki bozorlardir. Ichki bozor - bir mamlakat chegarasidagi tovar muomalasini o‘z ichiga olsa, tashqi bozor - milliy davlat chegaralari ortidagi tovar muomalasi yig‘indisidir. Ichki bozor ishtirokchilari mahalliy va chet el firmalari, korxona va tashkilotlari bo‘lsa, tashqi bozor ishtirokchilari alohida mamlakatlar milliy chegarasidan tashqariga qiladigan tovar muomalasida ishtirok etadigan korxona, firmalardir, ya’ni bu bozor ma’lum bir mamlakatga nisbatangina tashqi hisoblanadi. Ichki va tashqi bozorlarning rivojlanish darajasi ular konyunkturasi va sig‘imiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, konyunktura bu - ma’lum davrdagi vaqt darajasi sharoitidagi talab va taklif nisbatidir.
Download 16.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling