Savollarga javoblar
1.
Indeks deganda nimani tushunasiz?
Lotincha
indeks (index) so‘zi aynan tarjima qilinganda alomat,
belgi degan ma’noni bildiradi. Bu so‘zni ko‘pincha “ko‘rsatkich”
mazmunida ham sharhlaydilar.
2.
Indeks usulining funksiyalari nimalardan iborat?
Indekslar mantiq ilmi (logika)ning sintez va analiz usullariga
asoslanadi. Hodisalar to‘plami yoki murakkab hodisa ayrim
elementlardan, qismlardan tarkib topadi, ularning o‘zgarishlari
har xil me’yorlarda kechadi. Indeks usuli ularni bir butunga
aylantiradi, yaxlitlashtiradi va o‘rtacha o‘zgarish me’yori sifatida
shakllantiradi. Demak, indekslar sintezlash, umulashtirish
funksiyasini bajaradi.
Shu bilan birga ular natijaviy hodisalar o‘zgarishida boshqa
omil-hodisalar rolini baholash, ularning hissasini aniqlash
imkonini beradi, demak, indekslar analitik funksiyani ham
bajaradi.
3.
Indeksning qanday turlarini bilasiz?
Indekslar qanday jarayonni ta’riflashi va vazifalari jihatidan to‘rt
turga bo‘linadi: dinamika indekslari, reja (shartnomani)