bajarish indekslari, hududiy indekslar va xalqaro indekslar.
Indekslar murakkab hodisaning ayrim elementlari, ularning bir
xil to‘dalari va umuman murakkab hodisa uchun hisoblanishi
mumkin. Shu jihatdan ular guruhiy, yakka va umumiy indekslarga
bo‘linadi.
Qanday ko‘rsatkichlar indekslashtirilishiga qarab, iqtisodiy
indekslar miqdoriy ko‘rsatkichlar indeksiga va sifat
ko‘rsatkichlar indeksiga bo‘linadi.
Umumiy indekslar hisoblash usuliga qarab, agregat shakldagi va
arifmetik o‘rtacha, garmonik o‘rtacha va geometrik o‘rtacha
indekslarga, ular esa, o‘z navbatida, vaznli va vaznsiz
indekslarga, vaznli indekslar esa bazis vaznli, joriy vaznli,
to‘plama yoki o‘rtacha vaznli indekslarga bo‘linadi. Bu indekslar
nafaqat hisoblash tartibi bilan, balki shu bilan birga mohiyati va
qo‘llanish shart - sharoiti jihatidan bir-biridan farq qiladi.
4.
Indekslar yordamida qanday masalalar yechiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |