Savollarga javoblar Indeks deganda nimani tushunasiz? Lotincha indeks index
Download 42.78 Kb. Pdf ko'rish
|
Statistika 11-mavzu savollarga javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruhiy indekslar
- Gurhiy indekslar
Zanjirsimon indekslar, O‘zgarmas asosli indekslar,
O‘zgaruvchan asosli indekslar. 10. Yakka indekslarga qanday xususiyatlar xos? Yakka indekslarning davrali (aylanma) teskarilanish xossasi,
11. Guruhiy indekslar nima? Ular qanday xususiyatlarga ega? Guruhiy indekslar tabiati jihatidan yakka va umumiy indekslar o‘rtasida oraliq o‘rinni egallaydi. Ayrim bir jinsli tarkibiy unsurlarning o‘zgarishini ifodalovchi yakka indekslarga nisbatan ular umumiy indeks xarakteriga ega. Umumiy to‘plam chegarasida muayyan bir jinsli unsurlar o‘zgarishini ifodalovchi indeks sifatida ular yakka indekslar xususiyatiga ega. Bu holda guruhiy indekslar o‘rtacha darajalarni bevosita taqqoslashga asoslanadi. 12. Guruhiy indekslarga misollar keltiring. Kuzatishda qatnashayotgan hududlar (shahar, tuman) bo‘yicha ayrim tovarlar (xizmat) bahosining yakka indekslari asosida viloyat va respublika bo‘yicha ayrim tovarlar, tovar va xizmatlar guruhlari uchun agregat baho indekslari aniqlanadi. Hududiy vazn sifatida joriy yil boshiga muayyan (ya’ni tekshirilayotgan) hudud (shahar, tuman) aholisining viloyat, respublika aholisi sonidagi salmog‘i, (ulushi) olinadi. Turlicha sifatga ega bo‘lgan tovarlar (xizmatlar) dan tuzilgan ayrim tovar guruhlari uchun esa viloyat miqyosida umumiy indekslar yakka indekslardan tortilgan arifmetik o‘rtachani hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Bu holda agregatlashtirish vazni qilib hududda (shahar, tuman) muayyan guruh tarkibiga kiruvchi ayrim tovar (xizmat)lar bahosini viloyat aholisi sonida muayyan hudud salmog‘iga ko‘paytmasi olinadi.
13. Guruhiy indekslar qanday shakllarda tuziladi? Gurhiy indekslar ikki shaklda: o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tarkibli indekslar ko‘rinishida tuziladi. Download 42.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling