6400 – Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzni xisobga oluvchi schyotlar.
6500 – Sug’urta va maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzni xisobga oluvchi schyotlar.
6600 – Ta’sischilarga bo’lgan qarzni xisobga oluvchi schyotlar.
6700 – Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan xisoblashishlarni xisobga oluvchi schyotlar.
6800 – Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni xisobga oluvchi schyotlar.
Budjet tashkilotlarida taftish va tekshiruvlarni o’tkazish muddati necha kungacha qilib belgilangan?
Byudjet tashkilotlarida taftish va tekshiruvlarni o’tkazish muddati – 30 kungacha qilib belgilangan. Birinchi marta belgilangan muddat taftish guruhi rahbari (taftishchi) tomonidan asoslansa, u holda muddati uzaytirilishi mumkin. Taftishda o’tgan 3 kalendar yili moliyaviy faoliyatini, oldingi taftish o’tgandan keyingi davrni o’z ichiga oladi.
Buxgalteriya hisobi obyektlariga nimalar kiradi?
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning yettinchi moddasiga binoan, Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya hisobi obyektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi.
Aylanma mablag’larni aytib bering?
Korxonada asosiy fondler bilan birgalikda aylanma mablag’larning bo’lishi
muhim ahamiyatga ega. Aylanma mablag’lar pul mablag’larining yig’indisi bo’lib, ular ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlarini mablag’ bilan ta’minlashga xizmat qiladi va ularning uzluksiz aylanishini taminlaydi. Aylanma mablag’lar ishlab chiqarishni va ishlab chiqarilgan maxsulotlarning realizasiyasini uzluksizligini ta’minlaydi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda, ya’ni, mahsulat ishlab chiqarish jarayonida to’liqligicha sarflanadi va ularningqiymati ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga ketadi.
Aylanma mablag’lar tarkibi:
Aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlarini pul shaklidagi yig’indisi korxonaning aylanma mablag’lariini tashkil qiladi.
Aylanma mablag’larning ishlab chiqarish aylanma fondlari va muomala fondlariga taqsimlanishidan tashqari ular yana me’yorlashtiriladigan va me’yorlashtilmaydigan aylanma mablag’larga bo’linadi.
- Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag’lar (ishlab chiqarish jarayonida band bo’lgan ishlab chiqarish jamg’armalari, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davrlar xarajatlari) va korxona omboridagi tayyor mahsulotga sarflangan xarajatlar kiradi.
- Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag’larga jo’natilgan – tayyor mahsulot, pul mablag’lari va debitorlik qarzlari kiradi. Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag’larning sanoat bo’yicha o’rtacha miqdori barcha aylanma mablag’larning 80 %ga yaqinini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |