Savollarga javoblar. Statistika so’zining ma’nosi va tushunchasini bilasizmi?


Buxgalteriya hisobi shakllari nechta va ular qaysilar?


Download 47.6 Kb.
bet4/11
Sana04.02.2023
Hajmi47.6 Kb.
#1166652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Savollarga javoblar

Buxgalteriya hisobi shakllari nechta va ular qaysilar?

Korxonalar faoliyati hisobi yuritilar ekan, bunda bir necha buxgalteriya hisob shakllaridan foydalanadi. Korxonada qo‘llaniladigan hisob shakllarini tanlash qo‘yidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi:
- korxona hisob ishlarini hajmi ko‘p yoki kamligiga;
- korxona buxgalteriya xodimlarining malaka va tajribalariga va xakozo.
Korxonada qaysi hisob shakli qo‘llanilishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga to‘liq amal qilinishi shart.
Buxgalteriya hisobi shakllari qo‘yidagi turlarga bo‘linadi:
* memorial order shakli.
* bosh davtar shakli.
* jurnal order shakli.
* elektron-avtomatlashtirilgan shakl.



  1. Auditorlik faoliyati standartlari nima?

Auditorlik faoliyati standartlari — auditorlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va asoslarini tartibga soluvchi, shuningdek, auditorlar uchun tekshiruv o'tkazish borasidagi o‘z majburiyatlarini amalga oshirishlariga yordam berish maqsadida qabul qilingan umumiy qonun-qoidalar tizimidir. Tekshiruv davomida auditorlik standartlariga amal qilish tekshiruvning yuqori sifatda o'tishi va ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.
Amaliyotda auditorlik standartlari:
1. Xalqaro;
2. Milliy auditorlik standartlariga bo'linadi.



  1. Auditorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi nimalardan iborat?

Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo’lishi uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo’yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi. Auditning maqsadlari xususan quyidagilardan iborat: buxgalteriya hisobining holatini ekspertiza yo’li bilan baholash, yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlarining xaqqoniy-ligini tekshirish va tasdiqlash valyuta muomalalarini taftish qilish, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar emissiyasi prospektining ma’lumotlarini tasdiqlash, korxonaning moliyaviy barqarorligini mustaxkamlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish, iqtisodiyot va moliyaviy huquq sohasidagi yangi qonunchilik hujjatlari bo’yicha aniq maslahat (konsultatsiya) o’tkazish.




  1. Download 47.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling