Davr xarajatlariga nimalar kiradi?
Davr xarajatlari deganda, bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatishda band bo’lgan xodimlarning mehnat haqi xarajatlarning hisoblanishi?
Inventarizatsiya nima uchun kerak?
Korxonada mavjud bo’lgan mulklar saqlanishini ta’minlash, ular nazoratini yaxshilash maqsadida, yuritilayotgan hisob ma’lumotlari nechog‘lik haqiqiyligi, to‘g‘riligini tekshirish maqsadida inventarizatsiya o‘tkaziladi. Korxonadagi mulklar deganda, asosiy vositalar, nomoddiy, aktivlar, ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulot, tovar, pul mablag‘lari va boshqa moliyaviy aktivlar tushuniladi. Korxonaning moliyaviy majburiyatlari ham inventarizatsiya qilinib, bunday majburiyatlarga kreditorlik qarzlari, bank kreditlari, olingan qarzlar tushuniladi.
Korxonalarda yillik hisobot tuzilib, bundagi ma’lumotlar albatta, haqiqiy ma’lumotlar asosida bo‘lmog‘i lozim. Bu shart bajarilishi uchun ham korxona inventarizatsiyasi o‘tkazilmog‘i shartdir.
Inventarizatsiya – korxona mablag‘ini tekshirib, ro‘yxatga olish va olingan ma’lumotlarni hisob ma’lumotlari bilan solishtirish demakdir.
Korxonalarda asosan, 1 oktyabrdan keyin inventarizatsiya o‘tkaziladi, bunga sabab yillik balans ma’lumotlarini haqiqiyligini ta’minlashdir. Ammo qo‘yidagi holatlarga ham e’tiborniqaratmoq zarur: kutubxona fondlari 5 yilda bir, yirik asosiy vositalarni 3 yilda bir, oziq-ovqat tovarlarini bir yilda 2 marta, kassadagi naqd pullar esa har oyda inventarizatsiya qilinadi.
Olingan materiallar uchun mol yetkazib beruvchilarga pul to’landi. Bu xo’jalik jarayoni qaysi tip o’zgarish turiga kiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |