Savollarga javoblar. Statistika so’zining ma’nosi va tushunchasini bilasizmi?


Download 47.6 Kb.
bet1/11
Sana04.02.2023
Hajmi47.6 Kb.
#1166652
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Savollarga javoblar


Savollarga javoblar.



  1. Statistika so’zining ma’nosi va tushunchasini bilasizmi?

Statistika lotincha “status” so’zidan olingan bo’lib hodisalarni xolati, ahvolini bildiradi.
Status so’zining negizida “status” davlat, statusda biluvchi ya’ni davlat to’g’risida muayyan bilimlarni, ma’lumotlarni bilish tushuniladi.
Statistika fani 17-asrning oxiriga kelib mustaqil fan sifatida shakllanadi, ingliz olimlari Peti hamda Graund statistika fani asoschilari bo’lgan. Peti o’z vaxtida (1623-1687) iqtisodiyotning otasi va ma’lum darajada statistikani ixtirochisi deb atalgan statistika dastlab siyosiy arifmetika nomi bilan yuritilgan.
O’zbekistonda statistikani rivojlantirishda Toshkent xalq xo’jaligi institutida 1932-yildan boshlab o’z faoliyatini boshlagan statistika kafedrasi olimlari Akromovlarni kiritishimmiz mumkin.



  1. Inflatsiyaning vujudga kelishiga qaysi omil ta’sir ko’rsatadi?

Inflatsiya (lot. inflatio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish), pulning qadrsizlanishi tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi.
Inflatsiya – pul muomalasi qonunining buzilishi, iqtisodiyotda tovar masssasi hamda pul massasi o’rtasidagi nomutanosiblik jarayonida vujudaga keladi.
Inflatsiyani vujudga kelishiga qator omillar ta’sir qilib, ularni ichki va tashqi omillarga ajratish mumkin.
Ichki omillar tarkibiga ortiqcha pul massasi vujudga kelishi, milliy valyutaga nisbatan ishonchning pasayishi, mamlakatning nomutanosib to’lov balansi kabilarni kiritish mumkin.
Tashqi omillarga mamlakat tashqi siyosatining beqarorligi, iqtisodiy inqirozlar, moliya va fond bozorlarida indekslarning o’zgarishi kabilarni keltirish mumkin.
Inflatsiyani keltirib chiqaruvchi birinchi sabab – mamlakatda bozor mexanizmlarining to’liq joriy etilmasligi, davlatning byudjet daromadlari va xarajatlari ustidan monopol tartibini joriy etishi hisoblanadi. Bunda davlat byudjetining daromadlaridan ortiqcha bo’lgan xarajatlar, ya’ni byudjet taqchilligi muomalaga qo’shimcha pullar chiqarish yo’li bilan qoplanadi. Byudjet taqchillligini qoplash uchun muomalaga chiqarilgan pullar tovar moddiy qiymatliklari bilan ta’minlanmaganligi oqibatida mamlakatda inflatsiya darajasining ortishiga olib keladi.
Ikkinchi sabab – asossiz ravishda ish haqi va boshqa to’lovlarning oshirilishi, ushbu to’lovlar davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ko’zda tutilmagan bo’lsa, muomalaga qo’shimcha emissiya hisobiga amalga oshiriladi. Buning natijasida iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarning bahosi oshadi va inflatsiya darajasi ortib boradi.
Uchinchi sabab – mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning eksport qilish darajasining pastligi va import darajasining yuqoriligi bilan ifodalanadi. Mamlakatga kirib kelayotgan import tovarlar hisobiga xorijiy valyutalarning chetga oqib ketishi yuz beradi, natijada mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar nafaqat tashqi ehtiyojlarni, balki ichki ehtiyojlarni qondirishga ham xizmat qilmay qo’yadi. Buning oqibatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati taboro salbiylashib, inflatsiya darajasi ortib boradi.



  1. Download 47.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling