Savollarga javoblar
Download 21.91 Kb.
|
1-topsh umumiy ped
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ pedagog ”
- Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o`rgatuvchi», didasko «o`rganuvchi»)
- Birinchi bosqch (1997-2001 yillar)
- Uchinchi bosqch (2005 va undan keyingi yillar)
SAVOLLARGA JAVOBLAR : Pedagoglik kasbining shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog'liq. Ibtidoiy davr kishilari bolalarni o'zlari bilan ergashtirib yurib, ularga ov qilish, turli daraxt mevalarini terish, o'simliklarning ildizini kovlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi harakatlarni amalga oshirishni o'rgatganlar. Eramizdan oldingi II asrlarda Gretsiyada, quldorlarning bolalalarini ovqatlantiradigan, sayrga olib boruvchi, tarbiyachi-qullarni “pedagog” deb atalgan. U bolalarning kamolga yetishiga mas’ul bo’lgan. Quldorning bolasini yetaklab maktabga olib borgan va olib kelgan. Maktabda ishlovchi o’qituvchilarni “didaskallar” (didayko-men o’qitaman) deyishgan. Feodalizm jamiyatiga kelib esa har ikki kasbdagi kishilar hamkorligi natijasida ta’lim-tarbiya bilan maxsus shug’ullanuvchilar vujudga kelgan. Ularni “pedagog” deb nomlaganlar va bu so’z hozir ham ta’lim-tarbiya beruvchi o’qituvchilarga nisbatan qo’llaniladi. Jamiyatning tabaqalanishi natijasida, quldorlik tuzumida bolalarni ta'lim maskanlariga olib borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular “pedagog” deb nomlanganlar. “Pedagogika” atamasi “Peyne”-“bola” va “aygogeyn”-“etaklamoq” degan ma’noni bildiruvchi lotincha “daydagogos” so’zlaridan paydo bo’lgan. “Pedagog” kasbining ravnaq topishida Qadimgi Yunonistonlik allomalar Suqrot, Aflotun, Arastu, Demokrit va boshqalarning hissasi katta. Ular o‘z faoliyatida yoshlarni o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalariga mos ravishda o‘z davrida ta'lim-tarbiya nazariyasini ishlab chiqdilar. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g`oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o`rganadi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o`qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o`rgatuvchi», didasko «o`rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o`qituvchi va o`qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo`llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi. Pedagogika fanining metodologiyasini yaratishda qomusiy mutafakkir va pedagoglarning o‘rni diqqatga sazovardir. Al-xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Rudakiy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, chex olimi Yan Amos Kamenskiy, shveytsariyalik pedagog Iogann Genrix Pestalotstsi, nemis pedagogi Adol'f Disterverg, rus pedagogi K.D.Ushinskiy kabilar “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi va 1997 yilning 29 avgustida bir qancha o’zgartirishlar kiritilgan holda qaytadan tasdiqlandi, Qonun 5 bo’lim va 34 moddadan iborat bo’lib 3 bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan ya’niy Birinchi bosqch (1997-2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish. Ikkinchi bosqch (2001-2005 yillar) - Mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. Bu bosqchda, shuningdek, ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to`ldirish ta’minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltirish hamda ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o`quv-tarbiya jarayonining yuqori sifatli o`quv adabiyotlari va ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish vazifalarining ham hal etilishi alohida urg`u beriladi. Uchinchi bosqch (2005 va undan keyingi yillar) to`plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Pedagogik metodlar haqida nimani bilasiz?
Test javoblari : A A A B D A Download 21.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling