Sayidova M. G’ etika va estetika seminar mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanma


Mavzuga oid o’quv – ko’rgazmali materiallar


Download 0.78 Mb.
bet11/14
Sana18.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1210022
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Sayidova M. G’ etika va estetika seminar mashg’ulotlari uchun us

Mavzuga oid o’quv – ko’rgazmali materiallar.

4.1 - ko’rgazma.

4.2– ko’rgazma.



4.3– ko’rgazma.
Debat ”usulini qo’llash qoidalari.



        1. Debatlarda mavzu bayoni rezolyusiya shaklini olmog’i lozim. Ma’lumki, rezolyusiya har doim mavjud holatni o’zgartirishni talab etadi.

        2. Mashg’ulotga mahalliy muttahassislarlardan (olim, vrach. muhandis, ijtimoiy arbob va boshqa) biri taklif etiladi.

        3. Debatda talabalar ikki guruhga ajratiladi: rezolyusiyani qo’llab quvvatlovchilar va ularga qarshi chiquvchilar. Guruh sardori reglamentga rioya qilishni kuzatuvchi yordamchi tayinlaydi.

        4. Dastlab rezolyusiyani qo’llab – quvvatlovchilarga so’z beriladi, ulardan konstruktiv argumentlarni bayon qilish so’raladi. Ular o’z fikrlarini etarlicha dalillar bilan isbotlab beradilar. Iloji bo’lsa so’zga chiquvchilar tartibini har bir guruh a’zolari uchun oldindan belgilash kerak. O’qituvchining yordamchisi so’zga chiquvchi uchun vaqt tugaganligini eslatib turadi.

        5. O’qituvchi birinchi guruhning ikkinchi talabasiga so’z beradi, so’ngra ikkinchi guruhning ikkinchi talabasi o’z fikrlarini rezolyusiya bo’yicha bayon qiladi.

Shu holat barcha debat ishtirokchilari navbatma – navbat chiqish qilgunlariga qadar davom etadi.

    1. Keyingi bosqichda har bir ishtirokchiga qarshi tomonning dalillarini inkor etish va ular tanqidiga javob berish jarayoni davom etadi.

    2. Munozara davomida yangi dalillarni keltirish mumkin emas. Bahsni har doim rezolyusiyaga qarshi tomon vakillari boshlaydi.

    3. Talabalar bu bosqichda rezolyusiyaga nisbatan ma’lum mavqeni egallashni bayon qilishadi. O’qituvchi bu sabablarni auditoriya doskasiga yozishi mumkin. Talabalar bu savollarga tegishli javob berishlari ham mumkin.

    4. Debat dars so’ngida talabalar qarshi tomon qabul qilgan rezolyusiyaning joriy etilishi natijasini baholashi kerak. Shuningdek, har ikki tomondan o’rtaga tashlangan qarashlarni hayotga tadbiq etish jamiyat uchun foydali yoki zararli ekanligi ham muhokama qilinishi mumkin.




Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling