(Turob To’la tarjimasi)
Lenin, Stalin, Hitler singari «vahshiy rassomlar» chizgan suratlar – totalitar tuzumlar mafkuralari qismatini shu she’rda ko’rish mumkin. Zero aхloqiylik har qanday mafkura muvaffaqiyatining garovi hisoblanadi. Aхloq bilan mafkura bir - biri bilan ana shunday uzviy bog’liq.
Mavzuga oid o’quv – ko’rgazmali materiallar.
3.1– ko’rgazma.
3.2– ko’rgazma.
3.3– ko’rgazma.
“Munozara ”usulini o’tkazish tartibi.
Munozara olib boruvchi – boshlovchi tayinlanadi va ishtirokchilar taklif etiladi.
Boshlovchi ishtirokchilarga “aqliy hujum” qoidalarini tushuntiradi:
“hujum”dan maqsad muammo echimiga oid variantlarni ko’proq taklif etish;
o’z bilimingizni umumlashtirib e’tiborni muammo echimiga qaratib , fikrlar bildiring. Bildirilgan g’oyalar umumiy fikrga zid bo’lsada, hech biri rad etilmaydi;
boshqa ishtirokchilar g’oyalarini ham qo’llab quvvatlang;
taklif etilganlarni baholash keyinroq amalga oshiriladi.
Boshlovchi kotib tayinlaydi va u aytilgan barcha g’oyalarni yozib boradi. Muhokama vaqtida so’zga chiquvchilar aniqlanib munozarada barcha ishtirokchilar qatnashadi, ularga o’z fikrlarini ifodalash imkoni beriladi. Agar uni o’tkazish qoidalari biror kishi tomonidan buzilsa, boshlovchi uni xolisona hal qiladi. Birinchi bosqich yangi g’oyalar paydo bo’lgunicha davom etadi.
Boshlovchi ishtirokchilarning tanqidiy tafakkuri “charhlanishi” uchun qisqa tanaffus e’lon qiladi. Keyin ikkinchi bosqich boshlanadi. Ishtirokchilar guruhlarga bo’linib, birinchi bosqichda bildirilgan g’oyalar mustahkamlanadi. G’oyalar guruh bo’yicha birlashtirilib, ular tahlil qilinadi. Natijada o’rtaga qo’yilgan muammoning echimiga oid g’oyalar ajratib olinadi.
Boshlovchi munozaraga yakun yasaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |