Saylov senzlar
Download 14.53 Kb.
|
Islom 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- SIYOSIY ELITA NAZARIYALARI
SAYLOV SENZLARI — konstitutsiya yoki saylov to’g’risidagi qonunlarda belgilangan saylov huquqini amalga oshirishda o’rnatilgan shart va cheklovlar. Senzlar turli xil bo’lishi mumkin: jins va yosh senzi (ayollarning saylov huquqini amalga oshirishiga ruxsat berish yoki cheklash; muayyan yoshga to’lganda saylov huquqini amalga oshirish); ijtimoiy va mulkiy senz, ma‘lumotlilik, o’troqlilik, fuqarolik senzi va b. Sivilizatsiya rivojlana borgan sari, u yo bu senzlar inkor etila borgan. Mas., dastlab saylov huquqi faqat erkaklarga berilgan, lekin XX asrga kelib erkaklar va ayollar huquqi tenglashtirilgan. XIX asr va XX asrlarda tabaqaviy va mulkiy senzlar keng qo’llanildi. Muayyan tabaqa vakillari (ishchilar, dehqonlar, harbiy xizmatchilar va b.)ning saylovlarda ishtirok etishiga yo’l qo’yilmagan, muayyan mulk va daromadga ega bo’lgan shaxslargina saylash huquqiga ega bo’lgan. Mulkiy, jinsiy, irqiy senzlar demokratiya tamoyillariga to’g’ri kelmasligi uchun ulardan voz kechildi. Hozirgi vaqtda har bir davlatning saylov to’g’risidagi qonunlarida S.s. belgilangan doirada amalda mavjuddir. SIYOSIY ELITA NAZARIYALARI — siyosiy elita guruhlari va ularning jamiyatdagi o’rni va rolini asoslab berishga doir ko’plab nazariyalar, konsepsiyalar ishlab chiqilgan. Bu nazariyalar quyidagilardan iborat: 1) Muhimiylik va zaruriylik nazariyasi (G.Moska, V.Pareto, V.Robka, N.Berdyaev va boshqalar). Bu nazariyada siyosiy elita jamiyatning muhim yetakchi kuchi sifatida ta‘riflanadi va u jamiyatdagi boshqa ijtimoiy guruhlarga qaraganda aholining eng mahsuldor va tashabbuskor qismlari ekanligi nazariy jihatdan asoslab beriladi. 2) Demokratik elita nazariyasida (R.Dall, M.Lipset, L.Zigler, K.Mangeym va boshqalar) siyosiy elita guruhi aholining mamlakatni boshqarishga qodir qismi bo‗lib qolmay, shu bilan birga demokratiyani himoya qilishga qodir bo’lgan qismi ekanligi masalasi asoslab beriladi. 3) Liberal nazariya ham siyosiy elita nazariyalaridan biridir. Bu nazariyada (R. Mills, M. Milband va bosh.) siyosiy elitaning xilma-xil ko’rinishlari va turlari haqida fikr yuritilib, ularni o’zaro farqlashga harakat qilinadi. 4) Partokratik nazariya ham siyosiy elita nazariyalaridan biri. Bu nazariya bir vaqtlar sobiq sotsializm mamlakatlarida keng tarqalgan bo‗lib, unda siyosiy rahbarlikning tarixan muqarrarligi isbot qilinadi. Bu nazariyaning asosiy qoida va xulosalari totalitar siyosiy tuzumlar hukmron bo’lgan sobiq sotsializm mamlakatlarida kommunistik partiyaning dasturlari va qarorlariga asos qilib olingandi. Download 14.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling