Sayt dizayni


Sozlash uchun sahifa tanlash


Download 0.91 Mb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1612120
1   2   3

Sozlash uchun sahifa tanlash


Biz shu paytgacha asosiy sahifadagi vidjetlarni boshqarishni ko’rib chiqdik. Ulkan barcha sahifalarni sozlash imkonini beradi.
Buning uchun siz avvalo veb sahifa va veb sahifa turi o’rtasidagi farqni tushinishingiz kerak. Veb sahifa o’z veb manziliga ega va sayt menyusi orqali o’tish mumkin bo’lgan hujjatdir. U matn, rasm, video va fayllardan iborat bo’lishi mumkin. Har bir sahifa o’z turiga ega. Masalan, Barcha mahsulotlarRukn yangiliklari. Har bir saytda bir turga mansub bo'lgan bir nechta sahifa bo’lishi mumkin. Masalan, yangiliklar saytida IqtisodiyotSiyosat kabi ruknlar bo’lsin, menyuda esa shu runklarga o’tadigan havolalar joylashadi. Har bir havola mos ravishda bitta ruknga bog’langan bo’ladi, ammo sahifa turi bir xil, ya’ni Rukn yangiliklari.
Ulkan aynan bir sahifani emas, balki sahifa turini sozlash imkonini ham beradi. Sahifa turi sozlamalari shu turdagi barcha sahifalarga ta’sir qiladi. Masalan, o’z kiyim-kechak internet do’koningizni bo’lim mahsulotlari sahifa turini sozlasangiz, bu erkaklar bo’limi sahifasiga ham, ayollar bo’limi sahifasiga ham birdek ta’sir qiladi.
Ulkanda sahifa turini sozlash uchun yuqori paneldagi Asosiy sahifa havolasini bosing, shunda sozlash mumkin bo’lgan sahifa turlarining ro’yxati chiqadi. Ro’yxatda barcha turlar ko’rinmasligi mumkin, buning sababi shuki ba’zi turlarni sozlashdan oldin shu sahifaga o’tish imkoniyatini beradigan ma’lumotlar kiritilmagan bo’lishi mumkin. Masalan yangilikning batafsil sahifasini sozlash uchun saytingizda hech bo’lmaganda bitta yangilik bo’lishi kerak, aks holda bu turdagi sahifaga o’tish imkoni bo’lmaydi.

Dizaynni turli xil qurilmalarda tekshirish


Ulkanda saytingiz dizaynini sozlab bo’lganingizdan so’ng, uni har xil enli monitorlarda sinab ko’rishingiz mumkin. Dizaynni sozlash markazi juda qulay qilib yaratilgan bo’lib, sozlash jarayonida saytingiz qanday ko’rinishga bo’lishini onlayn tarzda markazdagi to’rtburchakda kuzatishingiz mumkin. Yuqori panel o’rtasida 3 xil enli qurilmalar belgisi joylashgan bo’lib, ularni tanlash orqali saytni o’sha qurilmalarda qanday ko’rinishini sinashingiz mumkin.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling