Sayyid muhyiddin maxdum


Sahobalardan chiqqan mufassirlar


Download 112.4 Kb.
bet8/23
Sana18.06.2023
Hajmi112.4 Kb.
#1569745
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
- 1. Otabek diplom ishi

1.2. Sahobalardan chiqqan mufassirlar.
Sahobalarning orasida Qur’onni tafsir qilish bilan shuhrat topganlar ozchilikni tashkil qiladi. Imom As-Suyutiy "Al-Itqon" nomli kitobida mufassir sahobalarning nomlarini sanab o‘tgan. Avvalgi o‘ntalikka to‘rt xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali), Ibn Mas’ud, Ibn Abbos, Ubay ibn Ka’b, Zayd ibn Sobit, Abu Muso AlAsh’ariy va Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) lar kiritilgan. Ulardan keyin Anas ibn Molik, Abu Hurayra, Abdulloh ibn Umar, Jobir ibn Abdulloh, Abdulloh ibn Amr ibn Os, Oisha (r.a.)lar qayd etilgan. Ammo "keyingilar"dan tafsir sohasida juda kam rivoyat bor. Ularning bu sohadagi shuhrati avvalgi o‘ntalikka barobar kelmaydi. Avvalgi o‘ntalikka kirgan sahobalarning ba’zilaridan ko‘proq, boshqalaridan ozroq tafsir naql qilingan bo‘lsada, ular xalq orasida Qur’onni yaxshi bilish va yaxshi tafsir qilishlari bilan shuhrat topganlar. Abu Bakr, Umar va Usmon(r.a.)lar xalifalik ishlari bilan ko‘proq band bo‘lganlari, vafotlari ham nisbatan tez bo‘lganligi, u davrda olim va mufassir sahobalar ko‘p bo‘lib, musulmonlarning ilmga bo‘lgan ehtiyoji ular bilan qondirib turilganligi sababidan, xalifalardan juda kam tafsir naql qilingan. Ammo Ali ibn Abu Tolibdan juda ko‘p tafsir naql qilingan. Buning sababi esa, U zotning xalifalik ishidan ko‘p vaqt forig‘ bo‘lganlari, boshqa xalifalardan umrlari uzoq bo‘lganligi, turli millat kishilari ham Islomni qabul qilgan bo‘lib, bu davrda Qur’on tafsiriga ehtiyoj katta bo‘lganligidadir. Shuningdek, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Mas’ud, Ubay ibn Ka’blardan ham juda ko‘p tafsir rivoyat qilingan. O‘ntalikdan qolganlari (Zayd ibn Sobit, Abu Muso va Abdulloh ibn Zubayr) nint mohir mufassir ekanliklari musulmonlarga ma’lum bo‘lsada, ulardan ko‘p rivoyat qolmagan.2. Tafsir sohasida barakali meros qoldirgan mufassir sahobalardan ba’zilarining tarjimai hollari bilan quyida tanishib chiqamiz:
a) Abdulloh ibn Abbos (r.a.)ning tarjimai holi.
Tafsir sohasida so‘zlari eng ko‘p naql qilingan, barakali mufassir Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dirlar. U kishining to‘la nomlari Abdulloh ibn Abbos ibn Abdulmuttolib ibn Hoshim ibn Abdi Manof Al-Qurashiy Al-Hoshimiy bo‘lib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga amakivachcha bo‘ladilar. Ibn Abbosning onalari Luboba Al-Kubro Horis ibn Huzn Al-Hiloliyning qizidir. Ibn Abbos tug‘ilgan vaqtlarida, chaqaloqni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ga olib kelishdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) chaqaloqning tanglayiga o‘zlarining muborak tupuklaridan surtib qo‘ydilar. Bu voqea hijratdan uch yil oldin bo‘lgan edi. Ibn Abbos juda yosh bo‘lishlariga qaramay, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga qarindoshliklari ham bo‘lgani uchun (Ibn Abbosning xolalari Maymuna Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning zavjalari edi), Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan ajralmas edilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) vafot etganlarida Ibn Abbos o‘n uch yoshda edilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan keyin sahobai kiromlarning ulug‘lari etagidan ushlab, ulardan tafsir va hadis ilmini chuqur o‘rgandilar. Ibn Abbos 68 hijriy yilda, 70 yoshlarida Toifda vafot etdilar va shu yerga dafn qilindilar.
Ibn Abbosning janozalari va dafnlarida ishtirok qilgan Muhammad ibn Hanafiyya: "Bugun bu ummatning donishmandi vafot etdi", — dedi. Ibn Abbos ilmda dengiz misol edilar. Allohning kalomini bilishda buyuk mujtahidlik maqomida edilar. Hazrati Umar (r.a.) Ibn Abbosning so‘zlariga yosh bo‘lishlariga qaramay e’timod qilardilar. U haqda: "Ibn Abbos Qur’oni Karimning qanday ajoyib tarjimoni!" — deb maqtov so‘zini aytgan edilar.Imom Al-Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Ibn Abbos (r.a.) shunday eslaydilar:
"Hazrat Umar (r.a.) meni yosh bo‘lishimga qaramay, Badr jangi ishtirokchilari bilan bo‘ladigan kengashga kiritdilar. Yoshi ulug‘lar taajjublanib:"O‘g‘limiz, nabiramiz bilan teng bo‘lgan yosh bolani bizning oramizga kiritdi", —deb Umar (r.a.) dan ranjishdi. Shunda Umar (r.a.): "Bu bola yosh bo‘lsa ham barchangizdan olimroqdir", — dedilar. Bu gaplarini isbotlash uchun yana bir kuni hamma yoshi ulug‘larni jam qilib, meni ham taklif etdilar. Keyin
o‘tirganlardan:

Download 112.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling