Sayyid muhyiddin maxdum
Download 112.4 Kb.
|
- 1. Otabek diplom ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tafsir istelohda
- إِنَّ عَلَيْنَا جَمْعَهُ وَقُرْآنَهُ (١٧) فَإِذَا قَرَأْنَاهُ فَاتَّبِعْ قُرْآنَهُ (١٨) ثُمَّ إِنَّ عَلَيْنَا بَيَانَهُ
Tafsirning ma’nosi
Tafsir lug‘atda : «Tafsir – ravshanlashtirish va bayon qilish». Olloh taolo oyati karimada aytadi:» «Ular Sizga (Qur’onni ayblash uchun yuqoridagi kabi) masal (savol) keltirsalar, albatta Biz Sizga haq (javob) ni va go‘zal tafsirni keltirib qo‘ydik», ya’ni tafsiliy bayonni . Va yana: «Tafsir – mushkul lafzlarning ma’nolarini ochish» .Abu Hayyon rahimahulloh « Bahrul-Muhit » kitobida aytadilar: « Va yana tafsir ma’nosida keladi , aytasanki: Otni o‘z chegarasida yugurishi uchun yalang‘ochladim. Va bu yerda «ochishlik» ma’nosiga dalolat qilmoqda». Bundan ma’lum bo‘ladiki, tafsir lug‘at jihatidan ikki xil ma’noni anglatadi. 1) Aqlga sig‘adigan ma’nolarni ochish. 2) Hissiy narsalarni ochish. Ammo birinchi ma’nosi ikkinchi ma’nosiga qaraganda ko‘proq ishlatiladi. Tafsir istelohda: Ba’zi ulamolar aytadilar: . « Tafsir – ma’lum bir chegaraga ega bo‘lgan ilm emas, chunki u boshqa aqliy ilmlarga o‘xshagan qoidalar va qoidalar bilan shug‘ullanishdan hosil bo‘lgan malakalar emas. Va uni Olloh taoloning Kalomini yoki Qur’on lafzlarini ochib beruvchi ilm deb izohlash kifoyadir. Va ba’zilari aytadilar: « Tafsir – juz’iy mas’alalar yoki umumiy qoidalarning yoki qoidalar bilan shug‘ullanishdan hosil bo‘lgan malakalarning bir ko‘rinishidir. Unga ta’rif berish lozim bo‘ladi. Va unda Qur’onni tushunishda kerak bo‘ladigan lug‘at, sarf, nahv, qiroatlar va boshqa ilmlar zikr qilinadi». Abu Hayyon rahimahulloh «Bahrul-Muhit» kitobida aytadilar: «Tafsir – Qur’on lafzlarini nutq qilish holati, ularning mazmun - mohiyati, ifrodiy va tarkibiy hukmlari va ma’nolari haqida bahs qilinadigan ilmdir». Qur’onning ma’nolarini Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mufassal va mukammal tushunganlar. U Zotga Qur’onni yodlatish va ma’nolarini tushuntirish kafolatini Alloh Taolo o‘z zimmasiga olgan: إِنَّ عَلَيْنَا جَمْعَهُ وَقُرْآنَهُ (١٧) فَإِذَا قَرَأْنَاهُ فَاتَّبِعْ قُرْآنَهُ (١٨) ثُمَّ إِنَّ عَلَيْنَا بَيَانَهُ "Uni dilingizga jamlash ham, tilingizga qiroat qildirish ham bizning zimmamizdadir. Qachon biz uni o‘qib to‘xtaganimizda siz ham uni o‘qishga ergashing! Keyin uni bayon qilib berish ham bizning zimmamizdadir". 4 Ibn Xaldun o‘z tafsirining muqaddimasida shunday yozadi: "Shubhasiz Qur’oni Karim arab tilida, arablarning balog‘at usullariga mos ravishda nozil bo‘lgan. Shuning uchun arablarning hammasi ham Qur’onning kalimalari va jumlalari ma’nolarini yaxshi tushunardilar".5Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Fotiris-samavati" oyatining ma’nosini tushunmas edim. Bir kuni quduqni talashayotgan ikki kishi kelib, mendan hal qilib berishimni so‘radilar. Ulardan biri: "Ana fatartuha", ya’ni quduqni men kovlashni boshlagan edim", — , dedi.6 Hazrat Umardek zotga "abban" so‘zi bilan "taxovvuf" so‘zining ma’nosi zohir bo‘lmasa, "Qur’on tarjimoni" degan maqtovga sazovor bo‘lgan Ibn Abbs (r.a.) "fotir" so‘zining ma’nosini oddiy odamlar dan bilib olgan bo‘lsalar, boshqa sahobalar Qur’on ma’nolarini bekamu -ko‘st bilishlari mumkinmi? Saharlikda og‘izni berkitish vaqti bayon qilingan Download 112.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling