Sayyid muhyiddin maxdum


إِذَا جَاءَ نَصْرُ اللَّهِ وَالْفَتْحُ


Download 112.4 Kb.
bet9/23
Sana18.06.2023
Hajmi112.4 Kb.
#1569745
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
- 1. Otabek diplom ishi

إِذَا جَاءَ نَصْرُ اللَّهِ وَالْفَتْحُ
(Ey Muhammad), qachonki Allohning nusrati va g‘alabasi kelsa" 10degan oyati haqida qanday fikrdasizlar? — deb so‘radilar. O‘tirganlarning ba’zilari: "Alloh Ta’olo bizga, agar g‘alaba va nusratga erishsak, unga hamd va sano aytishimizni buyuryapti", — dedilar. Ba’zilar esa sukut saqladilar. Shunda Hazrat Umar menga qarab: "Ey Ibn Abbos, sen qanday fikrdasan?" — deb savol qildilar. Men: "Alloh Ta’olo bu oyat bilan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ajallari yaqinlashgani xabarini bermoqda", — dedim. Hazrati Umar (r.a.) mening javobimni tasdiq qilib: "Men ham shunday deb o‘ylagan edim", — dedilar.Ibn Abbos o‘z tafsir va ta’villarida zarurat bo‘lganda ahli kitoblarning rivoyat va naqliyotlaridan foydalanardilar. Qur’on oyatlarida kelgan ba’zi g‘arib (kamyob) so‘zlarning ma’nosini ochishda johiliyat shoirlarining she’rlaridan ham juda ko‘p o‘rinda foydalanganlar. Chunki, she’r xalq shevasini, urf-odatini, so‘z qochiriqlarini o‘zida mujassam etgan ifoda usulidir. Qur’oni Karimni esa Alloh Ta’olo ana shu xalq tilida, ular oson tushunsinlar, deb nozil qildi. Qur’on oyatida:
إِنَّا أَنْزَلْنَاهُ قُرْآنًا عَرَبِيًّا لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ
"Biz Qur’onni arab tilida nozil qildik, shoyad uni tushunib, fikr qilsangizlar"11— deyilgan. Shuning uchun Qur’on oyatlarining tafsirida Ibn Abbos she’rlarga ko‘p murojaat qilganliklari bejiz emas, qachon u kishidan biror oyatning tafsiri so‘ralsa, u kishi o‘sha ondayoq biror she’rni xonish qilar ekanlar. Ibn Abbosning tafsirni she’r yordamida bayon qilib berish hollari ikki yuz martadan ortiqroq rivoyat qilingan.Ibn Al-Anboriy o‘zining "Al-vaqf val-ibtido" nomli kitobida, Tabaroniy "Al-mo‘jam al-kabir" kitobida, Imom Suyutiy "Al-Itqon" kitobida Ibn Abbosning Nofi’ ibn Al-Azraq bilan bo‘lgan ana shunday suhbatlarini batafsil keltirgan:
"Bir kuni Abdulloh ibn Abbos Ka’banint soyasida o‘tirib, odamlarning savollariga javob berayotgan edilar. Shu yerda aylanib yurgan Nofi’ ibn Al-Azraq sherigi Najda ibn Uvaymirga: "Ey Uvaymir, yur men bilan, o‘zini tafsirchi olim qilib ko‘rsatib maqtanayotgan Ibn Abbosning oldiga boramiz, uni savollar bilan sharmanda qilamiz", — dedi. Ikkovi Ibn Abbosning yonlariga kelishdi va: "Ey Ibn Abbos, biz senga Qur’ondan savol beramiz. Sen uni tafsir qilish bilan birga she’rlardan misol keltirib, so‘zingni tasdiqlaysan", — deyishdi. Ibn Abbos xotirjam ohangda: "Nimani xohlasang shuni so‘ra!" — dedilar. Nofi’ dedi: "Allohning



Download 112.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling