Sayyid muhyiddin maxdum
Mufassirlar uchun zaruriy qoidalar
Download 112.4 Kb.
|
- 1. Otabek diplom ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- A. 1) Lug‘at ilmi
2.2. Mufassirlar uchun zaruriy qoidalar
Allohning kalomini naqliy tafsirlarga murojaat qilmagan holda bevosita aqli va ijtihodi bilan tafsir qilmoqchi bo‘lgan olim quyida keltiriladigan ilmlarning bilimdoni bo‘lishi shart ekanligiga ulamolar ittifoq qilganlar. 1 Bu ilmlar mufassirni turli xatoga ketib qolishdan va Allohga tuhmat qilishdan himoyalaydi: A. 1) Lug‘at ilmi: Mufassir Qur’on lafzlarini, ularning madlulini, o‘zagini bilishi shart. Mujohid aytadi: "Allohga va oxiratga imon keltirgan odam agar arab tilini mukammal bilmasa, Qur’onning bir so‘zini tafsir qilish ham unga halol bo‘lmaydi". Chunki ba’zi so‘zlar mushtarak ma’noli bo‘lib, mufassir ikki ma’nodan biriga tafsir qilsa, ikkinchi ma’noni bilmasa, u xato qilishi mumkin, chunki ehtimol Allohning murodi ikkinchi ma’nodir 2) Nahv ilmi: Bu ilm jumlaning birinchi va ikkinchi darajali bo‘laklarini, ega-kesimini, so‘zlarning joylashish o‘rnini aniqlab beradi. Arab tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri har bir so‘zning oxirgi harakati o‘sha so‘zning darajasini bildiradi va agar harakat o‘zgarsa, ma’no ham o‘zgaradi. Al-Hasan Al-Basriydan: "Chiroyli gapirish va yaxshi qiroat qilish uchun arab tilini o‘rgansa bo‘ladimi?"— deb so‘ralganda, u kishi: "Qanday yaxshi, (arab tilini bilmagan) odam qiroat qiladi, talaffuzda yoki e’robda xato qiladi, natijada savob olish o‘rniga halokatga uchraydi",— deb javob berdi. 3) Sarf ilmi: Bu ilm bilan so‘zlarning tuzilishi va turlanishi o‘rganiladi. Ibn Foris aytadi: "Kimki sarf ilmini o‘rganmagan bo‘lsa, ilmning eng asosiy qismidan bebahra qolgan bo‘ladi. Chunki har bir arabcha so‘z mubham ma’noga ega bo‘lib, uni sarfi sag‘ir (Sarfi sag‘ir — ma’nosi mubham bo‘lgan masdarning har biri alohida ma’no beradigan 12 siyg‘aga solinishidir. Masalan: «zarb» «urmoq» masdarini zaraba, yazribu, zoribun, mazrubun, lam yazrib, lo yazribu, izrib, liyazrib, lo tazrib, mazribun, mizrobun, azrabu siyg‘alarga solinishi kabi) yoki sarfi kabir (Sarfi kabir — mazkur 12 siyg‘aning har birini birinchi shaxs, ikkinchi shaxs, uchinchi shaxs, birlik, ko‘plik, muzakkar, muannas va boshqa ko‘rinishdagi 14 siyg‘aga solinishidir)ga solingandagina kerakli ma’no hosil bo‘ladi". As-Suyutiy rivoyat qilishicha, Az-Zamaxshariy aytadi: "Tafsirdagi eng yomon bid’at ushbu Download 112.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling