Sayyid muhyiddin maxdum


فَاغْسِلُوا وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى الْمَرَافِقِ


Download 112.4 Kb.
bet13/23
Sana18.06.2023
Hajmi112.4 Kb.
#1569745
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
- 1. Otabek diplom ishi

فَاغْسِلُوا وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى الْمَرَافِقِ
"Yuzlaringizni va qo‘llaringizni tirsak bilan qo‘shib yuvinglar".
Shu oyatning davomida tayammum to‘g‘risida esa shunday deyilgan:
فَامْسَحُوا بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُمْ
"Yuzlaringizni va qo‘llaringizni (pokiza tuproq bilan) mash qilinglar".
Ushbu mas’h oyatida "tirsak bilan" degan qayd yo‘qligi uchun oyatning ma’nosi mujmalga aylangan. Ammo tahorat bilan tayammumning hukmi bir xil bo‘lgani uchun, tahorat haqidagi muqayyad oyat tayammum haqidagi mujmal oyatning ma’nosini tafsir qiladi."Baqara" surasining 254-oyatida Qiyomatdagi tang ahvol hamma uchun umumiy ma’noda tasvirlangan:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَنْفِقُوا مِمَّا رَزَقْنَاكُمْ مِنْ قَبْلِ أَنْ يَأْتِيَ يَوْمٌ لا بَيْعٌ فِيهِ وَلا خُلَّةٌ وَلا شَفَاعَةٌ
"Ey mo‘minlar, na oldi-sotdi, na oshna-og‘aynichilik, na oqlov(shafoat) bo‘lmaydigan kun kelishidan ilgari sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq-ehson qilinglar".
Alloh Taolo mazkur oyati karimani "Zuxruf" surasining 67-oyati bilan sharhlab, xossatan bir-birlariga do‘st bo‘lgan muttaqiylarning do‘stligi Qiyomatda ham foyda berishini aytadi:
الأخِلاءُ يَوْمَئِذٍ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ إِلا الْمُتَّقِينَ
"U Kunda do‘stlar bir-birlariga dushmandir. Magar (Alloh yo‘lida do‘stlashgan) taqvodor zotlargina (mangu do‘stlardir)".
"An-najm" surasidagi 26-oyat bilan sharhlab esa Alloh Ta’olo tomonidan izn berilgan kishilargina shafoat qilishlari, shafoat qilingan aybdorlarning oqlanishlari mumkin ekanligi aytiladi:
وَكَمْ مِنْ مَلَكٍ فِي السَّمَاوَاتِ لا تُغْنِي شَفَاعَتُهُمْ شَيْئًا إِلا مِنْ بَعْدِ أَنْ يَأْذَنَ اللَّهُ لِمَنْ يَشَاءُ وَيَرْضَى


"Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar bo‘lib, o‘shalarning shafo‘atlari ham biror foyda bermas. Magar Alloh O‘zi xohlagan va rozi bo‘lgan kishilar uchun (shafoatga) izn berganidan keyingina (u shafoatning foydasi tegadi)".
3. Zohiriy ko‘rinishda bir-biriga zid ma’noli bo‘lib ko‘ringan oyatlarning o‘rtasini jam qilinsa, ular biri ikkinchisini tafsir qiladi va to‘ldiradi. Masalan: Odamning yaratilishi haqidagi oyatlarning birida Odam tuproqdan, yana birida loydan, yana boshqasida sopoldan, nihoyat chinnidan yaratilgani aytiladi. Oyatlarning ma’nosini jamlansa, ular bir-birini tafsir qilib, Odamga ruh ato qilinguncha o‘tgan bosqichli davrlar aytilgani ravshan bo‘ladi.4. Ikki xil qiroatni bir-biriga solishtirib tafsir qilinadi. Bunda qiroatlarning lafzi boshqa, ammo ma’nosi bir xil bo‘lishi mumkin. Masalan: "Al-Isro" surasining 93- oyatini Ibn Mas’ud:

Download 112.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling