Sayyid muhyiddin maxdum


وَأَعِدُّوا لَهُمْ مَا اسْتَطَعْتُمْ مِنْ قُوَّةٍ


Download 112.4 Kb.
bet15/23
Sana18.06.2023
Hajmi112.4 Kb.
#1569745
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
- 1. Otabek diplom ishi

وَأَعِدُّوا لَهُمْ مَا اسْتَطَعْتُمْ مِنْ قُوَّةٍ
"Ey mo‘minlar, ular uchun imkoningiz boricha kuch jamlab qo‘yinglar"14 degan oyatni o‘qib: "Bilinglarki, albatta bu kuch — o‘q-yoydir", — dedilar". (Muslim)
Anas ibn Molik (r.a.) aytadi: "Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar:"Robbim menga ato qilgan Kavsar jannatdagi bir daryodir". (Muslim, Ahmad)
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan oyatlarning tafsirini bayon qilib bergan sahih hadislar juda ko‘p rivoyat qilingan. Farz namozlarining besh vaqt ekanligi, rakatlarining soni, o‘qilish holatlari, zakotning miqdori, navlari va uni ado etish vaqti, hajning manosiklari, ramazonda saharlik va iftorlik vaqtlari, zinokorlarga beriladigan jazo usuli, merosxo‘rlarga vasiyat qilish qoidasi va boshqa ko‘pgina Islom ahkomlari Qur’onda ijmoliy keltirilgan bo‘lib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ularni muborak hadislari bilan tafsir qilib, ravshanlashtirib berganlar. Ammo Tafsir kitoblarining ba’zisida Payg‘ambarimiz (s.a.v)ga nisbat berilgan, aslida esa Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytmagan mavzu’ hadislar ham tafsir sifatida qo‘shilib ketgan. Masalan, Anas ibn Molik(r.a.) rivoyat qildi, deyilgan hadisda shunday ma’no bor: "Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan qintorning ma’nosi so‘raldi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Qintorning miqdori ming uqiya", — dedilar".
Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadisda esa: "Rosululloh (s.a.v.): "Qintorning miqdori o‘n ikki ming uqiya", — dedilar".
Mazkur ikki hadisning birinchisi mavzu’ (yolg‘on) dir. Chunki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan miqdor bayonida bunchalik katta xato sodir etilishi mumkin emas. Ikkinchi, Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadis boshqa hadislar bilan tasdiqlangan. Demak, mavzu’ hadisni paydo qiluvchilar ishonchli bo‘lsin uchun Anas ibn Molik (r.a.)ning nomidan foydalanishgan.v) Qur’onni ijtihod bilan tafsir qilish.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan keyingi davrda sahobai kiromlar agar biror oyatning tafsirini Qur’onning o‘zidan topmasalar, Payg‘ambardan so‘rab bilishga ham imkoniyat topmagan bo‘lsalar, o‘z ra’ylari va ijtihodlari bilan tafsir qilar edilar. Bu ishni ular besh narsaga ishongan holda amalga oshirar edilar:
1) Lug‘at ilmini va asrorlarini yaxshi bilishlariga;
2) Arablarning urf-odatlarini yaxshi bilishlariga;
3) Arabistonda yashovchi yahudiylar va nasroniylarning ahvolini yaxshi bilishlariga;
4) Oyatlarning nozil bo‘lish sabablarini yaxshi bilishlariga;
5) O‘zlaridagi fahm-farosatning o‘tkirligiga. Lug‘at sirlarini yaxshi bilishlik Qur’on lafzlaridan Allohning murodini idrok etish va yaxshiroq fahmlashga yordam beradi.
Arablarning urf-odatlarini yaxshi bilish urf-odatga aloqador oyatlarni tushunishga yordam beradi.
Masalan:

Download 112.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling