Sayyid muhyiddin maxdum


وَاتَّقُوا اللَّهَ وَيُعَلِّمُكُمُ اللَّهُ


Download 112.4 Kb.
bet19/23
Sana18.06.2023
Hajmi112.4 Kb.
#1569745
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
- 1. Otabek diplom ishi

وَاتَّقُوا اللَّهَ وَيُعَلِّمُكُمُ اللَّهُ
"Allohdan qo‘rqingiz! Alloh sizlarga ta’lim beradi ". (Baqara, 282)
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham: "Kim bilgan ilmiga amal qilsa, Alloh unga bilmagan ilmini nasib etadi",— degan so‘zlari bilan ilmi laduniyga ishora qilganlar.
Imom As-Suyutiy aytadi: "Tolib ilmul-mavhiba" ni mufassir bilishi lozim bo‘lgan ilmlar qatorida sanalganini ko‘rib, bu narsa insonning o‘z ixtiyori va imkoniyatida emasku?!"— deb ajablanishi mumkin. Holbuki, bu ilmni qo‘lga kiritish uni jalb qiluvchi amallarni bajarish, masalan: amal, taqvo bilan bo‘larkan, hech ajablanadigan joyi yo‘q.
"Al-Burhon" kitobining muallifi shunday deydi: "Bilginki, agar insonning qalbida bid’atga moyillik, kibr, dunyo muhabbati, muntazam gunohkorlik, haqiqiy imondan uzoqlashish, ilmsiz odamlarning fatvosiga ergashish mavjud bo‘larkan, bular Qur’oni Karim ma’nolarini tushunishdan, sirlarini fahmlashdan to‘suvchi mone’lardir. Qur’onning quyidagi oyati shu ma’noni tasdiqlaydi:


سَأَصْرِفُ عَنْ آيَاتِيَ الَّذِينَ يَتَكَبَّرُونَ فِي الأرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ


"Yer yuzida nohaqlik bilan kibrlanib yuruvchilar (ongi)ni oyatlarimiz (idroki)dan chetlatib qo‘yamiz"17
Ibn Uyayna mazkur oyatning tafsirida: "Undaylardan Qur’onni tushunish qobiliyati tortib olinadi" — deydi.18
Yuqorida sanab o‘tilgan o‘n besh ilm mufassirning bilishi lozim bo‘lgan va Qur’onni tafsir qilishida asqotadigan zarur ilmlardir. Bu ilmlarsiz biror oyatga ma’no aytish mumkin emas.
2. Bulardan tashqari yana mufassir etibor qilishi zarur bolgan masalalar bor. Bularni ham bayon etamiz.
Tafsirning ikki darajasi bor. Birinchisi oddiy daraja bo‘lib, u Qur’onni Allohni taniydigan, poklaydigan, o‘zini yomonlikdan saqlaydigan, yaxshilikka odat qiladigan darajada bilish. Bu daraja har bir odamga muyassar bo‘lishi mumkin. Allohning ushbu oyati shunga dalolat qiladi:



Download 112.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling