Sayyid muhyiddin maxdum
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا الْقُرْآنَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِنْ مُدَّكِرٍ
Download 112.4 Kb.
|
- 1. Otabek diplom ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- هَلْ يَنْظُرُونَ إِلا تَأْوِيلَهُ يَوْمَ يَأْتِي تَأْوِيلُهُ يَقُولُ الَّذِينَ نَسُوهُ مِنْ قَبْلُ قَدْ جَاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا الْقُرْآنَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِنْ مُدَّكِرٍ
"Haqiqatan, biz Qur’onni zikr(eslatma) uchun oson qilib qo‘ydik. Bas, eslatma oluvchi bormi?!". (Qamar, 17) Ikkinchisi oliy daraja bo‘lib, unday tafsir muallifi yana bir necha nozik ilmlar sohibi bo‘lishi kerak a) Qur’on oyatlaridagi har bir so‘zni tahlil va tadqiq etish nuqtai nazaridan qarab, o‘sha so‘zning avvalgi va hozirgi holatini, ifoda qilgan ma’nosini va istilohini yaxshi bilishi kerak. Bu so‘zning ma’nosini falonchi mufassir bunday degan, anovisi unday degan deb ketish bilan bo‘lmaydi. Chunki Qur’onning ba’zi lafzlari nozil bo‘lgan davrida bir ma’noni ifoda qilsa, hozirda butunlay boshqa ma’noga o‘zgarib ketgan. Masalan: Qur’onning bir necha joyida "ta’vil" so‘zi turlicha ma’nolarda kelgan. Hozirda esa bu so‘z "tafsir" ma’nosini beradi. Quyidagi oyatni ko‘raylik: هَلْ يَنْظُرُونَ إِلا تَأْوِيلَهُ يَوْمَ يَأْتِي تَأْوِيلُهُ يَقُولُ الَّذِينَ نَسُوهُ مِنْ قَبْلُ قَدْ جَاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ "Ular esa uning aniq ma’nolari qolib, ta’vilini kutadilar. Ta’vili kelgan kuni (Qiyomatda) uni (Qur’onni ilgari unutgan) mensimaganlar aytadilar: "Rabbimizning elchilari haqiqatni keltirgan ekanlar". (A’rof, 53) Oyatda keltirilgan "ta’vil" so‘zi qanday ma’noni bildiradi? Uni tafsir ma’nosida tarjima qilinsa, butunlay boshqa mazmunga aylanib ketadi. Shuning uchun mufassir arab tilini bilish bilan birga, ular orasida joriy bo‘lgan istilohlarni, har bir so‘zning qadimgi va hozirgi ma’nolarini ajratib olishi kerak. Qur’on nozil bo‘lgan paytdagi so‘zlarning istilohi qanday bo‘lgan bo‘lsa, u so‘zlar har qachon ham o‘sha zamon tushunchasi bo‘yicha tafsir qilinishi lozim. b) Ma’lumki, arab tili o‘zining balog‘ati va fasohati bilan boshqa tillardan ajrab turadi. Bu tidda bir jumlaning bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘tishi o‘sha jumlaning ma’nosini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Buni uslub deyiladi. Arablar qadimdan, hali olimlar tomonidan grammatik qonun-qoidalar ishlab chiqilmasdan avval o‘sha uslublarni qo‘llaganlar, balki qonun-qoidalar ham o‘sha uslubga asoslanib ishlangan. Lekin bu uslub tabiiy ravishda emas, eshitish va xabar almashish malakasi tufayli hosil bo‘lgan. Uslublarni tartibga solgan fan "balog‘at ilmi" deb ataladi. Kitobdan balog‘at ilmini yaxshi o‘zlashtirgan olim, agar u xalq orasiga kirib, istilohiy uslubni o‘rganmas ekan, Qur’onni to‘g‘ri tafsir qilishga qodir bo‘lmaydi. Chunki, Qur’oni Karimning mo‘‘jizligi uning istilohiy uslublarning eng qiyomga yetgg) v) Mufassir dunyoda yashab o‘tgan qadimgi xalqlarning e’tiqod, ibodat, urf-odat va turmush sohasidagi holatlaridan xabardor bo‘lishi, ya’ni tarixning hamma turlarini bilishi kerak Alloh Ta’olo Qur’onda o‘tmish xalqlar, qabila-qavmlar, millatlar haqida, ularning madaniyati, ma’naviyati haqida ko‘plab qissalarni keltirgan. Agar mufassir qadimgi xalqparning holatini: quvvatli va kuchsiz, aziz va xor, ilmli va johil, imonli va kofirligini bilmasa, Qur’on xabarlarini tafsir qilishdan ojiz qoladi. Tarixdan bexabar mufassir Alloh Taoloning quyidagi: Download 112.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling