Sberbankning zamonaviy boshqaruv modellaridan foydalanish tajribasi va uning samaradorligi tahlili


Download 88.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana16.06.2023
Hajmi88.26 Kb.
#1504545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
sberbankning-zamonaviy-boshqaruv-modellaridan-foydalanish-tajribasi-va-uning-samaradorligi-tahlili

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
967 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
- innovatsiya tizimi; 
- teskari aloqa; 
2) boshqaruv tizimini takomillashtirish: 
- aniq maqsadlar va ularga erishishning kundalik nazorati
- motivatsiyaning shaffof tizimi; 
- tasdiqlangan jarayonlar doirasida vakolatlarni maksimal bo‘lishish; 
- jarayonni emas, natijani nazorat qilish; 
3) qadriyatlar va xulq-atvor ko‘rsatmalarining o‘zgarishi: 
- mijoz bu bizning hamma narsamiz
- natijalarga yo‘nalganlilik; 
- hamjihatlik hissi; 
- o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilish; 
- mas’uliyatni qabul qilish; 
- e’tiborlilik, iltifotlilik va ochiqlik [4]. 
Lean-management tizimi samarali ishlab chiqarishning uchta dushmani: 
yo‘qotishlar, moslashuvchanlikning yetishmasligi va barqarorsizlikka qarshi 
kurashishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. 
Lean-management tizimining eng muhim vositalaridan biri "kayzen" uzluksiz 
takomillashtirishlar madaniyati, xususan, ushbu jarayonga xodimlarning qanday jalb 
qilinganligi hisoblanadi.
Toyota Lean-management tizimi yaratuvchilaridan biri bo‘lgan Tayiti Ono 
yetti turdagi yo‘qotishlarni ajratib ko‘rsatdi: 
- ortiqcha ishlab chiqarish sababli yo‘qotishlar; 
- kutish sababli vaqtni yo‘qotish; 
- keraksiz tashish sababli yo‘qotishlar; 
- keraksiz ishlov berish bosqichlari sababli yo‘qotishlar; 
- ortiqcha zaxiralar sababli yo‘qotishlar; 
- keraksiz ko‘chirishlar sababli yo‘qotishlar; 
- nuqsonli mahsulotlar chiqarilishi sababli yo‘qotishlar [5]. 
Shu bilan birga, Lean-management tizimi doirasida u do‘konda yoki bank 
ofisida ish joyi bo‘ladimi, buxgalter yoki direktorning idorasi bo‘ladimi, har doim o‘z 
ish joyingizni yanada samarali qilish uchun ob’ektiv ehtiyoj bo‘ladi. Axir, 
rejalashtirilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish ish joyining mohirlik bilan tuzilishiga 
bog‘liq bo‘ladi. Bunga qanday erishish mumkinligi inqilobiy "5S" tizimi tomonidan 
ta’riflanadi. 



Download 88.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling