Sberbankning zamonaviy boshqaruv modellaridan foydalanish tajribasi va uning samaradorligi tahlili


Download 88.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana16.06.2023
Hajmi88.26 Kb.
#1504545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
sberbankning-zamonaviy-boshqaruv-modellaridan-foydalanish-tajribasi-va-uning-samaradorligi-tahlili

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
969 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
va vaqtni shunchaki havoga sovurish bo‘lib tuyuladi. Toyota kompaniyasining asosiy 
tamoyili hisoblanadigan yana bir muhim jihat – odamlarga hurmat bilan 
munosabatda bo‘lish, ya’ni barcha xodimlar o‘z ishini bajarayotganda doimo 
muvaffaqiyatli bo‘lish huquqiga ega ekanligiga ishontirish e’tibordan chetda qolgan 
edi. Toyota korporativ madaniyatida rahbariyat va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat 
juda katta ahamiyatga ega. Rahbariyat har doim ochiq va iltifotli bo‘lishi, ishlab 
chiqarishda shunchaki ko‘rinish berish uchun emas, balki yordam ko‘rsatish uchun 
bo‘lishi 
kerak. 
Agar 
rahbariyat 
xodimlari 
muammolarni 
topishi 
va 
takomillashtirishlarni joriy etishini istasa, unda buning uchun vositalarni ta’minlash 
bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi kerak. 
Amaliyotda xodimlarga katta yuklama beriladi («Sberbank» OAJ ning ba’zi 
bo‘linmalarida shtat birliklari bilan to‘ldirilishining aniq yetishmovchiligi mavjud), 
bu esa, o‘z navbatida, kadrlarning katta qo‘nimsizligiga olib keladi. 
Boshqa tomondan, «Sberbank» OAJ Ishlab chiqarish tizimini tadbiq etish 
natijasida operasion faoliyatda sifatli yaxshilanishlar: navbatda kutishlarning vaqtini 
ikki barobarga kamaytirish, tushlik tanaffusini bekor qilish va operasion oynalarni 
universallashtirish hisobiga mijozlarning birdan avjga chiqadigan oqimini jilovlash
operatsiyalarni sodir etish vaqtini kamaytirishga erishishning uddasidan chiqoldi. 
Miqdoriy natijalar qismi bo‘yicha kommunal to‘lovlarni qabul qilish o‘sish 
sur’atining ikki barobar oshgani, nazorat guruhi bilan solishtirganda blis-o‘tkazmalari 
bo‘yicha foizsiz daromadning 7,5 barobar oshgani, qog‘oz va kanselyariya 
mollarining 
sezilarli 
darajada 
tejalgani, 
eng 
muhimi 
esa, 
mijozlarga 
yo‘naltirilganlilikning o‘sganini ta’kidlash lozim. 
Boshqaruvda yuqorida keltirilgan lean-management, kayzen, 5s modellarining 
foydalanilishi bankning pirovard natijalarini yaxshilashga yordam berdi (1-jadval). 

Download 88.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling