Sberbankning zamonaviy boshqaruv modellaridan foydalanish tajribasi va uning samaradorligi tahlili


Download 88.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana16.06.2023
Hajmi88.26 Kb.
#1504545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
sberbankning-zamonaviy-boshqaruv-modellaridan-foydalanish-tajribasi-va-uning-samaradorligi-tahlili

TADQIQOT METODOLOGIYASI 
Ilmiy ishni amalga oshirishda tijorat banklarini boshqarishning zamonaviy 
modellarini joriy etishda olimlar va soha vakillari bilan suhbat, ularning yozma va 
og‘zaki fikr-mulohazalarini tahlil qilish, ekspert baholash, jarayonlarni kuzatish
iqtisodiy hodisa va jarayonlarga tizimli yondashuv, muallif tajribalari bilan qiyosiy 
tahlil o‘tkazish orqali tegishli yo‘nalishlarda xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan. 
TAHLIL VA NATIJALAR 
Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan so‘ng, Yaponiya mag‘lub ishg‘ol qilingan 
mamlakatga aylanib qoldi va resurslarning o‘tkir taqchilligi sharoitlarida u faqat 
yetarli miqdorda odamlarga ega edi. Ishlab chiqarishning katta hajmlariga 
erishishning imkoni yo‘q edi, shuning uchun ulardan maksimal foyda olish uchun 
mavjud, juda cheklangan resurslardan oqilona foydalanishga to‘g‘ri keldi. Natijada 
sifatni e’tiborga olgan holda intensiv sanoatni rivojlantirish yo‘li tanlab olindi. 
Lean-management modeli, "Kayzen" va "5S" tamoyillari, shuningdek 
Yaponiyaning Toyota kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan boshqa menejment 
modellarini qo‘llash dastlab bunga tayyor bo‘lmagan muhitga murakkab ishlab 
chiqarish madaniyatini kiritish imkonini berdi; odamlarni to‘g‘ri ish jarayoniga jalb 
qilishning uddasidan chiqildi.
Ushbu Toyotaninng lean-management modeli «Sberbank» OAJ rahbariyati va 
xodimlari uchun tejamkor ishlab chiqarish namunasi va biznesni tashkil etishning 
etaloni hisoblanishini ta’kidlash joiz. 
Quyidagilar ishlab chiqarish tizimining asosiy dastaklari hisoblanadi: 
1) jarayonlarni optimallashtirish: 
- biz nimaiki qilsak, agar bu mijozga kerak (u buning uchun to‘lashga tayyor) 
bo‘lsagina qilamiz; 
- muammoni hal qilish uchun barchaning mas’uliyati; 
- yo‘qotishlarning manbalarini bartaraf etish; 
- har kunlik yaxshilashlar; 



Download 88.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling