Sberbankning zamonaviy boshqaruv modellaridan foydalanish tajribasi va uning samaradorligi tahlili


Download 88.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana16.06.2023
Hajmi88.26 Kb.
#1504545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
sberbankning-zamonaviy-boshqaruv-modellaridan-foydalanish-tajribasi-va-uning-samaradorligi-tahlili

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
968 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
"Besh S" (5S, 5C) - ish joyini samarali tashkil etish tizimi bo‘lib, u operativ 
hududning samaradorligi va boshqariluvchanligini sezilarli darajada oshirish, 
korporativ madaniyatni yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish va vaqtni tejash 
imkonini beradi. 
"5S" ning asosiy g‘oyasi – optimallashtirilishi mumkin bo‘lgan hamma narsani 
optimallashtirish kerak, hamma narsa hisobga olinishi kerak va ayni paytda qiymat 
qo‘shmaydigan yo‘qotishlarni bartaraf etish kerak. 
"5S" tizimining asosiy maqsadlari: 
- mehnat unumdorligini oshirish; 
- xodimlar ish o‘rinlarining qulayligi va ergonomikliligini oshirish
- ko‘chirish, tashish va ortiqcha zaxiralar kabi yo‘qotishlarning turlarini 
aniqlash va bartaraf etish; 
- ish yuklamasini bir maromda taqsimlash uchun standartlashtirish va qo‘llab-
quvvatlash tizimi [6]. 
Eng so‘nggi axborot texnologiyalarining asri bo‘lishiga qaramay, ish vaqti 
degan mashhur maqol tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. "5S" tizimi nafaqat vaqt 
yo‘qotishlarini kamaytiradi, balki ish sifati, xavfsizligi va samaradorligini oshiradi, 
xodimga tashabbus va ijodkorlik ko‘rsatish imkoniyatini beradi, natijada yangi 
samarali ishlab chiqarish madaniyatini shakllantirishga yordam beradi. 
"5S" tizimini qo‘llashning amaliy maqsadi yo‘qotishlarni (birinchi navbatda 
harakat va zaxiralardan ko‘rilgan yo‘qotishlarni) qisqartirish, nuqsonlar yo‘qligi 
holatiga erishish va uzluksiz takomillashtirish hisobiga ish joyini tashkil etish 
samaradorligini oshirishdan iborat. 
Bo‘linmalarda operasion samaradorlik (bank mijozlari ko‘rib turgan va 
o‘zlarida his qilib turgan narsa)ni oshirish maqsadida «Sberbank» OAJ tijorat banki 
o‘z faoliyatiga lean-management tizimini tadbiq etish, ya’ni "Toyota Production 
System" tamoyillari va vositalaridan foydalanishga o‘tdi. 
«Sberbank» OAJ samaradorligini oshirish uchun asos bo‘lishi kerak bo‘lgan 
"Toyota Production System" (tejamkor ishlab chiqarish, Lean-menejment) 
konsepsiyasi bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olmagan holda 
to‘liq ko‘chirib olingan edi. Bank faoliyatining farqi esa axborot bilan ishlashda 
ifoadalanadi. Shunga mos ravishda, Ishlab chiqarish tizimi uni olish va 
almashinuviga tegishli bo‘lgan jihatlarda ancha samarali bo‘ladi. 
Shu bilan birga, amaliyotda, xodimlar Sberbank tomonidan Ishlab chiqarish 
tizimini tadbiq etishdan ma’no va foydani ko‘rishmaydi, ularga bu qo‘shimcha yuk 



Download 88.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling