Сборник V международной


ABU ALIIBN SINONING MATEMATIKA FANIGA OID MEROSI


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/355
Sana08.08.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1665910
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   355
Bog'liq
ibn sino

ABU ALIIBN SINONING MATEMATIKA FANIGA OID MEROSI
Abduraxmonov B.A., Ashurmatov G'.G'.
Toshkent farmatsevtika instituti 
e-mail: b.abduraxmonov75@gmail.com
Dolzarbligi: Shu muqaddas zaminimizda yashagan ulug‘ ajdodlarimiz bundan ko‘p asrlar ilgari 
hozirgi zamonaviy ilm-fanga poydevor qo‘yib, uni rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shishgan. Ularning
8


jahon ilm xazinasiga, insoniyat tamadduni taraqqiyotiga, islom dini quvvatiga xissa qo‘shgan buyuk 
shaxslar ekanligini va bu shaxslarni yosh avlodga anglatib borish hamma vaqt ham dolzarb hisoblanadi.
Maqsad: Ajdodlar m a’naviy merosini, ularning jahon madaniyatiga, ilm-faniga qo‘shgan hissasini 
o‘rganish, ular ilgari surgan g ‘oyalarni ilmiy asosda talqin etish va ta ’lim-tarbiya sohasida keng foydalanish 
yosh avlodni milliy istiqlol g ‘oyalari ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘z m a’naviy ideallariga sodiq bo‘lgan, m a’naviyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, Xorazm 
Ma’mun akademiyasining faol a ’zolari qatorida bo‘lgan mutafakkirlardan biri Abu Ali Ibn Sinodir.
Zamondoshlari tomonidan “Shayx ar-rais” (“donishmandlar sardori, allomalar boshlig‘i”); “Sharaf 
al-mulk” (“o ‘lka, mamlakatning obro‘si, sharafi”), “Hujjat al-haqq” (“rostlikka dalil”); “Hakim al- 
vazir” (“donishmand, tadbirkor vazir”) deb ulug‘langan Ibn Sino o ‘z davridagi mavjud fanlarning qariyb 
barchasi bilan shug‘ullangan va ularga oid asarlar yozgan. U o ‘zining falsafa, tibbiyot va tibbiyot ilmlariga 
bag‘ishlangan “Kitob ash shifo” (“Shifo kitobi”), “al-Qonun fi-t-tibb” (“Tib qonunlari”), “Kitob an-najot” 
(“Najot kitobi”), “Donishnoma” (“Bilimlar kitobi”) kabi yirik asarlarini bitdi. Turli manbalarda uning 450 
dan ortiq asarlari qayd etilgan bo‘lsa ham, zamonlar o‘tishi bilan ularning ko‘pi yo‘qolib ketgan va bizgacha 
faqat 242 tasi etib kelgan. Shundan 80 tasi falsafa, iloxiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid
19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiya, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi astronomiyaga, 1 tasi matematikaga, 
tasi musiqaga, 2 ta kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo‘lgan ilmiy 
yozishmalarga bag‘ishlangan.
Olimning tarjimai holidan m a’lumki, u hind hisobini juda erta o ’zlashtirgan. Keyinchalik esa 
Evklidning “Negizlar”, Ptolemeyning “Almagest” asarlaridagi matematika va astronomiyaga oid boblarini 
katta qiziqish bilan o ’rgangan. U 18 yoshidanoq murakkab matematik masalalar ustida chuqur muloha- 
za yuritishga qodir bo’lgan. Ibn Sino matematik fanlarni arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa 
kabi asosiy turlarga taqsimlaydi. Ibn Sino zamonaviy geometriya fanining rivojida muhim axamiyatga ega 
“Kitob ash-shifo” kitobining tarkibiga kirgan “al-Xisob” asarini to ‘rt maqolaga taqsimlab, ularda sonlarning 
arifmetik xossalarini bayon etgan. “Kitob ash shifo”ning geometriyaga oid bo‘limlari “Evklidning qisqar- 
tirilgan asari” (“Muxtasar Uqlidis”) nomi bilan keltiriladi. Ularning asosini Evklidning I-V I kitoblari tash- 
kil etgan. Ibn Sino matematika va geometriya masalalarini takomillashtirishda o‘zining munosib hissasini 
qo‘shgan. Shu o ‘rinda olimning arifmetikada sonlarning kvadrat va kubga orttirishida to ‘qqiz soni orqali 
tekshirish usulini tavsiya etgani fikrimizga dalil bo‘ladi.
Matematika sohasida Ibn Sino Evklidning “Negizlar” kitobini qayta ishlab, unga sharh bitgan va 
to ‘ldirishlar kiritgan, geometrik o ‘lchamlarga arifmetik terminologiya qo‘llagan, “son” tushunchasi 
doirasini “natural son” dan ancha kengaytirgan.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   355




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling