Сборник V международной


TIBBIYOT SOHASI RIVOJLANISHIDA IBN SINO ILMIY MEROSI


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/355
Sana08.08.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1665910
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   355
Bog'liq
ibn sino

TIBBIYOT SOHASI RIVOJLANISHIDA IBN SINO ILMIY MEROSI
Qodirova N.T., Sadikova N.B., Tursunova Z.B.
Toshkent farmatsevtika instituti
Darhaqiqat, Ibn Sino o ‘z davrida ilm-fanning deyarli barcha sohasida chuqur iz qoldirgan qomusiy 
olimdir. Hozirgi kunda buyuk ajdodlarimizning buyuk ishlari, ilmiy faoliyati va boy merosini chuqur
12


o ‘rganish, ulardan xalqimizni bahramand etishga alohida e ’tibor qaratilmoqda. O ‘rta asrlarda yashab 
o ‘tgan, ilm-fanning barcha yo‘nalishlari, xususan, tabobat nazariyasi va amaliyoti rivojiga yuksak ulush 
qo‘shgan Abu Ali ibn Sino ana shunday ajdodlarimizdan biridir. Bu yil uning tavalludiga 1042 yil to ‘ladi. 
Shu munosabat bilan buyuk allomaning ilmiy va ijodiy merosini keng tadqiq qilish, asarlaridan xalqimizni 
yanada kengroq bahramand etish borasida ishlar olib borilmoqda. Uning falsafa, mantiq, tibbiyot, kimyo, 
fizika, astronomiya, matematika, musiqa, adabiyot, tilshunoslik va boshqa sohalarga bag‘ishlangan 450 dan 
ortiq asar yaratgani haqida m a’lumotlar mavjud bo‘lib, bulardan butun dunyo mamlakatlari olimlari tibbi­
yot sohasida keng foydalanib kelmoqdalar. Ibn Sinoning bizgacha 242 asari yetib kelgan.
- Ibn Sino shug‘ullangan ilmlar doirasi nechog‘li keng, tadqiqot darajasi chuqur bo‘lmasin, 
allomaning nomi avvalo buyuk tabib sifatida tilga olinadi.
“Tib qonunlari” haqida gap borar ekan, ko‘pchilikni uning qachon yozilgani qiziqtirishi tabiiy. 
Muallifning o‘zi bu haqda biror m a’lumot qoldirmagan. Ammo olim bilan 25 yil hamkorlikda ishlagan 
shogirdi va do‘sti Abu Ubayd Juzjoniyning guvohlik berishicha, Ibn Sino “Tib qonunlari”ning birinchi 
kitobini 1012 yilda yozishga kirishgan. Albatta, bunday katta qomusiy asarni yozishga olim oldindan 
tayyorgarlik ko‘rgan, yillar mobaynida material yig‘ib yurgan. Shu taxlit asar 1012-1024 yillar mobaynida 
yozilgan.
Kitobning xattotlar tomonidan ko‘chirilgan nusxalari tezlik bilan tarqaladi va ko‘plab tibbiy asarlarni 
siqib chiqara boshlaydi. Chunki bu asar o‘z davridagi tabobat fanining mufassal qomusi bo‘lib, unda 
kasalliklar va inson salomatligi bilan bog‘liq barcha masalalar mantiqiy tartibda to ‘liq bayon etilgan. Kitob 
Sharq mamlakatlarida shu qadar yuksak shuhrat qozonadiki, tabobat ilmini usiz tasavvur qilib bo‘lmasdi. 
O‘nlab yirik olimlar va tabiblar kitobga sharh yozgan, ba’zilar uni qisqartirib, “Qonuncha” nomi ostida 
kichik qo‘llanmalar tuzgan. Tarixdan m a’lumki, XII asrdan boshlab Yevropada Sharq fani, adabiyoti va 
madaniyatiga qiziqish kuchayadi. “Tib qonunlari” lotin tiliga tarjima qilinib, tibbiyot amaliyotiga joriy 
etiladi. XV asrda kitob bosish ixtiro qilingach, ushbu manba dastlabki nashrlar qatorida chop etiladi va 
Yevropaning yetakchi universitetlarida qariyb 500 yil davomida tibbiyot ilmi aynan shu asar asosida o ‘qitib 
kelingan.
Ibn Sino merosining bu qadar keng ommalashishining mohiyati shundan iboratki, u o ‘zidan oldin 
o ‘tgan barcha olimlarning ilmiy faktlari va mulohazalarini izchillik bilan bir tizimga solgan va bu merosni 
o ‘zining puxta kuzatishlari, amaliyotda qozongan yutuqlari bilan boyitgan. Ulug‘ hakim tib nazariyasi, 
xususan, anatomiyaning mukammal bilimdonidir. Uning ba’zi kasalliklarga tashxis qo‘yish usullari hozir 
ham o ‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Masalan, a ’zoga urish orqali tashxis qo‘yish usuli bugungi kunda 
fanda perkussiya deyiladi. Tabobat tarixida birinchi bo‘lib Ibn Sino vabo bilan o ‘latni farqlagan, yuqumli 
kasalliklarga chalingan bemorlarni boshqalardan ajratish g ‘oyasini ilgari surgan.
Jarrohlik sohasini rivojlantirishda ham Ibn Sinoning ulkan xizmatlari bor. Yelka suyagining 
chiqishini oddiy bosish bilan davolash usuli hozirgacha “Avitsenna usuli” deb ataladi. Alloma umurtqaning 
qiyshayishini o ‘zi ixtiro etgan yog‘och moslama yordamida tuzatgan. Bu usulni XV asrda fransuz tabibi 
Kalo qayta kashf etgan. Suyakni gipslash usuli ham Ibn Sino tomonidan keng qo‘llangan, lekin u keyinchalik 
unutilib, yevropalik tabiblar tomonidan 1852 yilda amaliyotga yangi ixtiro sifatida qaytarilgan. Alloma 
ba’zan bir kasallik ikkinchi kasallikni keltirib chiqarishga sabab bo’lishini ham tushuntirib berdi. U hatto 
kasallikning yuz berishi kasallikning sababi ham bo’la oladi. Masalan, kuchli og’riq hushdan ketishga 
sabab bo’ladi, qattiq og’riq - og’riq sohasida shishning hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Ba’zan xastalikning 
yuz berishi o ’z-o’zidan kasallikka aylanadi, isitmadan paydo bo’lgan bosh og’rig’i kabi, bu ko’pincha 
o ’rnashib mustahkam bo’lib oladi, hatto kasallikka aylanib ketishini aniq dallilar asosida isbotlab bergan.
Abu Ali ibn Sino ta’limotiga asosan xastaliklar, ularning kelib chiqish asosiy sabablari ham korsatib 
berilgan. Ekologiya, ya’ni organizm bilan tashqi muhit o ’rtasidagi munosabat haqidagi fanning yuzaga 
kelishini va “Ekologiya” (“oikos” - yunoncha xonadon, yashash joyi, “logos- fan”) iborasining qo’llanilishi 
XIX asrda yashab o ’tgan nemis tabiatshunos olimi Ernest Gekkel’ (1834-1919 y) nomi bilan bog’liq va 
u ekologiya fanining otasi deb hisoblanadi. Vaholanki, biz “ekologiya fanining otasi” degan ibora aynan 
Gekkelga mansub ekanligiga haqli ravishda e’tiroz bildirishimiz mumkin. Gap shundaki, bundan qariyb 1000 
yil avval tibbiyot dahosi Abu Ali ibn Sino hozirda “Ekologiya” deb yuritilayotgan ta’limotga asos solgan 
edi. Bobomiz atrof-muhilning deyarli barcha omillari ularga insonning, jonzotlarning ta’siri va nihoyat bu 
omillarning inson va jonzotlarga aks ta ’siri to ’g ’risidagi mashhur iboralarini yozib qoldirganlar. “Chang 
bo’lmaganda inson 1000 yil yashagan bo’lar edi”, yoki “Havo toki muvozanatlangan va toza bo’lsa. unga
13


(pnevmaga) begona qo’shimchalar qo’shilmasa, u salomatlik garovi bo’ladi, aks holda turli kasalliklarga 
sabab bo’ladi”, kabi ekologiyaga oid iboralarning muallifi aynan Abu Ali ibn Sino bobomizdir! Sabab - 
bu oldin paydo bo’ladigan va odam gavdasida qandaydir bir holatni keltirib chiqaruvchi yoki bu holatni 
turg’unligicha saqlab turuvchidir degan fikrlarni ilgari surgan.
Bir so‘z bilan aytganda, Ibn Sino insonning eng bebaho boyligi bo‘lgan salomatlikni asrash uchun 
qat’iy kurashgan qomusiy olim, haqiqiy fidoyilardan biri bulgan va u o ‘z davrida bu ishlarni amalda qo‘llab 
insonlarni davolagan.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   355




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling