Сборник V международной
IBN SINO ASARLARIDA GIGIENAGA OID TADBIRLAR
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
ibn sino
- Bu sahifa navigatsiya:
- Material va uslullar.
- Natija va taxlil.
IBN SINO ASARLARIDA GIGIENAGA OID TADBIRLAR
Nuralieva X.O., Karieva M.T., Maqsudova S.A. Toshkent farmatsevtika instituti e-mail: nuraliyeva@mail.ru; kmanzura@yandex.ru, tel. (90)1789286; (97)7117868 Dolzarbligi. Ajdodlarimiz qoldirgan meroslarni o ‘rganish, ularning o ‘gitlariga amal qilish kelajakni belgilab beradi. Bularga ko‘plab olimu-fuzalolarni, shu jumladan Abu Ali ibn Sinoni ham misol qilib keltirishimiz mumkin. YUrtimizda yashab, tibbiyot ilmidagi yutuqlari bilan butun dunyoga tanilgan ajdodimiz Ibn Sinoning ham oqilona ovqatlanish, to‘g ‘ri dam olish, serharakatlilik, umuman gigienik tadbirlar asosida erishiladigan salomatlikni asrash borasida yozib qoldirgan ko‘plab amaliy fikrlari Uchinchi renesans ostonasida turgan yangi O‘zbekiston xalqi uchun ham juda muhimdir. Mamlakatimizda shu kunlarda sog‘lom turmush tarzi, to ‘g ‘ri ovqatlanish, doimiy jismoniy faollikni ta’minlash va uni targ‘ib qilish aholining hayot tarziga aylantirish orqali xalqimizni sog‘lom qilish eng muhim vazifalar qatorida qo‘yilayotgani bu muammoga jiddiy yondoshishni talab qiladi. Maqsadi. Ushbu ilmiy tadqiqot ishining maqsadi turli yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olishda Abu Ali Ibn Sino o‘zining «Tib qonunlari» asarida tavsiya etgan va amalda qo‘llagan gigienik tadbirlarini o‘rganishdan iborat. Material va uslullar. Buning uchun Abu Ali ibn Sino tomonidan yozib qoldirilgan «Tib qonunlari» birinchi kitobining «Salomatlikni asrash haqida», deb nomlangan uchinchi qismi o ‘rganildi, olingan materiallar tahlil qilib keltirildi. 15 Natija va taxlil. Ibn Sinoning shoh asari hisoblangan “Tib qonunlari” birinchi kitobining “Salomatlikni asrash haqida” deb nomlangan uchinchi qismi olimning salomatlikni saqlash borasidagi tibbiy qarashlari nihoyatda chuqurligi va originalligidan dalolat beradi. Ibn Sino sog‘liqni saqlash tadbirlarida birinchi galda badan tarbiya va yaxshi jismoniy harakatlarni, ikkinchi va uchinchi o ‘rinlarga ovqatlanish tartibi va uyquni qo‘ygan. Ibn Sino birinchi bo‘lib, jismoniy mashqlarning inson organizmini mustahkamlashini ilmiy asoslab berdi. U jismoniy mashg‘ulotlarni inson sog‘ligini saqlashning bosh omili deb hisoblagan. Uning fikricha: - organizm jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishidan oldin tana toza bo‘lishi; - iste’mol qilingan ovqat hazm bo‘lgan bo‘lishi kerak va o‘z navbatida och qoringa jismoniy mashqlar bajarishni tavsiya qilmaydi; - jismoniy mashqlar bilan doimo m o‘‘tadil shug‘ullanib borgan kishi hech qanday davoga muhtoj bo‘lmaydi; - badantarbiya kishini chuqur va ketma - ket nafas olishga majbur qiluvchi harakatdir; - badantarbiyadan so‘ng birdan sovuq suvga to u butun tanani ko‘mgunicha sho‘ng‘ish kerak. CHo‘miluvchiga suv yoqib, unga yomon ta’sir qilmasa, badanida qaltirash paydo bo‘lgunicha u suvda qolishini ta’kidlagan. Ibn Sino yana organizmni toblash jarayonini tabiiy kuchlar - havo, suv va quyoshdan foydalangan holda, jismoniy mashqlar bilan olib borishga katta ahamiyat bergan. Uning fikriga ko‘ra, ochiq havoda uzoq vaqt yurib, organizmni toblash, harakatlar, sayr qilish, o ‘yinlarni jismoniy mashqlar bilan birga olib borish yaxshi samara beradi. O‘smirlarda va yoshi kattalarda organizmni chiniqtirish jarayonlaridan biri sifatida tanani ho‘l sochiq bilan artish, hammomda cho‘milish va quyosh vannalaridan foydalanish shaklida olib borishni tavsiya etadi. Quyosh vannalari organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, natijada esa inson tetik va bardam bo‘ladi, organizmdagi ortiqcha yog‘lar eriydi, bosh og‘rig‘ini yo‘qotadi va miyani mustahkamlaydi. Tanani chiniqtirish vositalaridan yana biri bu - massaj (uqalash) bo‘lib, u toliqishni oldini oladigan muhim davolash vositasidir. Ibn Sino uqalashni kuchli - gavdani baquvvat qiluvchi, kuchsiz - gavdani yumshatuvchi, davomli - ozdiruvchi, o ‘rtacha - gavdani o‘stiruvchi turlarga ajratadi. Massajdan ko‘zlangan maqsad - organlarni zichlash, yumshoq organlarni qotirish va qattiq organlarni yumshatishdan iborat ekanligini ta ’kidlaganlar Ibn Sino oqilona ovqatlanish tadbirlarida quyidagilarga rioya qilish lozimligini uqtiradi: 1. To‘yib ovqat emaslik 2. Oldin iste’mol qilingan ovqat oshqozonda xazm bo‘lmasdan turib, ustiga yana ovqat emaslik 3. Oziq ovqat maxsulotlarining asosiy tarkibi sabzavotlar va mevalardan tashkil topishi. Ibn Sino badanning ovqat talab qilishi yoshga bog‘liqligini xam aytib, shunday degan: “O‘smirlarda ovqat talab qilish va xazm kuchli bo‘ladi, qari kishilarda esa buni aksi kuzatilib, ularning quvvatlarida orqaga ketish bo‘ladi”. Bundan tashqari ovqatlanish klimatogeografik omillarga bog‘liqligi to ‘g ‘risida xam fikr bildirgan “SHimolda yashovchi kishilar organizmida ovqat yaxshi xazm bo‘ladi va ular uzoq umr ko‘radilar.” Bu fikrlar yillar davomida ko‘plab xorijiy va vatandosh gigienist va dietolog olimlar tomonidan ilmiy jixatdan isbotlangan. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling