Сборник V международной
TSIKLODEKSTRINLAR BILAN AJUCA TURKESTANICA (REGEL) BRIQ
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
ibn sino
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsad va vazifalar
- Materiallar va usullar.
- Natijalar
TSIKLODEKSTRINLAR BILAN AJUCA TURKESTANICA (REGEL) BRIQ.
EKSTRAKTINING KOMPLEKSLARI VA FRAP USULI YORDAMIDA O’LCHILGAN UMUMIY ANTIOKSIDANT FAOLLIGI Gayibova S., Abdullaeva M., Xalilov Sh., Vahabova M., Izotova L. O ’zR FA Bioorganik kimyo instituti O ’simlik tsitoprotektorlari laboratoriyasi e-mail: gayibova.sabina@gmail.com Hozirgi vaqtda tsiklodekstrinlar (CD) va ularning o ’simlik ekstraktlari bilan komplekslari to’g ’risidagi m a’lumotlar har yili 1000 dan ortiq xalqaro ilmiy jurnallarda, 30-40 ta sharh maqolalarida va ko’plab 52 qo’llanish sohalariga ega bo’lgan patentlarda nashr etiladi. Mualliflaming ta’kidlashicha, tsiklodekstrinlar ikkilamchi metabolitlarni oksidlanishdan himoya qiladi va ularning biomoyilligini oshiradi. CD-ning o’ziga hos tuzilishi hisobiga ekstraktlarning faol moddalari inkapsulyatsiya bo’ladi va asta-sekin chiqariladi, shuning uchun past konsentratsiyalarda ham komplekslar samarali bo’ladi. Maqsad va vazifalar. Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi Ajuga turkestanica (Regel) Briq. ekstraktini (Surxondaryo viloyatida yetishtirilgan, O ‘zbekiston) у-CD va 2-gidroksipropil-P-CD (2-HP- P-CD) bilan komplekslarini olish va FRAP usuli yordamida umumiy antioksidant faolligini aniqlashdan iborat. Materiallar va usullar. Ajuga turkestanica o’simligining yer ustki qismi quritilib, 70% etanol bilan ekstraksiya qilindi. So’ngra erituvchi bug’latilib dastlabki ekstrakt olindi va suvli muhitda у-CD hamda 2-gidroksipropil-P-CD (2-HP-p-CD) aralashtirilib (1:1 nisbatda), bir vaqtda cho’ktirish orqali komplekslar hosil qilindi. Hosil bo’lgan komplekslar termal tahlil (TGA/DSC) bilan tekshirildi. Umumiy antioksidant faolligi adabiyotlarda keltirilgan FRAP usuli bilan baholandi. Natijalar. TGA/DSC tahliliga ko’ra dastlabki moddalarning piklariga nisbat yuqori harorat tomon siljigan piklar у-CD va 2-HP-P-CD bilan ekstraktlar komplekslari hosil bo’lganidan dalolat beradi. FRAP tahlili natijalari shuni ko’rsatadiki, Ajuga turkestanica ekstraktining umumiy antioksidant faolligi uchun IC50=0,14±0,007 mg/ml, у-CD bilan ekstrakt kompleksi uchun IC50=0,17±0,005 mg/ml va 2-HP-P-CD bilan ekstrakt kompleksi uchun esa IC50=0,16±0,005 mg/ml qiymatini tashkil qilgan. CDlar o ’zi antioksidant ta’sir ko’rsatmadi. Muhimi, ekstraktining IC50 qiymatlari va uning kompleksining faolligi bir-biriga juda yaqin bo’lsa-da, komplekslar 1:1 nisbatda olinganligi sababli, kompleksdagi ekstraktning miqdori ikki barobar kam ekanligini hisobga olish kerak bo’ladi. Xulosa. Mazkur tadqiqot ishining natijalari CD-larning o ’simlik ekstraktlari metabolitlari bilan kompleks hosil qilish istiqbolini ko’rsatadi, natijada ekstrakt dozasi kamaytiriladi va uning biomoyilligi oshadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling