Сборник V международной
ABU ALIIBN SINONING MATEMATIKA FANIGA OID MEROSI
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
ibn sino
ABU ALIIBN SINONING MATEMATIKA FANIGA OID MEROSI
Abduraxmonov B.A., Ashurmatov G'.G'. Toshkent farmatsevtika instituti e-mail: b.abduraxmonov75@gmail.com Dolzarbligi: Shu muqaddas zaminimizda yashagan ulug‘ ajdodlarimiz bundan ko‘p asrlar ilgari hozirgi zamonaviy ilm-fanga poydevor qo‘yib, uni rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shishgan. Ularning 8 jahon ilm xazinasiga, insoniyat tamadduni taraqqiyotiga, islom dini quvvatiga xissa qo‘shgan buyuk shaxslar ekanligini va bu shaxslarni yosh avlodga anglatib borish hamma vaqt ham dolzarb hisoblanadi. Maqsad: Ajdodlar m a’naviy merosini, ularning jahon madaniyatiga, ilm-faniga qo‘shgan hissasini o‘rganish, ular ilgari surgan g ‘oyalarni ilmiy asosda talqin etish va ta ’lim-tarbiya sohasida keng foydalanish yosh avlodni milliy istiqlol g ‘oyalari ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z m a’naviy ideallariga sodiq bo‘lgan, m a’naviyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, Xorazm Ma’mun akademiyasining faol a ’zolari qatorida bo‘lgan mutafakkirlardan biri Abu Ali Ibn Sinodir. Zamondoshlari tomonidan “Shayx ar-rais” (“donishmandlar sardori, allomalar boshlig‘i”); “Sharaf al-mulk” (“o ‘lka, mamlakatning obro‘si, sharafi”), “Hujjat al-haqq” (“rostlikka dalil”); “Hakim al- vazir” (“donishmand, tadbirkor vazir”) deb ulug‘langan Ibn Sino o ‘z davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shug‘ullangan va ularga oid asarlar yozgan. U o ‘zining falsafa, tibbiyot va tibbiyot ilmlariga bag‘ishlangan “Kitob ash shifo” (“Shifo kitobi”), “al-Qonun fi-t-tibb” (“Tib qonunlari”), “Kitob an-najot” (“Najot kitobi”), “Donishnoma” (“Bilimlar kitobi”) kabi yirik asarlarini bitdi. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan bo‘lsa ham, zamonlar o‘tishi bilan ularning ko‘pi yo‘qolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi etib kelgan. Shundan 80 tasi falsafa, iloxiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiya, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi astronomiyaga, 1 tasi matematikaga, tasi musiqaga, 2 ta kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo‘lgan ilmiy yozishmalarga bag‘ishlangan. Olimning tarjimai holidan m a’lumki, u hind hisobini juda erta o ’zlashtirgan. Keyinchalik esa Evklidning “Negizlar”, Ptolemeyning “Almagest” asarlaridagi matematika va astronomiyaga oid boblarini katta qiziqish bilan o ’rgangan. U 18 yoshidanoq murakkab matematik masalalar ustida chuqur muloha- za yuritishga qodir bo’lgan. Ibn Sino matematik fanlarni arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa kabi asosiy turlarga taqsimlaydi. Ibn Sino zamonaviy geometriya fanining rivojida muhim axamiyatga ega “Kitob ash-shifo” kitobining tarkibiga kirgan “al-Xisob” asarini to ‘rt maqolaga taqsimlab, ularda sonlarning arifmetik xossalarini bayon etgan. “Kitob ash shifo”ning geometriyaga oid bo‘limlari “Evklidning qisqar- tirilgan asari” (“Muxtasar Uqlidis”) nomi bilan keltiriladi. Ularning asosini Evklidning I-V I kitoblari tash- kil etgan. Ibn Sino matematika va geometriya masalalarini takomillashtirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shgan. Shu o ‘rinda olimning arifmetikada sonlarning kvadrat va kubga orttirishida to ‘qqiz soni orqali tekshirish usulini tavsiya etgani fikrimizga dalil bo‘ladi. Matematika sohasida Ibn Sino Evklidning “Negizlar” kitobini qayta ishlab, unga sharh bitgan va to ‘ldirishlar kiritgan, geometrik o ‘lchamlarga arifmetik terminologiya qo‘llagan, “son” tushunchasi doirasini “natural son” dan ancha kengaytirgan. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling