Scientific Bulletin of Namsu-научный вестник Намгу-namdu ilmiy axborotnomasi–2022-yil maxsus sон 1


Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_maxsus sоn


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana04.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1077867
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Axborotnoma 2022 maxsus son 1

Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_maxsus sоn 
1008 
• Forum – fan mavzulari boʼyicha telegram kanallari yoki masofaviy taʼlim 
platformalarida fikr almashish;
• Test yechish – oʼrgatuvchi test dasturlarida mashq qilish orqali fan moduliga oid 
materiallarni mustahkamlash;
• Nazorat ishiga tayyorlanish – fan boʼyicha kutilayotgan oraliq va yakuniy 
nazoratlarga tayyorgarlik koʼrish.
Talabalar mustaqil ishlarini tayyorlash jarayonida vositalardan ya`ni, kompyuter yoki 
mobil qurilmalardan foydalanishadi. Dasturiy mahsulotlarning barchasi ham ular uchun 
qulay emas. Shuni xisobga olgan holda barcha uchun qulay bo‘lgan bir nechta dasturlarni 
tavsiya etish mumkin. Bu dasturlar bilan ishlash uchun dasturchi bo`lish shart emas, faqatgina 
talabada tayyor shablonlardan foydalanish ko‘nikmasi hosil bo‘lishining o‘zi kifoya qiladi. 
Talabalar mustaqil ishlarini tayyorlashda tavsiya etiladigan dasturiy mahsulotlar 
quyidagilardan iborat: Google ilovalar, Kahoot, Hot Potatoes, Mentimetr, AutoPlay Media 
studio, Kinemaster va Canva dasturlari. 
Google ilovalar yordamida formalar bilan ishlash, test yaratish, ma`lumotlarni tartibli 
qidirish, asosiysi bulutli texnologiya yordamida hotiradan har bir foydalanuvchi uchun 15 Gb 
joy ajratilishi qulay hisoblanadi. 
Kahootni o'rganish mustaqil ta’limni jonli darslar va sinf devorlaridan tashqariga 
kengaytiradi va internet tezligidan yuqori aniqlikda foydalanishni rag'batlantiradi. 
Talabalar ekranlarida savol-javoblar bilan asinxron o’rganadi, oʻqituvchi esa ularning 
rivojlanishini real vaqtda koʻradi, tekshiradi va baholaydi. 
Hot Potatoes qobig'i vositasi (ingliz tilidan "issiq kartoshka" deb tarjima qilingan) - bu 
matn, grafik, ovoz yoki video yordamida o'nga yaqin turli xil interaktiv vazifalarni yaratishga 
imkon beruvchi dasturlar to'plami. 
Dastur o‘qituvchi va talabalarga dasturlash tillarini bilmasdan va ushbu sohadagi 
mutaxassislarni jalb qilmasdan mustaqil ravishda elektron topshiriq va testlar yaratish 
imkoniyatini beradi. 
Mentimetr- darslarda muloqot va hamkorlikni kuchaytirish uchun qulay 
texnik vosita hisoblanib, turli hil kontentdan foydalangan holda bir nechta funksiyalarga ega 
bo‘lgan innovatsion platforma hisoblanadi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling