Scientific Bulletin of
Download 60.8 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- TA`LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
- ПЕРСПЕКТИВЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ
- Email: ilhomsiddiqov58@gmail.com
- PROSPECTS OF USING DIGITAL TECHNOLOGIES IN EDUCATION
Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2023-yil_4-son TA`LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHISTIQBOLLARI Qo`qon davlat pedagogika instituti dotsenti Siddiqov Ilhomjon Meliqo`ziyevich Email: ilhomsiddiqov58@gmail.com Annotatsiya: Maqolada respublikamiz oliy taʼlim tizimida raqamli texnologiyalarni qoʻllash, ularning imkoniyatlarini tahlil qilish asosida oʻquv jarayonini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari aniqlangan. Shuningdek, oliy taʼlimda raqamli texnologiyalarni joriy qilishga ilmiy asoslangan xulosalar tuzishda mavjud boʻlgan amaliyotni oʻrganish, tizimlashtirish va umumlashtirish orqali taʼlim sohasida nafaqat muhim oʻrin egallashi va qanday shaklda joriy qilinishi boʻyicha takliflar keltirilgan. Kalit soʻzlar: taʼlim jarayoni, raqamli texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, oliy taʼlim tizimi, zamonaviy taʼlim, masofaviy oʻqitish, pedagogik texnologiyalar, multimedia vositalar. ПЕРСПЕКТИВЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙВ ОБРАЗОВАНИИДоцент Кокандского государственного педагогического институтаСиддиков Ильхамжон МеликузиевичEmail: ilhomsiddiqov58@gmail.comАннотация: В статье определены приоритетные направления развития образовательного процесса на основе применения цифровых технологий в системе высшего образования нашей республики, анализа их возможностей. В нем также содержатся предложения о том, как внедрение цифровых технологий в высшем образовании должно занимать важное место не только в сфере образования, но и в какой форме, путем изучения, систематизации и обобщения существующей практики построения научно обоснованных выводов.Ключевые слова: образовательный процесс, цифровые технологии, информационные и коммуникационные технологии, система высшего образования, современное образование, дистанционное обучение, педагогические технологии, мультимедийные средства.PROSPECTS OF USING DIGITAL TECHNOLOGIES IN EDUCATIONDocent of the Kokand State Pedagogical Institute Siddikov Ilhomjon Meliko`ziyevich Email: ilhomsiddiqov58@gmail.com Abstract: The article identifies the priority directions for the development of the educational process based on the use of digital technologies in the higher education system of our republic and the analysis of their possibilities. Also, by studying, systematizing and summarizing the existing practice in drawing up scientifically based conclusions on the introduction of digital technologies in higher education, suggestions are made not only on how they will take an important place in the field of education and in what form they will be introduced. Key words: educational process, digital technologies, information and communication technologies, higher education system, modern education, distance learning, pedagogical technologies, multimedia tools. KirishRivojlangan xorijiy davlatlar taʼlim tizimida raqamli texnologiyalarning ustuvorlik kasb etishi oʻqitish sifatini yangi bosqichga koʻtarish, tayyorlanayotgan kadrlarning raqobatbardoshligini oshirish, inson kapitalini samarali rivojlantirishning yangi istiqbollarini ochmoqda. Taʼlimni raqamlashtirish bo`yicha etakchilik qilib kelayotgan Finlandiyada amaliy fanlar onlayn universiteti (Finnish Online University of Applied Sciences (FOUAS) Campus Arena; 2015 yil) platformasi, Singapurda Aqlli millat sensor platformasi (Smart Nation Sensor Platform; SNSP; 2017 yil), Yaponiyada Cloud Campus (Bulutli kampus; 2017 yil), Web Class (Veb sinf; 2018 yil) taʼlim platformalari orqali sifatli taʼlim xizmatlarini koʻrsatishga erishildi. Mavjud yutuqlar Singapur davlatiga Raqamli texnologiyalar boʻyicha raqabatbardoshlik boʻyicha Jahon reytingida 2017-2018 yillarda birinchi hamda ikkinchi oʻrinni egallash imkoniyatini yaratdi. Jamiyatning barcha sohalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish dolzarb ijtimoiy zaruriyat ekaniga urgʻu bergan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev quyidagilarni qayd etib oʻtadi: “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yoʻlidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, koʻp mablagʻ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin boʻlmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech boʻladi”[1]. Download 60.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling