«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 6


Download 45.92 Kb.
bet2/4
Sana09.05.2023
Hajmi45.92 Kb.
#1448927
1   2   3   4
Bog'liq
JAMIYAT, IJTIMOIY TARAQQIYOT HAQIDAGI KONSEPSIYALAR

MUHOKAMA


  • Axborotlashgan jamiyat tushunchasi 1960 yillarning ikkinchi yarmida paydo bo‘lib, uni Tokio texnologik universitetining professori yu.Xayash birinchi bo‘lib fanga kiritgan. Muallifning fikricha, moddiy mahsulot emas, axborotlashuv mahsuloti jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi. Axborotlashgan jamiyat tushunchasining rivojida amerikalik jamiyatshunos olim D.Bellning “Industrial jamiyat davrining kelajagi. Ijtimoiy bashorat qilish tajribalari” (1973) nomidagi kitobida insoniyat jamiyati tarixini uch asosiy bosqichga: agrar, industrial va postindustrial (industrial davrdan so‘nggi) davrlarga bo‘lib chiqadi. Industrial jamiyatning asosiy rivojlanish manbai – energetik manbalar va energiyani ishlab chiqarish, tarqatish imkoniyatlari mavjudligidir. Axborotlashgan jamiyatda esa ishlab chiqarishning manbai bilimni to‘plash texnologiyalari, axborotni qayta ishlash va axborot

  • kommunikatsiyalariga bog‘liq. Bilim va axborot hozirgi kunda jamiyat rivojlanishining asosiy manbai hisoblanadi.Axborotlashgan jamiyatga oid qiziqarli falsafiy konsepsiyalardan biri yapon olimi I.Masudaga tegishlidir. Kelajakda shakllanadigan yangi jamiyatning poydevori bo‘lib kompyuter texnologiyasi xizmat qiladi. Bu texnologiyaning asosiy vazifasi inson aqliy mehnatining faolligini kuchaytirish yoki o‘rnini bosishdir. I.Masuda fikricha, “axborotlashgan jamiyatda insoniy qadriyatlar o‘zgaradi”, bu jamiyat sinflarga bo‘linmaydi va ziddiyatsiz – ya’ni, ahil, tinch–totuv jamiyat bo‘lib, uni chog‘roq hukumat va davlat apparati boshqaradi. Axborotlashgan jamiyatning yana bir nazariyotchisi E.Toffler “Uchinchi to‘lqin” deb nomlangan kitobida u tamaddun tarixidan uchta to‘lqinni ajratib oladi: birinchi to‘lqin – agrar (XVIIIasrgacha), ikkinchisi – industrial (XXasrning 50–yillarigacha), uchinchisi – industrial davrdan so‘nggi davr (XXasrning 50–yillaridan boshlab). 1980–1990 yillarni Axborotlashgan jamiyat konsepsiyalarining rivojidagi yangi bosqich deb aytish mumkin. Bu davrdagi konsepsiyalar asosan Piter Draker va Manuel Kastels tadqiqotlari natijalari bilan chambarchas bog‘liq. P.Draker konsepsiyasining mohiyati an’anaviy kapitalizmni engib o‘tishdan iborat. Uning konsepsiyasiga asosan, yuz berayotgan siljishning asosiy belgilari industrial xo‘jalikdan bilimlar va axborotga asoslangan iqtisodiy sistemaga kirib borish, kapitalistik xususiy mulkchilikdan voz kechish, hozirgi zamon odami uchun yangi qadriyatlarni yaratish, iqtisodiyot va jamiyatdagi globallashuv jarayonlari ta’sirida milliy davlatning o‘zgarishi nazarda tutilgan. M.Kastels o‘z fikr–mulohazalarining tayanch nuqtasi qilib global iqtisodiyotni hamda xalqaro moliyaviy bozorlarni olib, ularni shakllanayotgan yangi dunyoning asosiy belgilari sifatida qo‘llaydi. [2]



  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling