«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 6


Download 45.92 Kb.
bet3/4
Sana09.05.2023
Hajmi45.92 Kb.
#1448927
1   2   3   4
Bog'liq
JAMIYAT, IJTIMOIY TARAQQIYOT HAQIDAGI KONSEPSIYALAR

NATIJA


  • Axborotlashgan jamiyat uning mohiyatini bir–biriga bog‘liq quyidagi jarayonlar belgilaydi:

  • axborot va bilimlar – ijtimoiy–iqtisodiy, texnologik va madaniy rivojlanishning haqiqiy o‘zak qudratiga, uning qimmatli manbaiga aylandi;ishlab chiqarishning omili bo‘lmish xomashyo, mehnat, mablag‘ resurslarga tenglashtirilgan axborot va bilim bozorlari shakllana boshlaydi;

  • axborotni etkazib berish va undan foydalanishni ta’minlovchi sohalarning ahamiyati shiddatli tarzda osha boradi.Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir–biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch qismdan tarkib topadi:

  • mediatizatsiya (lot. mediatus – vositachi) – axborot to‘plash, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni;

  • kompyuterlashtirish – axborot qidirish va unga ishlov berish vositalarini takomillashtirish jarayoni;

  • intellektualizatsiya–axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan sun’iy intellektdan foydalanish jarayonidir.Umuman olganda, jamiyatni axborotlashtirishni zamonaviy axborot–texnika vositalari yordamida ijtimoiy tuzilmalar va jarayonlarni takomillashtirish deb talqin qilish lozim. Axborotlashtirish ijtimoiy intellektualizatsiya jarayonlari bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lishi kerak.

    • Shu bilan bir qatorda ҳar tomonlama jadal suratlar bilan rivojlanayotgan O’zbekistonda xotin-qizlarning ҳuquqiy erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ҳimoya qilishning dolzarb masalalari, jamiyatda ayollarning ijtimoiy munosbatlari va jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liқ ravishda kishilarning ijtimoiy birligi, jamiyat bo’lib yashashi uchun zarur bo’lgan oila, urf-odat, madaniyat, xalqaro va tsivilizatsiyalararo munosabatlar, din, meҳnat va jamoat tashkilotlariga uyushish katta ahamiyat kasb etishi ilmiy ifodalab berilgan. [5]



        • XULOSA


      • Zotan, bu shaxsning va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirishga imkoniyat yaratadi. Axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan sifat jihatidan farq qiladi. Bu erda moddiy omillar emas, balki ideal omillar – bilim va axborot birinchi o‘rinda turadi. Axborot va bilim olish, ularga ishlov berish, ularni saqlash va berish jarayonida jamiyat a’zolarining aksariyati band bo‘ladi. Axborotlashgan jamiyatda axborot ishlab chiqarish moddiy ishlab chiqarishni siqib chiqarmaydi, balki uning ustida quriladi va moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki beradi.



  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling