«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 6
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
konni-ishlatish-davrida-oqova-suvlarni-tozalash-sxemalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
- 1-rаsm. Oqova suvlarni tozalash qurilmasining ochiq sxemasi
894 «ko’l»larga (3) oqib boradi. Tindirgich «ko’l»lardagi suv nasoslar (4) yordamida qumli filtrlardan (5) o’tib, tozalangan suv sig’imlariga (6) o’tadi. Bu sig’imlardan oqova suvlar nasos qabuliga (7) boradi va ko’pqatorli nasos stantsiyalariga (KNS) uzatiladi. Bu yerda oqova suvlarni qatlamga haydash uchun katta bosimlar (14,7-19,62 MPa) hosil qilinadi. Neft qopqonlaridan diametri 80 mkm dan katta bo’lgan neft tomchilari yig’ilib, nasos (2) yordamida yana qaytadan tindirgich va deemulsator – tindirgichlarga uzatiladi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Suv tezligining tez pasayishi natijasida tindirgich - «ko’l»larda (3) neftning 30-40 mkm li tomchilari yig’iladi va mexanik aralashmalar cho’kadi. Oqova suvlarni tozalashning oxirgi bosqichi qum filtrlardir (5). Qum filtrlarida ma’lum vaqt oralig’ida cho’kib qolgan mikrozarrachalarni yuvib turish kerak. Buning uchun tozalangan suv sig’imi (6) dagi suv nasos (8) yordamida qum filtrlariga uzatiladi. Filtrli tozalanishda hosil bo’lgan iflos suv omborlarga (9) tushadi. 1-rаsm. Oqova suvlarni tozalash qurilmasining ochiq sxemasi Bu ko’rib chiqilgan qurilmaning kamchiliklari quyidagilar: 1. neft qopqonlari va «ko’l» - tindirgichlar temir-betondan quriladi, bu esa katta harajatlar talab qiladi; 2. bunday qurilma katta maydonda qurilishi lozim; 3. neft konini ishlash davri mobaynida neftni suvlanishi oshishi bilan bir qatorda bu qurilmaning mahsuldorligi ham ochib borishi zarur; www.scientificprogress.uz «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6 895 4. bu qurilmadagi oqova suvlar havodagi kislorodi bilan ta’sirlashib turadi. Natijada bu kislorodi oqova suvlarda erib, suv uzatkichlar va nasoslarning korroziyasiga sabab bo’ladi. Hozirgi vaqtda oqova suvlarni tozalashning yopiq usuli qo’llanilmoqda, bunda suv havo bilan ta’sirlashmaydi. Mana shunday qurilmalarning biri 2 – rasmda ko’rsatilgan. Oqova suv SFM bilan birgalikda ajratgich-deemulsatordan chiziqqa 1 tashlanadi, u neft emulsiya bilan aralashishga va STQsiga yopiq germetiklangan (2 va 7) sig’imga kirib keladi. Sig’imlarni 2 ko’ndalang kesimi ko’rsatilgan bo’lib, gofrlangan gidrofobli plastinkalar 3 mavjud, unga neftni tomchilari yopishadi va to’planadi, bu plastinkalardagi gofrlar orqali pardali ko’rinishda yuqoridagi hosil qiluvchi 2 sig’imga tomon harakatlanadi. Sig’imning yuqori 2 qismida to’plangan neft nasos yordamida 4 olinadi va neft o’tqazmasi 5 orqali issiqlik almashtirgichning kirish qismiga uzatiladi va ajratgich- deemulsatorda kondensatsiyalanishgacha olib boriladi. Sig’imda 2 tindirilgan suv o’z oqimi bilan suv o’tqazma 6 orqali toza suvni saqlash sig’imiga 7 to’planadi. Sig’imdan 7 nasos 8 yordamida olinadi va ShNS ga beriladi va u yerdan haydovchi quduqlar orqali qatlamga haydaladi. Shu tartibda oqova suvlardan kislorod bilan kontaktsiz holda yopiq tizimda foydalaniladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling