Scratch muhitida chiziqli dasturlar tuzish, takrorlanuvchi bloklar bilan ishlash sodda multfilmlar yaratish
WordPressʼda maqsadga yoʻnaltirilgan veb-sayt yaratish
Download 0.65 Mb.
|
Sevara Oltiboyeva
WordPress — bu shaxsiy blog yaratish va vebsayt maʼlumotlarini tahrir qilish qurilmasi hisoblanadi. Ushbu dastur MySQL hamda PHP yordamida ishlaydi. WordPress 2013-yilning Avgust oyida 10 million veb saytlarning 22% egalladi. Hozirda WordPress Veb olamidagi eng katta blogging tizimlaridan biri hisoblanib, uning yordamida 60 millionga yaqin veb saytlar ochilgan.Statistik ma’lumotlarga qaraganda, CMS saytlarining asosiy qismini WordPress tashkil qilar ekan(Manba: 4 saytdan bittasi WordPress’da). Shu statistika va foydalanuvchilarning taklifiga ko’ra WordPress darslarini boshlaymiz.WordPress bu — kontentlarni boshqarish tizimi hisoblanib(CMS), PHP dasturlash tilida tuzilgan, qo’shimchasiga CSS stillari, JS kodlari, HTML teglari ham ishlatilgan. Bu CMS asosan blog saytlar tuzish uchun ishlatiladi, lekin hozirgi kunda istalgan murakkablikdagi saytlarni ham tuzish mumkin.WordPress tizimi tez-tez yangilanib turadi va har bir yangilanish ma’lum bir qo’shimcha funksiyalar yaratilishiga sabab bo’ladi, undan tashqari xatoliklar ham to’g’irlanadi.Bu CMS’ning yaxshi tomoni shundaki, admin paneli juda qulay va tushunarlidir. Biroz til (rus yoki ingliz tili)ni bilgan holda o’zingiz titkilab o’rganib olishingiz ham mumkin.WordPress’da sayt qilish uchun biror shablon tanlanadi va shu shablon asosida sayt tuziladi, shablonlar topish muammo emas, chunki bu CMS shablonlari juda ko’p va rang barangdir.Shablonlar ham 2 xil bo’ladi, pullik va bepul. Agar qandaydir murakkab sayt yoki daromadli sayt qilmoqchi bo’lsangiz, albatta pullik shablonni tanlashingiz maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki pullik shablonlarni ishlatkaningizda, qandaydir muammoga uchrasangiz, shablon tuzuvchilari sizga bu muammoni yechib beriashadi, ya’ni qo’llab quvvatlash hizmati mavjud.Hozirda shablonlar moslashuvchanlik(responsive) hususiyatiga ega, ya’ni istalgan o’lchamli ekranlarga moslashib ketaveradi, xar hil ekranlar uchun alohida sayt qilmaysiz.Shablonlar funksiyasini oshirish uchun plaginlar ishlatiladi, plaginlar sayt strukturasini o’zgartirmagan holda, qo’shimcha hizmatlarni qo’shishi mumkin. Plaginlar soni ham juda ko’p bo’lib, ular ham borgan sari yangilanib boradi. WordPress versiyasi yangilanganda, plaginlar ham shu asosida yangilanadi, ya’ni moslashtiriladi.Shablon va plaginlar bu CMS’ning asosi hisoblanishadi, har doim WordPress, shablon va plaginlarni yengilab borish lozim(bu haqida admin panelda ma’lumot berib boriladi), bu xavfsizlik darajasini oshishiga olib keladi. O’zimda bo’lgan holat, WordPress’ni eski versiyasini ishlatib, sayt buzilishiga sababchi bo’lganman. WordPress’ni o’rganishdan oldin quyidagilarni bilishingiz lozim: — CMS haqida; — Web server; — MySQL (boshlang’ich malumotlar: nima bu, jadval, ustun, tip, …); — WAMP (Denwer yoki OpenServer); — HTML teglari, CSS stillari (asosi yetarli bo’ladi); — arxiv fayllar hosil qilish va ularni ochish(WinRar); — Total Commander bilan ishlash(iloji boricha);
Strukturalangan so'rovlar tili (SQL) - bu relational database bilan ishlashda foydalaniladigan ko'rsatmalar majmui. Aslida, SQL ko'p ma'lumotlar bazalarini tushunadigan yagona tildir. Bunday ma'lumotlar bazasi bilan aloqa o'rnatganingizda, dasturiy ta'minot sizning buyruqlaringizni (sichqonchaning bosilishi yoki ariza yozuvlari bo'lishidan qat'iy nazar) ma'lumotlar bazasini talqin qilishni biladigan SQL bayonnomasiga aylantiradi. SQL uchta asosiy komponentga ega: Data Manipulation Language (DML), Data Definition Language (DDL) va Data Control Language (DCL). Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling