Сейм salb yurishlari —


SANOVNIK— katta amaldor, to‘ra, a’yon, arkoni davlat; feodal va burjua davlatlarida yuqori mansabdor; saroy katta amaldori. SANOAT PARTIYASI —


Download 61.83 Kb.
bet3/12
Sana16.06.2023
Hajmi61.83 Kb.
#1518043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ozimniki

SANOVNIK— katta amaldor, to‘ra, a’yon, arkoni davlat; feodal va burjua davlatlarida yuqori mansabdor; saroy katta amaldori.
SANOAT PARTIYASI — eski burjua intelligensiyasining yuqori tabaqasi namoyandalaridan tashkil topgan josuslik, zararkunandalik, yashirin kontrrevolyusiya tashkiloti (1925—1930 yy.); S. p. SSSR da ka- pitalizmni qayta tiklash uchun Angliya, Fransiya, AQSh hukumatlari va muhojirlikdagi rus kapitalistlari bilan hamkorlikda SSSRga qarshi zararkunandalik qilish yo‘li bilan xalq xo‘jaligining hamma sohalarini izdan chiqarishga harakat qilgan oqim. S. p. 1930 y. dekabrida tor-mor qilindi.
SANKLYuLOTLAR (fr.)— kalta ishtonlilar; 18-asr oxiridagi fransuz burjua revolyusiyasining qatnashchilari. Ular kalta, nafis to‘r bilan hoshiyalangan baxmal shim kiygan aslzoda feodallarga qarshi o‘laroq, qalin matodan tikilgai uzun shim kiyganliklari uchun shunday nom olganlar. Yakobinchilar (h.) diktaturasi davrida S. revolyusioner- larnnng laqabi bo‘lib qolgan.
SARBADOR (fors.) — dor ostiga boruvchi yoki boshini dorga tiquvchi; S. 13-14- asrlarda Eron va Samarqandda (1365 y.) shahar mehnatkashlari va dehqonlarning feodallar zulmiga qarshi kurashib qatnashchilarining nomi.
SARBOZ (fors.)— oddiy soldat; jangchi.
SARDOR (fors.) — boshliq, yetakchi, yo‘lboshchi, rahbar; Sharqdagi musulmon davlatlarida qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni; Hindiston va Afg‘onistonda — qabila boshlig‘i, nufuzli amaldor, to‘ra.
«SARIQ RUMOLL IKLAR»— Xitoyda eramizning 184—204- yy. da bo‘lib o‘tgan dehqonlar qo‘zg‘olonining qatnashchilari, ular boshlariga sariq ro‘molcha tang‘ib olganlari uchun bu harakat «sariq ro‘molliklar» qo‘zg‘oloni deb atalgan.
SARDOBA (fors.)—usti gumbaz shaklidagi g‘isht qurilma bilan berkitilgan sun’iy hovuz. Qadim zamonda suvsiz yerlarda, cho‘llarda, karvon yo‘llarida g‘ishtdan qurilgan usti yopnq qovuzning nomi. Issiqdan saqlaydigan yerto‘la.
SAROY DEHQONLARI (dvorsovme krestyane)— Rossiyada podsho va uning xonadoniga mansub bo‘lgan shaxslarga qarashli yerlar («saroy yerlari»)da yashagan qaram dehqonlar. Bu yerlar feodal tarqoqlik sharoiti- da 12—15-asrlarda yuzaga kelgan. 15—17-asrlarda rus davlatining kyongayishi va markazlashishi munosabati bilan S. d. larning soni ham oshdi, lekin ayrim vaqtlarda ularning soni kamaygan. 1753 y. da S. d. larning asosiy ko‘pchiligi barshchina (q.) va natura bilan olinadigan obrok (q.) majburiyatidan ozod qilinib, pul obrogiga ko‘chirilgan. 1724 y. dan boshlab S. d. lar jon solig‘i to‘laydigan bo‘lishgan. S. d. lar o‘z xo‘jalik faoliyatida ancha erkinliklardan foydalanganlari sababli iqtisodiy ahvollari pomeshchik qo‘lidagi dehqonlardan birmuncha tuzukroq bo‘lgan. 18-asrda S. d. lar orasidan savdogarlar, sudxo‘rlar kelib chiqqan. 1797 yilgi reformaga ko‘ra, S. d. lar udel (q.) dehqonlariga aylantirilgan.
SAROY YERLARI (Dvorsovne zemli)— feodal Rossiyasida shaxsan podsho va uning xonadoniga mansub kishilarga qarashli yerlar. Bunday yerlarda yashovchi aholi saroy dehqonlari, yer esa saroy yeri, deb atalgan.

Download 61.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling