Seksiya pedagogika fanlar. Ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish
Download 16.72 Kb.
|
andijonga tezis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- A ннотация
- Kalit so’zlar
Seksiya 3.pedagogika fanlar. TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Abdullayev SHerali Abduqodir o‘g‘li Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi Murtozaqulov Zafar Madat o‘g‘li Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi Annotatsiya: Mazkur maqolada muallif raqamli texnologiya, bulutli texnologiyalar, raqamli texnologiyani ta’lim tizimi vostilari, raqamli texnologiya ustunliklari, ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanishning dolzarb jihatlari va ahamiyatini nazariy asosda yoritib, o‘z tavsiyalarini bergan. Aннотация: В данной статье автор теоретически осветил цифровые технологии, облачные технологии, преимущества цифровых технологий в системе образования, преимущества цифровых технологий, актуальные аспекты и важность использования цифровых технологий в образовании и дал свои рекомендации. Abstract: In this article, the author theoretically highlighted digital technologies, cloud technologies, the advantages of digital technologies in the education system, the advantages of digital technologies, current aspects and the importance of using digital technologies in education, and gave his recommendations. Kalit so’zlar: raqamli texnologiya, dars, internet, farmon, qaror, ta’lim tizimi. Ключевые слова: цифровые технологии, урок, интернет, указ, решение, образовательная система. Key words: digital technologies, lesson, internet, decree, solution, educational system. KIRISH Axborot olish va foydalanish tezligi juda yiriklashgan hozirgi davrda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy faol yoshlarni tarbiyalashda katta axamyatga ega. Biz ilgari ta’lim dasturlarini an’anaviy usuli ya’ni ma’ruzani yirik xajmli kitoblar va qo‘llanmalar orqali amalga oshirilgan shaklida olib borganmiz. Bu esa o‘z navbatida ta’lim sifatining u qadar yuqori bo‘lishini ta’minlamagan. Xozirda ta’lim sifatini ko‘tarishda ta’limni raqamlashtirish jarayoni boshlangan. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Raqamli texnologiyani o‘zi nima degan savolga quyidagicha javob beramiz: bu – xo‘jalik yuritishning bir zamonaviy shakli bo‘lib. unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko‘rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho‘jalik yuritish shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni. masofaviy meditsina xizmatlari ko‘rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida mahsulot yetishtirish va uni yetkazib berishni, turli xildagi tovarlarni saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin. Biz bu maqolada ta’lim tizimida raqamlashtirishni o‘rniga to‘xtalib o‘tamiz. Raqamli texnologiyalar orqali ta’lim berilsa ta’lim oluvchilarga ta’lim olish usullari osonlashmoqda. MUHOKAMA Quyida raqamli texnologiyalrni bazilariga to‘xtalib o‘tamiz: bulutili texnologiyalar – internet foydalanuvchisiga on-layn xizmat sifatida kompyuter resurslarini taqdim etiladigan ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalaridir. Raqamli texnologiyalar - narsalar interneti (Internet of Things, IoT). Raqamli axborotga asoslangan asosiy texnologiyalardan biri bu narsalar internetidir. Ko‘pgina maishiy texnikaning elektr tarmog‘iga ulanganligi odatiy holdir, lekin asta-sekin jismoniy dunyoning tobora ko‘proq ob’ektlari Internetga ulanadi, bu esa ma’lumot to‘plash va hatto ushbu ob’ektlarni masofadan turib boshqarish imkonini beradi. Darhaqiqat, Internetda ob’ekt va tashqi dunyoning turli parametrlarini o‘z ichiga olgan va Internet orqali ob’ektni boshqarish imkonini beruvchi jismoniy ob’ektning virtual nusxasi paydo bo‘ladi. Narsalar internetiga misol qilib, kinoteatrdagi proyektor kabi qurilma texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga aniqlangan nosozlik va rejadan tashqari ta’mirlash doirasida almashtirilishi kerak bo‘lgan ehtiyot qismlar ro‘yxati haqida signal yuboradi. Xulosa Yuqoridagi fikrlarimizdan kelib chiqib xulosa qilib aytish mumkinki, ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish, birinchidan, o’qitishning samaradorligini taminlash, ikkinchidan, dars jarayonlariga oid turli ilyutratsiya, video roliklar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar tayyorlash, uchinchidan, o’qituvchi-pedagoglarning multimedia maxsulotlari, kompiyuter texnikasi, Internet vositalaridan foydalanish va ularni dars jarayonida qo’llash malakalarini oshirishga xizmat qiladi. Yuqoridagi xulosalarimizdan kelib chiqib quyidagi: birinchidan, o’qituvchilarni raqamli texnologiyalardan foydalanish malakalarini shakllantirishga qaratilgan uzluksiz metodik xizmat tizimini yaratish; ikkinchidan, raqamli texnologiyalardan oqilona va maqsadli foydalanish hamda ta’lim jarayoni ishtirokchilarining raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilayotgan darslarga moslashuvchalik qobiliyatini shakllantirish kabi zarur tavsiyalarga amal qilish talab etiladi. Adabiyotlar Abdullayev, S. A., Aktamov, F., & Raupova, M. (2021). “Funksiya xosilasi” mavzusini o ‘rganishda klaster modelidan foydalanish metodikasi. Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 3), 420-424. Abdullayev, S. A. O. G. L., & Ahmadjonova, M. A. Q. (2021). MATLAB TIZIMIDA ODDIY DIFFERENSIAL TENGLAMALARNI YECHISH. Academic research in educational sciences, 2(11), 1576-1584. Solayeva, M. N., Yusupov, M. R., Abdullayev, Sh. A. (2022). Ba'zi bir ajoyib limitlarga oid misollarni noananaviy uslublardan foydalanib yechish usullari. TABIIY-ILMIY FANLARNI O‘QITISHDA FUNDAMENTAL VA AMALIY YONDASHUVLAR Respublika ilmiy anjuman materiallari to‘plami, 1(1), 164-168. Radjabov, B. S., Matmurodov, A. K., Abdullayev, S. A. (2021). Аniq emas integralni xisoblash usullari mavzusni о‘qitishda klaster metodidan foydalanish. Mug'allim, 1(1), 118-122. Download 16.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling