Sement ishlab chiqarishda ishlatiladigan kimyoviy birikmalar
Download 0.59 Mb.
|
Sement ishlab chiqarishda ishlatiladigan kimyoviy birikmalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Portland sement
Glinozyomsement katta mustahkamlik talab etiladigan beton va temir-beton konstruksiyalarda, dengiz va minerallashgan suvlar taʼsirida boʻladigan inshootlarda, tezkor yoʻl va qurilish ishlarida, qish sharoitida betonlashda qoʻllaniladi. Kengayuvchan Sementning tarkibida glinozyom sementdan tashqari ohak va gips ham boʻladi; tez qotadi; oʻta mustahkam va suv oʻtkazmas material hisoblanadi. Kengayuvchan Sement gidroizolyatsiya ishlarida, choklarni yopish va taʼmirlash ishlarida qoʻllaniladi. Gidravlik qoʻshimchali portlandsement (baʼzan "putssolan portlandsement" deb ham yuritiladi) Sement klinkeri (toshqoli) va nordon gidravlik qoʻshimchalar (trepel, diatomit, trass, pemza va boshqalar)ni birgalikda maydalash (kukunlash) yoʻli bilan tayyorlanadi. Gidravlik qoʻshimchalar aralashma miqdorining 20—40% ini tashkil etishi mumkin. Bu Sement portlandsementga nisbatan arzonroq boʻlib, gidrotexnika, vodoprovod va kanalizatsiya inshootlarida qoʻllanadi. Agressiv suvlar taʼsiriga chidamli. Sement sanoatda 19-asrdan boshlab ishlab chiqariladi.Portland sement (Inglizcha: Portland – Birlashgan Qirollikadagi yarim orol nomidan), suvga chidamli bogʻlovchi modda; qurilish materiali. Tarkibi asosan kalsiy silikatlardan iborat. Sementning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Klinker va gips (3—7%) aralashmasini juda mayin tuyib olinadi. Aralashmaga maʼlum miqdorda (10—15%) faol mineral modda aralashtirilishi ham mumkin. Tarkibi, xossalari va qoʻllanish sohalariga koʻra, Portland sement oddiy, tez qotuvchan, gidrofob, sulfatga bardoshli, oq rangli, asbest-sement mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladigan va boshqalarga boʻlinadi. Portlandsementning tarkibi va sifati asosan klinkerning tarkibi va uning qanchalik mayin tuyilganligiga bogʻliq. Uning eng muhim xossasi suv bilan taʼsirlashganda qotish xususiyatidir. Bu xususiyati marka bilan belgilanadi, Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan Portland sementning markasi 300 dan 600 gacha (marka qancha yuqori boʻlsa, material shuncha sifatli hisoblanadi).Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling