Sementning maxsus turari?


Betonning maxsus turlari?


Download 22.18 Kb.
bet2/2
Sana13.02.2023
Hajmi22.18 Kb.
#1192842
1   2
Bog'liq
QMB yakuniy

Betonning maxsus turlari?
Гидротехник бетон. Мунтазам ёки вақти-вақти билан сув таъсирида бўладиган иншо-отларни қуришда ишлатиладиган бетонга гидротехник бетон дейилади. Ишлатилишига қараб, гидротехник иншоотлар ва ундаги конструктив қисмлар учун 100 дан 250 гача, сув-нинг ишқаланиш таъсирида бўлган қисмлар учун эса 300–500 маркали гидротехник бетонлар ишлатилади. Гидротехник иншоотлар учун бетоннинг совуққа чидамлилик маркаси Сч 50, Сч 100, Сч 150, Сч 200, Сч 300 бўлиши керак.
Сув ўтказмаслик даражасига кўра гидротехник бетон С-4, С-6, С-8 каби маркаЛларга бўлинади. Сув ости гидротехник иншоотларини бетонлашда боғловчи сифатида пуццолан портландцемент ёки тошқол портландцемент, шунингдек, таркибида уч кальцийли алюминат миқдори кам бўлган портландцемент ишлатилади.
Юқори мустаҳкам бетон деб, маркаси энг катта бўлган портландцемент, ювилган тоза қум ва маркаси М1200–1400 га тенг бўлган чақиқ тошни қориштириб олинган сунъий тошга айтилади. Юқори мустаҳкам бетон маркаси М600–1000 дан кам бўлмаслиги керак. Сув це-мент нисбати 0,27–0,45 дан ошмаган қуюқ ва бикр бетон қоришма қолипга жойлангандан кейин тебратма юк босимида икки босқичда зичланади. Агар бетон қоришмага суперпласти-фикатор қўшилмалари қўшилса, унинг мустаҳкамлигининг ортиши билан зичлаш сифати ҳам яхши бўлади. Маркаси 400 га тенг бўлган бетон ўрнига юқори мустаҳкам бетон ишла-тилса, пўлат арматурани 10–12 %га, бетон қоришмани эса 10–30 %гача тежаш мумкин.
Ўтга чидамли бетонлар. Саноат хумдонларининг ички сирти, темир рудасини эрита-диган ва сопол буюмларни пиширадиган хумдон деворлари, қуришда ишлатиладиган бетон-лар юқори ҳарорат таъсирида бўлади. Аммо, оддий цемент асосида тайёрланган бундай бе-тон ҳарорат 450°С дан ошгандан кейин, аста-секин бузила бошлайди..

9 Beton qorishmalari va uning xossalari?



10.Betoning nano mikro va makro strukturasi

  • G‘ovak mayda to‘ldirgichlar mayda qum-1,2 mm gacha va yirik qum-1,2-5 mm bo‘linadi. G‘ovak yirik to‘ldirgichlar 5-10, 10-20, 20-40 mm fraksiyalarda bo‘ladi. G‘ovak to‘ldirgichlar asosida betonlar, qorishmalar tayyorlanganda sement toshi hajmining eng kami miqdoriga erishish zarur, aks holda olingan mahsulotlar og‘irlashishi va issiqlik izolyasiyasi xususiyati pasayishi mumkin.

  • G‘ovak to‘ldirgichlar quruq holatdagi to‘kma zichligining ko‘rsatkichiga (kgm3) binoan quyidagi markalarga bo‘linadi: 250, 300, 350, 400, 500, 600, 800, 1000 va 1200.

  • G‘ovak yirik to‘ldirgich (chaqiq tosh, shag‘al) mustahkamligi po‘lat silindrda ezish usulida aniqlanadi. Bu usulda aniqlangan mustahkamlik (kgssm2) 5 kam bo‘lmasligi va 25-200 oralig‘ida bo‘lishi kerak.

  • Engil beton mustahkamligi (R) sement markasi, sement-suv nisbati, g‘ovak to‘ldirgich mustahkamligiga bog‘liq bo‘lib, quyidagi formula yordamida aniqlanishi mumkin:

  • RARs(SS-v) ,

  • bu erda: A va v koeffitsientlari og‘ir betonda ishlatiladigan koeffitsientlardan farq qiladi. G‘ovak to‘ldirgichning mustahkamligi kam bo‘lsa, A va v koeffitsientlari ham shunchalik kichik bo‘ladi.

  • Doimiy ishlatilayotgan sement va engil to‘ldirgichlar uchun suv miqdori optimal miqdorda bo‘lganda, engil beton mustahkamligi asosan sementning markasi va miqdoriga bog‘liq bo‘ladi:

  • RKRs(S-So) ,

  • bu erda: K va So-beton namunalarini sinab aniqlanadigan kattaliklardir. Namunalar tayyorlashda suv miqdori optimal bo‘lib, sement miqdori esa o‘zgaruvchan bo‘lgan va namunalar bir xil sharoitda qotgan bo‘lishi shart. K-o‘lchamsiz kattalik bo‘lib, So-sement sarfi kg bo‘lishi mumkin.

  • Beton qorishmasidan kub shaklidagi namunalar tayyorlanib zichligi, mustahkamligini sement sarfiga bog‘liqligi grafiklari quriladi va shu grafiklar zaminida engil betonning optimal tarkibi aniqlanadi.

  • Engil betonlarning sifatini mustahkamligi bo‘yicha klasslari va o‘rtacha zichligi bo‘yicha markalari belgilaydi. Zichlashtirilgan engil beton siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga (MPa) ko‘ra V2,5... V40 klasslarda, cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasiga nisbatan (MPa) V0,8... V3,2 klasslarda bo‘ladi.

  • Issiqlik izolyasiyasi betonlari V0,35; V0,75 va V1 klasslarda bo‘ladi.

  • Engil betonlar klasslarga bo‘linmasdan siqilishdagi mustahkamligiga (kgsm2) nisbatan M35-M500 markalarda bo‘ladi. Engil betonlar quruq xolatda o‘rtacha zichligiga (kgm3) ko‘ra D200... D2000 markalarga bo‘linadi.

  • YUqori markadagi konstruksion engil betonlar o‘rtacha zichligi 16001800 kgm3 bo‘lib, ularni tayyorlashda mustahkamligi yuqori engil to‘ldiruvchilar (to‘kma holatdagi zichligi 600-800 kgm3) ishlatiladi. Bu holda mayda g‘ovak to‘ldiruvchilar qisman yoki butunlay zich to‘ldirgichlar bilan almashtiriladi.






Download 22.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling