Seminar. 1-topshiriq savollariga javoblar


Download 13.08 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi13.08 Kb.
#189777
Bog'liq
1st


  1. SEMINAR. 1-TOPSHIRIQ SAVOLLARIGA JAVOBLAR




  1. Ilm-fan tushunchasi muayyan fan sohasida ilmiy izlanishlarni amalga oshirish, bilim olish, ilmiy tadqiqot yuritish tushunchalari bilan chambarchas bog’liqdir. Zero, ilm-fanning o’zi ham tabiat, inson va jamiyat haqidagi juda aniq, maksimal obyektivlashtirilgan bilimni olishga qaratilgan ilmiy izlanish jarayonidir.




  1. Ilm-fan jamiyat taraqqiyotida juda muhim va ahamiyatli o’rin egallaydi. Tabiat, inson va jamiyat haqidagi juda aniq, maksimal obyektivlashtirilgan bilimni olishga qaratilgan ilmiy izlanish jarayonidir




  1. Bilish jarayoni ikki xil bo’ladi: oddiy bilish va ilmiy bilish. Oddiy bilish bu inson tug’ilib, o’zini anglashi va atrof-muhitni tushunishi bo’lsa, bu jarayonning tadrijiy rivojlanib borishi ilmiy bilishga olib keladi. Ilmiy bilim olish ham differensatsiya va integratsiya jarayonlariga bo’linadi. O`rganilayotgan obyekt xususiyatlarini boshqalaridan farqlash orqali o`rganish, alohidalash differensatsiya, o`rganilayotgan obyekt xususiyatlarini birlashtirish, bir-biriga yaqinlashtirish, umumiy jihatlarini aniqlash integratsiya deyiladi.




  1. Ma’lumki, til va adabiyot fanlarini o‘z ichiga olgan fanlar turkumi, tizimidan iborat bo‘lib, tizimlilik filologiya fanlarining o`zaro aloqadorligida ko`zga tashlanadi. ’ Zamonaviy filologiyaning asosiy yo‘nalishlari sifatida tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik, matnshunoslik, tarjimashunoslik kabi aspektlar belgilanar ekan, ularni alohida mustaqil fan sifatida qabul qilish barobarida o`zaro aloqadorligiga suyanish va biri ikkinchisini taqozo qilishi nuqtai nazaridan yondashish zarur. Bunday qarash tarixda ilmi adab va uning tarkibiga kirgan fanlarda aks etgan. Ilmi adab G`arb istilohida poetika deb atalib, eng muhim ilmlar majmuasi hisoblangan va quyidagi filologik sohalarni o`z ichiga olgan:

1) lug`at; 2) sarf, ya’ni morfologiya; 3) ishtiqoq – so`z yasalishi;

4) nahv – sintaksis; 5) maoniy; 6) bayon ilmi; 7) aruz; 8) qofiya; 9) insho.



Qayd etilgan ilmi adabni egallaganlar adib - yunoncha filolog deb yuritilgan



  1. Filolog faoliyatining asosiy yo’nalishlari tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik, matnshunoslik, tarjimashunoslik kabi sohalardan iboratdir




  1. Ilm bu atorfimizdagi olamni, jarayonlarni, jamiki hodisotlarni tushunish, anglash. Ilmshunoslik esa ana shu ong sathi bilimlarni tadqiq etish, tahlil etish, saralash, va hatto rivojlantirish jarayonidir.




  1. Ilmiy bilim olish o`rganilishi maqsad qilingan obyektni ilmiy tomondan tavsiflash, tasniflash va ilmiy talqin qilish orqali amalga oshiriladi. Ilmiy tavsiflash tafakkur hosilasining alohida turi bo`lib, noma’lumlikni ma’lumlik orqali tushuntirishdir. Ilmiy tavsifda ikki tur xususiyatlar ajratiladi: birinchisi, bu tavsiflanayotgan obyektlar, hodisalarning umumiy sinfiga oid, ya’ni bu obyekt qanday turga mansubligini ko`rsatib beruvchi xususiyatlarni aniqlash, ikkinchisi esa huddi shu turga kirgan obyektlardan tavsiflanayotgan obyektni farqlash imkoniyatini beruvchi xususiyatlarni topishdir. Tadqiq qilinayotgan obyektning umumiy yoki farqli xususiyatlariga ko`ra muayyan guruhlarga ajratib o`rganilishi ilmiy tasnif - klassifikatsiya deb ataladi. Tasnif arab tilidan olingan so`z bo`lib, guruhlash, sinflarga ajratish ma’nosini bildiradi.



  1. Ilmiy talqin turlari:

  • Ijodiy talqin ijodkor bilan hamkorlikda ijod qilish bo`lib, u matnni, asarni kengroq, chuqurroq tahlil qilishda qo`llanadi va ijod usuli hisoblanadi. Bu obyektni shunchaki izohlash emas, balki uni zamonaviy ilmiy qarashlarga bog`lab o`rganish, qarashlar sintezidan o`tkazishdan iborat. Bunda tadqiqotchining mustaqil fikri, o`z yechimi va xulosalari tadqiqot ishining asosiy nuqtasi hisoblanadi.

  • Ilmiy talqinda tabiat va jamiyat qonunlarini ochib berish, talqin qilish muhim o`rin tutadi. Bunda anglangan voqea-hodisalarni, xususiyat va belgilarni bilish, tushuntirish, izohlash bo‘lib, bu jarayonda bilim chegaralari kengayadi, ilm-fanda yangi katetoriyalar, yangicha dunyoqarash, nazariyalar paydo bo`ladi. Obyektdagi noma`lum belgilar aniqlanadi.

  • Dogmatic talqin ilm-fan sohalarida qat`iylashtirib qo‘yilgan, avtoritetlar ma`qullaydigan, erkin fikrlashga yo`l qo`yilmaydigan izohlash usuli sanaladi. Dogmatik yondashuv qotib qolgan xulosalarni takrorlashga olib keladi, lm-fandagi ijodiy izlanishlarga g`ov bo`ladi.

  • Ratsional talqin aql, idrok, bilimga asoslangan izohlash usuli bo`lib, har qanday ilmiy asar, izlanish yoki eksperiment ratsional talqin qilingandagina jamiyat uchun foydali bo`ladi. Ratsional talqin empirik tajribalarga, ijtimoiy hayotning xususiyatlariga, ilm-fanning gumanistik an`analariga tayanadi.

  • Badiiy talqin tabiat va jamiyat hodisalarini erkin talqin qilish, tayyor qoliplardan chetga chiqish, ularni faqat o‘z nuqtai nazaridan bayon etish usuli hisoblanadi. Badiiy asarlar va matnlarni ilmiy talqin qilish estetika va adabiyotshunoslik sohalarini boyitadi. Gohida sof ilmiy asar, matn ham badiiy talqin obyektiga aylanishi mumkin

  • Kompilyativ talqin obyekt (predmet)ning real holatini berkitish, muallifga yoki taqrizchiga tilyog`lamalik qilish, «men senga tegmayman, sen ham menga tegma» qoidasidan kelib chiqadi. Kompilyativ talqin yakunda yo`q ijobiy sifatlarni bor qilib, bo`rttirib ko`rsatishga, obyekt (predmet)ning real muammolarini ko`rib-ko`rmaslikka olib keladi

Download 13.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling