Семинар №2. Персонаж ва унинг турлари Режа: Oбраз ва персонаж атамаси. Персонаж ва образ турлари
Download 45.5 Kb.
|
2-seminar.SOATOVA IRODA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Badiiy asarda obraz soʻz vositasida yuzaga chiqariladi. Badiiy obrazning muhim vazifasi uning hayotdagidek salmoqdorlik, yaxlitlik va jonlilikka ega boʻlishidir.
- Yozuvchi munosabatiga qarab personajlar ijobiy yoki salbiy shaxslar tarzida tasvirlanadi.
Семинар №2. Персонаж ва унинг турлари Режа: 1. Oбраз ва персонаж атамаси. 2. Персонаж ва образ турлари. 3. Ёзувчининг қаҳрамон яратиш маҳорати. 4. Бадиий асарда образ, характер ва тип. 5. Бадиий асарда образлилик масаласи. JAVOBLAR Obraz, badiiy obraz— voqelikni fakat sanʼatga xos usulda oʻzlashtirib va oʻzgartirib harakterlovchi estetik kategoriya. Shuningdek, badiiy asarda ijodiy qayta yaratilgan har qanday voqea ham obraz deb yuritiladi. Obrazda obʼyektiv anglash bilan subʼyektiv ijodiy tafakkur qorishib ketadi. Badiiy obrazning oʻziga xos xususiyatlari real voqelikka va fikrlash jarayoniga boʻlgan munosabatda aniq namoyon boʻladi. Obraz voqelikning badiiy inʼikosi sifatida real mavjud obʼyektning hissiy aniq, tayin zamon va makonda davom etgan, moddiy tugal, oʻzicha yetuk xususiyatlariga ega boʻladi. Obraz murakkab tuzilish va murakkab koʻrinishga ega; u borliq bilan ruhiy dunyoning bir-biriga oʻtishidagi barcha momentlarni oʻz ichiga oladi. Badiiy obraz vositasida subʼyektivlik bilan obʼyektivlikning , yakka holat bilan umumiylikning , ideallik bilan reallikning oʻzaro muvofiq munosabatlari ijodiy ishlab chiqiladi. Badiiy asarda obraz soʻz vositasida yuzaga chiqariladi. Badiiy obrazning muhim vazifasi uning hayotdagidek salmoqdorlik, yaxlitlik va jonlilikka ega boʻlishidir. Personaj (lot. persona — shaxs) — sanʼat va badiiy adabiyotda muallif tomonidan tasvir etilgan shaxs. Personajlar asar voqealarida qatnashuvi, tasvirlanishi va umumlashtirilishi darajasiga koʻra asosiy personajlar, yordamchi personajlar, epizodik personajlarga boʻlinadi. Badiiy asar voqealarining boshidan oxirigacha faol qatnashgan va yozuvchining asosiy gʻoyaviyestetik niyatini tashuvchi shaxslar asosiy personajlar hisoblanadi. Ular asarning bosh qahramoni deb ataladi. Barcha voqealarda toʻla qatnashmasada, yozuvchining gʻoyaviy niyatini toʻlaroq ochishga xizmat qiladigan faol obrazlar yordamchi personajlardir. Asarning makrostrukturasida yanada kamroq qatnashadigan shaxslar epizodik personajlar boʻlib qolaveradi. Epizodik personajlar asosiy qahramon tabiatidagi muhim xususiyatlarni ishonarli yoritishga xizmat qiladilar. Yozuvchi munosabatiga qarab personajlar ijobiy yoki salbiy shaxslar tarzida tasvirlanadi. Adabiyot va sanʼat asarlarida qahramon shaxsining tashki va ichki moxiyati uning xarakterini belgilaydi. Adabiyot va sanʼat asarlarida tasvirlangan qahramonlar har doim ham xarakter darajasiga koʻtarila bermaydi. Xarakter obrazdan farqli oʻlaroq, yozuvchidan katta mahoratni, qahramonning muayyan tarixiy ijtimoiy va madaniy maʼrifiy sharoitdagi oʻziga xos oʻrni va xususiy belgilarini teran ochishni taqozo etadi. Shu maʼnoda epik janrlar yozuvchiga qahramon xarakterini yorqin yaratish imkonini beradi. Har bir milliy adabiyotning boyligi qahramonlar xarakterining rangbarangligi bilan ham belgilanadi. Agar Abdulla Qodiriy oʻzbek adabiyotiga Otabek va Kumush, Yusufbek hoji va Oʻzbek oyim singari oʻz siymosida oʻzbek xalqi tarixining muayyan tarixiy davrini va shu xalqning muayyan qatlamini ifodalagan xarakterlarni olib kirgan boʻlsa, Oybek 20-asr boshlarida yashagan Yoʻlchi, Gulnor, Shoqosim, Qoratoy, Yormat singari 20-asr boshlarida yashagan mehnatkashlarning rangbarang tiplari bilan boyitdi . Xarakter — adabiyot va sanʼat asarlarida xususiy belgilari mukammal tasvirlangan va oʻzida feʼlatvor (xattiharakat, kechinma, fikriy va nutqiy faoliyat)ning tarixan aniq tipini mujassamlantirgan, shuningdek, muallifning maʼnaviyestetik konsepsiyasini ifodalagan inson obrazi. Badiiy xarakter umumiy (takrorlanuvchi) va xususiy (takrorlanmaydigan); obʼyektiv (badiiy xarakterga proobraz boʻlib xizmat qilgan kishi hayotining ijtimoiypsixologik asoslari) va subʼyektiv (proobrazning muallif tomonidan idrok va talkin etilgan) belgilarning oʻzaro uyushgan hosilasidir. Adabiyot va sanʼat asarlaridagi xarakter tushunchasi falsafa, sotsiologiya va psixologiyadagi ayni tushunchadan inson obrazining konsepsiyaviyligi bilan ajralib turadi. Adabiy tip (yunoncha tupos-nusxa, tamg’a; namuna) – muayyan guruh, ijtimoiy tabaqa, sinf vakillarining ma’lum davrdagi xususiyatlarini va iroda yo’nalishini to’la, yorqin aks ettiruvchi mukammal xarakterdir. Shunga ko’ra har bir adabiy tip, ayni chog’da, mukammal xarakterdir. Shu ma’noda Yo’lchi (“Qutlug’ qon”), Saidiy (“Sarob”), Otabek (“O’tgan kunlar”), Hamlet (“Hamlet”), Otello (“Otello”), Qori Ishkamba (“Sudxo’rning o’limi”), Ulug’bek (“Ulug’bek xazinasi”), Zaynab (“Zaynab va Omon”), Bobur (“Yulduzli tunlar”) kabilar adabiy tiplardir. Chunki ularning har birida – muayyan ijtimoiy hayotning bosh haqiqatlari va xususiyatlari, davr odamlari qalbidagi hokim va yetakchi tuyg’ular ta’sirchan ifodasini topadi. Adabiy tiplarda insonga xos xususiyatlar shunchalik aniq va umumlashgan tarzda aks etadiki, ular umuminsoniy va umriboqiy xususiyat kasb etadi, davrlar, asrlar o’zgarsa-da, ular insonlarning xarakterli xislatlariga esh bo’laveradilar. Jumladan, o’ta rashkchi, ishonuvchan odamlarni – Otello, sevgi yo’lida iztirob chekuvchi, atrofidagi odamlarni “ko’rmaydigan”, “sezmaydigan” darajadagi oshiqni Majnun deb yuritish hamon amaldadir. Download 45.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling