Mavzu: temperament tiplari va uning tavsifi


Download 1.33 Mb.
Sana21.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1107158
Bog'liq
Temperament va xarakter. Roziqova Dilnoza

TEMPERAMENT VA XARAKTER

Bajardi: STT-1-21 guruh talabasi

Roziqova Dilnoza.

Reja:

  • Temperament nima va u haqida tasnif.
  • Temperament nazariyasining boyishiga sababchi bo’lgan buyuk insonlar.
  • Temperamentning turlari.
  • Xarakter inson obrazining qaysi konseptsiyaviyligi bilan ajralib turadi ?
  • Umumiy tasnif

TEMPERAMENT

  • Temperament – shaxsning psixik protseslari sodir bo’lishi dinamikasida umumiy harakat- chanligi va emotsional qo’zg’aluvchanligida ro’yobga chiqadigan,individual xususiyatdir.

TEMPERAMENT HAQIDA TUSHUNCHA

  • Temperament lotincha «temperamentum» so’zidan olingan bo’lib,»aralashma» degan ma’noni anglatadi.
  • I.P.Pavlov temperamentni quyidagicha ta’- riflaydi:»Har bir ayrim kishining va shuning- dek,har bir ayrim hayvonning ham eng umumiy xarakteristikasidir,har bir individ- ning butun faoliyatlariga muayyan qiyofa beradigan nerv sistemasining asosiy «xa- rakteristikasidir»

Temperamentning klassik nazariyalari

  • Temperament haqidagi ta’limot dastlab qadimgi grek olimi Gippokrat tomonidan yaratilgan. Uning ta’limotiga muvofiq,odamlarning temperament jihatdan turlicha bo’lishi,ularning organizmidagi suyuqliklarning turlicha nisbatda bo’lishi bilan bog’liqdir.

I.P.PAVLOV

  •  XX asrning 20-30-yillarida I.P. Pavlov tomonidan asab tizimi tiplari haqida ta’limot ishlab chiqildi. Pavlovning tasdiqlashiga ko‘ra, hulq-atvorning individual xususiyatlari, psixik faoliyat dinamikasi asab tizimi faoliyatidagi individual farqlarga bog’liqdir. Asab tizimi faoliyatidagi individual farqlarning esa turli xil ifodalanishlar, nerv jarayonlarining aloqasi va nisbati – qo‘zg‘alish va tormozlanish sanaladi.

I.P. Pavlov asab tizimining uch asosiy xossasini ajratdi, bular qo‘zg‘alish va tormoz- lanish jarayonlarining kuchi, mutanosibligi va harakatchanligidir. Pavlov yuqoridagilar- ga tayanib tempera- mentni 4 ta tipga ajratadi.

  • I.P. Pavlov asab tizimining uch asosiy xossasini ajratdi, bular qo‘zg‘alish va tormoz- lanish jarayonlarining kuchi, mutanosibligi va harakatchanligidir. Pavlov yuqoridagilar- ga tayanib tempera- mentni 4 ta tipga ajratadi.

TEMPERAMENT TIPLARI
SANGVINIK
XOLERIK
MELANXOLIK
FLEGMATIK

TEMPERAMENT TIPLARI VA ULARGA TASNIF

  • Asab tizimining Pavlov tomonidan ajratilgan tiplari faqat miqdor jihatdan emas, balki, asosiy xususiyatlari bilan ham temperamentning to‘rt xil tipi: nerv sistemasi-ning kuchli, mutanosib, harakatchan tipi –sangvinik; kuchli, mutanosib, harakatsiz tip – flegmatik; kuchli, qo‘zg‘alishi ustun bo‘lgan nomutanosib, o‘ta harakatchan tip – xolerik; kuchsiz, nomutanosib va rigid tip – melanxoliklarga mos keladi.

TEMPERAMENT TIPLARI

XOLERIK

XOLERIK

Xoleriklarda faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. SHuning uchun ular tinimsiz o‘zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda bo’ladilar. Ularning intilishlari va qiziqishlarida katta,ularda barqarorlik, zo‘r qat’iylik bor, diqqatini ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga yetkazadi, ammo unga qiziqsa albatta.

SANGVINIKLAR

  • Sangviniklar bo‘lar-bo‘lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo‘lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi.Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo‘r qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Imo-ishoralari va harakatlari yaqqol ko‘rinib turadi. Uning aftbasharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo‘lgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to‘playdi.

FLEGMATIK TIP

  • Flegmatiklarning – hissiy qo‘zgaluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. G‘ayrati, ishchanligi chidamliligi, mato- nati, o‘zini tuta bilish bilan ajralib turadi. Harakatlarining va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to’playdi.

MELANXOLIK TIPI

  • Melanxoliklarning-sezgirligi yuksak (sezgi chega- ralari yuqori). Arzimagan sababga ko‘ra,ko’zlari- dan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan,sekin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O‘ziga ishonmaydi, tortinchoq.G‘ayratsiz qat’iy emas. Diqqati tez chalg‘iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust.

Xarakter nima ?


Xarakter – bu xususiy belgilari mukammal tasvirlangan va oʻzida feʼlatvor (xattiharakat, kechinma, fikriy va nutqiy faoliyat)ning tarixan aniq tipini mujassamlantirgan, shuningdek, muallifning maʼnaviyestetik konsepsiyasini ifodalagan inson obrazi. Xarakter tushunchasi falsafa, sotsiologiya va psixologiyadagi ayni tushunchadan inson obrazining konsepsiyaviyligi bilan ajralib turadi.

UMUMIY TASNIF

  • Shunday qilib, temperament individning tabiiy belgilangan psixik xususiyatlarining individual o‘ziga xos yig‘indisidir.Bu xususiyatlarga umu- miy nerv-psixik faollikning jadallligi,zo’riqqanligi ta’sirlanish va harakatlarning maromi,individ- ning motorli, aqliy va kommunikativ sohasida namoyon bo‘ladigan xususiyatlarning kuchayi-shi va susayishi,sub’ektemotsional tuzilishining qo‘zg‘aluvchanligi, reaktivligi, barqarorligi,hissi- yotlarning nazorat qilinishi kiradi.Temperament faqat faoliyat va hulq-atvor usullarining dina- mik xususiyatlarini belgilaydi.

E’tiboringiz uchun rahmat !!!


Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling