Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja


MAVZU: №2. AVSTRALIYA VA OKEANIYA


Download 0.66 Mb.
bet2/25
Sana01.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1690443
TuriСеминар
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA

MAVZU: №2. AVSTRALIYA VA OKEANIYA
XALQLARI
REJA:
Avstraliya va Okeaniyaning geografik o'rni, tabiati va aholisi
Avstraliya va Okeaniyaning tarixiy-madaniy rayonlarga bo'linishi
Avstraliya va Okeaniya xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi
Avstraliya va Okeaniya yerlariga Yevropaliklarning kirib kelishi va oqibatlari.
Avstraliya va Okeaniya dunyoning eng kichkina beshinchi qit’asi hisoblanib, Tinch okeanining janubida joylashgan orollarni o’z ichiga oladi. Bu yyerning tabiati ham, iqlimi ham va etnik tarkibi ham yyer yuzining boshqa qismidan tubdan farq qiladi. To’rt tomonini cheksiz okean suvlari o’rab turgan Avstraliya qit’asi 7,7 mln. (1995 y) kv. km. hudga ega bo’lib, AQShning territoriyasiga to’g’ri keladi.
Qit’aning beshdan ikki qismi tropik iqlimli, qolgani subtropik va mo’tadil issiq iqlimli. Ichki qismi nihoyatda qurg’oq, yog’ingarchilik kam, harorati o’zgaruvchan dasht-biyobondan iborat. Uncha katta bo’lmagan daryolar uning sharqida oqib o’tadi. Janubiy-sharqiy qismlarida esa pastqam tog’ tizmalari joylashgan. Bir necha yuz katta-kichik ko’llar ham mavjud bo’lib, ular yoz fasllarida qurib sho’rlashib qoladi. Shuning uchun ham bu yer aholisi qadimdan yer osti suvlaridan ya’ni artezian quduqlaridan keng foydalanib keladi.
Avstraliyaning flora va faunasi ham iqlimi singari turlichadir. U yerda o’sadigan o’simliklarning aksariyati (85 %) faqat o’ziga xos bo’lib, boshqa yerlarda uchramaydi. Masalan, janubi-sharqiy yerlarda balandligi yuz-yuz yigirma metrga yetadigan ekvalipt daraxtlarini yuz-ellik turi bo’lib ular qit’aga go’zal manzara kasb etib turadi, hamda abadiy yashil daraxtlar: palma, fikus va chirmovuq, o’simliklarga boy tropik o’rmonlar shimol va shimoliy-sharqida joylashgan. O’lkaning garbi va ichki qismi esa osimlik dunyosidan yiroqdadir.
Avstraliyaning hayvonot dunyosi ham o’ziga xos qadimiyligi va ekzotikasi bilan kishini hayratda qoldiradi. Bu yerda yuksak sut emizuvchilar umuman bo’lmagan, lekin xaltali hayvonlarning yuzdan ortiq turlari mavjuddir. Ulardan katta kenguru qornida to’liq rivojlanmagan bolasini tug’ib, qorni terisidagi maxsus xaltasida voyaga yetkazadi. Bundan tashqari kenguruning daraxtga tirmashadigan, koala (xaltali ayiq), vombata va hokazo turlari ham yashaydi. Sudralib yuruvchilardan ilon, kaltakesaq shimoldagi daryolarda timsoh va boshqa jonivorlar uchraydi. Qushlardan esa dunyoda eng katta ya’ni Avstraliya strausi-emu-tuyaqush va turli xil to’tiqushlar, qora oqqush hamda sayroqi qushlarning ko’pligi Avstraliya tabiatining fayzidir.
Shuni ta’kidlash kerakki, Avstraliyaning o’simlik va hayvonot olami mahalliy tub aholi uchun asosan yemish bo’lgan. Masalan, ilon, kaltakesak, chuvalchang va turli o’simlik ildizlarini iste’mol qilganlar. Qit’ada juda ko’p qazilma boyliklar mavjud bo’lgan, lekin undan tub aholisi foydalana ololmaganlar. Hozirgi Avstraliya millati turli qurama elatlardan tashkil topgan.
Avstraliya va Okeaniyaning hozirgi aholisi 28 mln.dan ortiq (1995 y) bo’lib, tug’ilishi ming kishi hisobiga o’n to’qqizta, o’lim esa sakkish kishini tashkil qiladi. 2025 yilga kelib bu hudud aholisi tahminan 39 mln.ga yetishi ma’lum qilinmoqda. Avstraliya aholisini asosiy qismi sharqiy va janubiy-sharqiy qismlarida, sug’oriladigan qulay iqlimli va O’simlik dunyosi boy bO’lgan janubiy-g’arbiy rayonlarida yashaydi. Ularning kO’pchiligi Yevropa, ayniqsa Angliya va Irlandiya kelgindilaridan iborat. Tub aholisi (aborigenlar) suvsiz cho’l va sahrolarda nochor ahvolda, daydilikda kun kechirmoqda.
Okeaniyadagi minglab orollarni ichida eng yiriklari Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya, Yangi Kaledoniya bO’lib, aholini asosiy qismi shu yerlarda yashaydi. Avstraliya va Okeaniya hozirda an’anaviy to’rtta tarixiy-etnografik viloyatlarga bO’linadi. Avstraliya-Tasmaniya, Meloneziya, Mikroneziya va Polineziyaga, Meloneziya Okeaniyaning janubi-g’arbiy qismida joylangan bO’lib, uni tarkibiga esa quyidagi mayda orollari kiradi: Yangi Gvineya, Bismark arxipelagi, D.Antrkasto, Trobrian oroli, Luiziada arxipelagi, Solomon, Santa-Krus, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya, Luayote, Fidji va Rotuma va boshqa mayda orollar. Okeaniyaning ekvatorial chizig’i atroflarida joylashgan va bir necha ming mayda orollarni birlashtirgan Mikroneziya tarkibiga esa quyidagi orollar kiradi-Marshall, Karolin, Marian orollari va Gilberta arxipelagi hamda alohida ajralgan Oshen va Naur orollari. Okeaniyaning katta qismini egallagan va kO’p orollarini qamrab olgan Polineziyaga quyidagi orollar-Yangi Zelandiya, Gavay, Samoa, Jamiyat, Markiz, Tango, Tuamotu, Kuk, Tubdan, Elis (hozirda Tuvalu deb nomlanadi) va boshqa mayda orollar kiradi.
Dunyoda eng kichik beshinchi qit’a aholisining kelib chiqishi va etnik tarixi fanda eng qiziqarli va nihoyatda murakkab muammo bo’lib qelmoqda. Chunki bu yerning tub aholisi juda arxaik ibtidoiy tipdagi sodda, O’ziga xos madaniyatni bizning davrimizgacha saqlab qolgan. Keyingi yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar shuni ma’lum qiladiki, bu yerga dastlabki odamlar bundan 40 ming yillar ilgari Janubiy-sharqiy Osiyo yerlaridan kelib joylashganlar. Avstraliyani sharqidagi Mongo ko’lidan topilgan mehnat qurollari 32 mingyillikni va u yerdan topilgan inson qoldiqlari 25 ming yillik qadimiylikni isbotlaydi. Xuddi shu yerdan topilgan insonning antropologik qiyofasi Avstraliya va Okeaniyaning tub aholisi tipiga yaqinligini olimlar o’zlarini turli tahlillari bilan tO’htamoqdalar. Tasmaniya oroliga esa insonlarni dastlabki ko’chib O’tishi 22 ming yillar oldin bO’lganligini so’nggi yillarda O’tkazilgan arxeologik tadqiqotlar ma’lum qiladi.
Qisqasi Avstraliya va Okeaniya hududlariga insonlarni ko’chib O’tishlar bir necha marta amalga oshgan edi. Masalan, Yangi Gvineya oroliga dastlabki insonlar bundan 30 ming yil oldin Janubiy-sharqiy Osiyo yerlaridan ko’chib o’tganlar. Bu orol yaxshi o’zlashtirilgandan keyin ya’ni 10 ming yil burun ommaviy kO’chish jarayonlari tashkil etilgan edi. 5 ming yil oldin esa Bismark arxipelagiga, Solomon, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya va Luayote orollariga ham insonlarni katta ko’chishi bo’lgan edi.
Fija, Tongo, Samoa va boshqa mayda orollarga insonlar yuqorida kO’rsatilgan orollardan bundan 1200-1000 yillar muqaddam ko’chib o’tib joylashganlar.
Shunday qilib, bizning asrimiz boshlariga kelib butun Okeaniya orollariga insonlarni buyuk ko’chishi va joylanishi sodir bO’ldi. Avstraliya va Okeaniya haqidagi dastlabki noaniq ma’lumotlarni Yevropaliklarga portugal dengizchisi A.dAbreu, 1511-1512 yili taniqli dengiz sayohatchisi Magellan butun yer kurrasini aylanib, Tuamotu oroli yaqinidan so’zib O’tib Marian oroliga so’ng esa Guam orolida tO’xtagan edi. 1565 yilda Ispaniya Marian orolini O’z mustamlakasiga aylantiradi. 1668 yildan esa Okeaniya yerlariga Yevropa davlatlarining mustamlakachilik asri boshlanadi. Avstraliya 1606 yili golland dengiz sO’zuvchisi Billem Yanszon tomonidan dunyoga ma’lum qilinadi.
Shunday qilib, Avstraliya va Okeaniya yerlariga, XVI asrda ispanlar, XVII asrdan gollandlar, XVIII asrning ikkinchi yarmidan inglizlar va fransuzlar va XIX asr oxirlaridan esa Germaniya va Amerika QO’shma shtatidan mustamlakachilar kirib keladi. Ular bu yerlarda o’zlariga yangi-yangi harbiy bazalar va turli jinoyatchilarni surgun qiladigan obyektlar qurib foydalanib kelmoqdalar. Masalan, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yangi Kaledoniya, Fija va Gavay orollaridir.
Yevropaliklarning Avstraliya va Okeaniya yerlariga kirib kelishi, u yerdagi tub aholisini madaniyatiga, turmush tarziga, yashash sharoitiga juda katta salbiy ta’sir qildi. Oqibatda yerli aholi quvg’inga uchrab, inson yashay olmaydigan, O’rmon va chakalakzorlarga kO’chib ketdi, ayrimlari esa umuman qirilib ketdilar. Masalan, tasmaniyaliklarning avlod-ajdodlaridan hozirda biror kishi qolmagandir.
XIX asrning 40-yillarining o’rtalaridan esa bir necha mustamlaka orollarining aholisi o’z mustaqilliklari uchun kurash olib bordilar. Bu jarayon ikkinchi jahon urushidan keyin o’z natijalarini berdi. Masalan, 1962 yili G’arbiy Samoa, 1968 yili Nauru, 1970 yili Tongo va Fija, 1975 yili Yangi Gvineya, 1978 yili Solomon va Tuvalu, 1979 yili Karibati va 1980 yili Vanuatu (hozirda Yangi Gebrid).

ADABIYOTLAR:



  1. И.Жабборов, Жаhон халqлари этнографияси. Тошкент. 1985 йил

  2. Бутинов Н.А. Папуаси Навоий Гвинеи. М. 1968

  3. Кабо В.Р. Происхождение и ранняя история аборигенов Австралии. М.1969

  4. Чеслинг У. Среди котевников Северной Австралии. М.1961

  5. Пучков П.И. Население Океании. Этнографический обзор. М.1967

  6. Пучков П.И. Формирование населения Меланезии. М.1968.

TAYANCH IBORALAR:

  1. Tropik, subtropik, mo’tadil.

  2. Flora va Fauna

  3. Ekvalipt, palila, fikus.

  4. Ekzotika, koala, vombata.

  5. Avstraliya strausi-emu- tuyaqush.

  6. Meloneziya, Mikroneziya, Polineziya.

  7. Arxaik ibtidoiy.

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
Avstraliya va Okeaniyaning Flora va Faunasi haqida so’zlab bering.
Avstraliya va Okeaniyani O’rganishda qanday tarixiy-geografik hududlarga asoslanadi?
Avstraliya va Okeaniyaning aholisini shakllanishi va etnik tarixini izohlab bering.
Avstraliya va Okeaniyaning kashf etilishi haqida gapirib bering.
MAVZU: №3. AVSTRALIYA VA TASMANIYA XALQLARI.
REJA:
Avstraliyani ma’muriy-hududiy bO’linishi va demografik jarayonlari
Avstraliya va Tasmaniya xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi
Avstraliya va Tasmaniya xalqlarining moddiy va ma’naviy madaniyati

Avstraliya qit’asi, Tasmaniya oroli hamda Hind va Tinch okeanlarining bir


qancha orollaridan tashkil topgan davlat bo’lib, u Britaniya millatlar hamkorligiga kiradi. Maydoni 7,7 mln km Aholisi 18 mln (1995). Poytaxti-Kanberra shaxri. Hozirda Avstraliya ma’muriy jihatdan oltita shtatga ya’ni Yangi Janubiy Uels, Viktoriya, Kvinslend, Janubiy Avstraliya, G’arbiy Avstraliya va Tasmaniyaga bO’linadi. Eng yirik shaharlari: Sidney, Melburn, Ashezzit va Bresben. Davlat tuzumi-Konstitutsiyali monarxiya (konstitutsiyasi 1900 yilda qabul qilingan) Davlat boshlig’i Angliya qiroli (1952 yildan boshlab qirolicha Yelizaveta II. 2000 yili 100 yoshga kirdi) Xokimiyatni (parlament tavsiya etgan va qirol tayinlagan) general-gubernator boshqaradi.
Avstraliya va Tasmaniya aholisining 90% ini Buyuk Britaniya, qolganlarini Italiya, Gretsiya va Germaniyadan ko’chib kelganlarning avlodlari tashkil etadi. Yerlik aholi 1% ni tashkil qiladi, ko’pchiligi qirib tashlangan, qolganlari esa mamlakat ichkarisidagi cho’llarga quvg’in qilingan. Tasmaniya orolining tub aholisi-tasmanlar XIX asrning 1-yarmida umuman qirib yuborilgan.
Avstraliya aholisining kelib chiqishi hozirgi kunda fanda juda murakkab muammo bO’lib kelmoqda. Chunki bu yerning tub aholisi juda qadimgi ibtidoiy madaniyat ildizlarini hozirga qadar saqlab kelgan. Ayniqsa Tasmaniya orolidagi xalqlarni jismoniy tuzilishi, tili va madaniyati dunyoning biron bir xalqiga qiyos qilish imkoniyati yuq. Shu munosabat bilan bu xalqlarning kelib chiqishi hozirga qadar fanda muammo bo’lib kelmoqda. Lekin Avstraliya qit’asi antropogenezga kirmasligi, ya’ni odamzodning vatani emasligi ma’lum. Sababi bu yerda hech qanday yuksak sut emizuvchilar yashamagan. Natijada avstraliyalik va tasmaniyaliklarning qadimiy ajdodlari kelgindilar bo’lgan, degan xulosaga kelingan. Rus tadqiqotchisi Ivan Simonov O’tgan asrning 20-yillarida Sidneyga sayohat qilib avstraliyaliklarni ko’rganda, ular Janubiy Hindistonliklarning avlodlari, degan taxminni ma’lum qilgan edi. Hozirda ham antropologiya fani Avstraliyaning tub aholisi Janubiy Osiyoning qadimiy xalqlari bilan tarixan bog’liq ekanligini tasdiqlamoqda.
Shu bilan birga ayrim o’tgan asr sayyohlari (E.Eyr, J.Prichard) avstraliyaliklarni afrikaliklarni avlodlari degan bo’lsa, ba’zilari Malayya arxipelagi va Yangi Gvineya yerlaridan ko’chib o’tgan degan fikrlarni ma’lum qilgnlar. Lekin 1870 yilda buyuk rus tadqiqotchisi va sayyohi N.N.Miklexo-Maklay o’zining jiddiy kuzatishlari asosida Beshinchi qit’a aholisini mustaqil irq degan xulosaga kelgan.
Shundan so’ng olib borilgan antropologik tadqiqotlar ham bu fikrni ma’lum darajada tasdiqlab, Avstraliyaliklar o’ziga xos irqni tashkil qiladi, degan xulosaga to’htalgan. YA’ni qit’aning tub aholisi negroid va yevropeoid irqlar oralig’ida paydo bo’lgan deyishsa, ayrim olimlar ularni katta negraavstraloid «ekvatorial» irqning maxsus tipi, deb hisoblaydilar. Masalan, ularning sochlari qora, yevropeoidlarnikidek to’lqinsimon, soqol-mo’ylovlari va badan tuklari qalin, terisining rangi negroidlarnikiga o’xshashroq tuk jigarrang, kalla suyagi uzunchoqroq, peshonasi nishoblik, qosh usti suyagi chiqqan, labi qalin va burni kengroq, bo’yi o’rtacha yoki balandroq bo’ladi. Bunga o’xshash tiplarni Avstraliyadan tashqari Indoneziyada, Hindinstonning janubidagi qabilalarda (masalan, Shri Lankadagi veddalar) uchratish mumkin. Shuning uchun ham mazkur tipni fanda ba’zan «vedda-avstroloid» deb ham yuritiladi. So’nggi atnropologik klassifikatsiyaga binoan katta avstroloid irqiga Avstraliyaning tub aholisi, paduaslar va melaneziyaliklar, negrotoslar va veddioidlar kiradi. Bundan hulosa qilinadigan bo’lsa, avstraliyalik va tasmaniyaliklarning ajdodlari bir zamonlar Janubiy-sharqiy Osiyoda ayniqsa Indoneziyada yashaganlar. Yava oroli (Vadyak) da topilgan avstroloid tipidagi ikkita kalla suyagining qoldiqlari bunga dalil bo’la oladi.
Bundan tashqari Avstraliya hududining sharqiy va janubiy-sharqiy qismlaridan topilgan qadimiy kalla suyagi qoldiqlari Vadyak topilmalariga o’xshashligi etnogenez masalalariga ancha aniqlik kiritgan edi. Ayniqsa, Keylar (1940 y) makonidagi kalla suyagi tuzilishi jihatidan hozirgi avstraliyaliklarga yaqin turadi.
Tasmaniyaliklarning kelib chiqishi fanda hali to’liq aniqlanmagan. Ular sochining jingalakligi, badanining tuki jigarrangligi, past bo’yligi bilan avstraliyalardan farq qilganlar. Ular antropologik tuzilishi jihatidan melaneziyaliklarga, ayniqsa, Yangi Kalidoniyaliklarga o’hshab ketadi. Aniqrog’i esa hozirda ularni Avstraliyadan siqib chiqarilgan tub aholining avlodlari deb qaralmoqda.
Beshinchi qit’aga aqolining ko’chib kelishi so’nggi ma’lumotlarga qaraganda yuqori poleolit davrida amalga oshgan. Taxminan bundan 10 ming yillar muqaddam Avstraliya Osiyo bilan qo’shilgan bo’lib eng qadimiy avstraliklar Janubiy-sharqiy Osiyodan quruqlik orqali ko’chib o’tganlar. Keyinchalik esa okean suvlarining ko’tarilishi natijasida beshinchi qit’a paydo bo’lgan. Shuning uchun ham bu yer aholisi o’sha davr ijtimoiy tuzumi va madaniyatini to o’tgan asrgacha mustahkam saqlab kelganlar.
Yevropa mustamlakasi davrida (XVIII-XIX asrlar) Avstraliya va Okeaniya xalqlari o’zlarining xo’jaligi va ijtimoiy tuzumida, tili va irqiy qiyofasida qadimiyliklarini yana bir bor namoyon etdilar. Ayniqsa mahalliy tillarida yorqin bu xollar isbotlangan. Avstraliyaliklarning tillari, hech bir boshqa tillarga o’xshamaydi va yaqinlashmaydi ham. Ular da har bir qabila o’z tili yoki shevasiga ega bo’lib, irqiy va madaniy jihatdan yaqin bo’lsa ham bir-birini tushunolmaganlar, ba’zi tillar esa bir necha shevalardan iborat bo’lib, mahsus turkumni hosil qilgan. Shuning uchun ham avstraliya tillarining soni qabilalar singari 500 dan ortiq deb belgilangan. Masalan, araida tilida 10 mingdan ortiq so’z mavjud. Yana bir tomoni shuki Avstraliyaliklarda og’zaki so’zlardan tashqari qo’lni har maqomda qimirlatish yo’li bilan ifodalovchi imo-ishora tili ham mavjud bo’lgan. Bundan tashqari, «signallar tili» ham mavjud bo’lib, biron narsani aniq belgilar yordamida ifodalaganlar.
Yuqorida ta’kidlanganidek, bu qit’aga XVIII asr oxirlarigacha Yevropaliklar oyoq bosmagan. Ayekin bu qit’a XVI asrlarda ma’lum bo’lsada, uni mustamlakaga aylantirish 1770 yildan boshlangan. Bu yer dastlab Angliya josuslarini surgun joyiga aylangan. XIX asrning o’rtalaridan esa turli yer ostki qazilma boyliklar topilgandan so’ng bu yerga erkin «oq tanlilar» ko’plab kela boshlagan. Tasmaniya yerlariga Yevropaliklar 1803 yildan kela boshlaganlar. Shunday qilib, qisqa muddat ichida asosan Britaniya va Irlandiyadan kelgan mustamlakachilar tub aholiga nisbatan hukmronlik mavqeyiga ega bo’lganlar. Yaqin davrlargacha avstraliyaliklar va kirilib ketgan tasmaniyaliklar ovchilik va terib-termachilik bilan shug’ullanib kelganlar. Ularning xo’jaliklari asosan «o’zlashtirish» xarakteriga ega bo’lib, tabiat mahsulotlarini ishlab chiqarmasdan tayyor holicha iste’mol qilganlar.
Hayvonot dunyosi ancha kambag’al bo’lgan Avstraliyada tub aholisi neki jonzod bo’lsa, hammasini ov qilib, tanovul qilganlar. Masalan, ular yirik xaltali hayvonlar (kenguru) va tuyaqush (emu) dan tortib to mayda chuvalchanggacha ovlashgan. Ular baland evkalipt daraxtlariga tirmashib chiqishda jahonda birinchi o’rinda turganlar. Avstraliyaliklar go’sht va baliqni hom xolda iste’mol qilmaganlar, albatta o’tda yoki cho’g’da qovurib yeganlar. Bu xududlarda turli tariq, yams va boshqa ildiz mevali o’simliklar, non daraxti (bunya) yovvoyi holda o’sgan.
Ular chorvachilik, qo’lolchilik va metallni bilmaganlar. Ammo tosh, suyak, yog’och, o’simlik tolasidan turli qurol, buyum va idishlar yasashni yaxshi bilganlar.
Avstraliyaliklarning kiyimlari nihoyatda kambag’al bo’lgan. Ko’pchilik qabilalar mutlaqo kiyimsiz, yalang’och yurganlar. Ammo bayram vaqtlarida erkagu ayol turli bezaklar-boshiga toladan o’rov, qo’liga ip, bilakuzuk, bo’yniga munchoq, burniga buloqi, sirg’a taqishib, badanlarini bo’yab har xil patlar yopishtirib yurganlar. Ko’pchilik qabilalar daydib yurganlari uchun muayyan qishloqlarga ega bo’lmaganlar. YA’ni ular tayyor mahsulotlari tugaguncha bir yerda, so’ng esa ikkinchi joyga ko’chib o’tganliklari uchun ular vaqtinchalik shox-butoqlardan chaylalar tiklab kun kechirganlar.
Shimoliy hududlarda esa tropik yomg’irlar ko’p bo’lganligi uchun qoziq oyoqlarga o’rnatilgan uylarda 12-15 kishi yashaganlar. Daryolar va dengizga aholi sodda qayiqlar va sollardan foydalanganlar.
Bu qit’ada xonakilashtiriladigan hayvon ham bo’lmagan. Yarim yovvoyi it-dinko ham bu yerga odamlar bilan kelib qolgan. Avstraliyalik va tasmaniyaliklarning ijtimoiy tuzumi ham nihoyatda oddiy, ibtidoiy darajada bo’lgan. Urug’ ichida nikohga yo’l qo’yilmagan, ya’ni ekzogamiya tartibi hukm surgan. Urug’lar qabilalarga birlashib, muayyan hudud doirasida bir-biridan ajralgan holda ko’chib yurganlar.
Har bir qabila joylanishiga qarab ayrim lokal gruppalarga bO’lingan. Ilk qabila tuzilishining ikki shakli Fratriya sistemasi deb atalgan. Fratriya (grekcha «birodarlik» degan ma’noni anglatadi). Ular orasida iqtisodiy tabaqalinish bo’lmagan. Har bir lokal gruppa bir avlod sifatida yoshiga va jinsiga qarab bo’lingan va mehnat taqsim qilingan. Masalan, erkaklar ishlab chiqarish qurollari yasaganlar, ov qilganlar va oilasini qo’riqlaganlar, ayollar esa terimchilik qilib bola boqqan va tarbiyalagan.
Nikoh va oila munosabatlarida Fratrial va urug’ cheklanishlardan tashqari turli seksiyalarga bo’linishi mavjud bo’lgan. Masalan, Avstraliyalik aborigen yozgan biografiyasida «Mening dadamning aka-ukasi mening tog’am emas; ular ham menga dada. Ularning farzandlari ham menga qarindosh, aka-uka va opa-singillarim hisoblanadi, yoki dadamning opa-singlisini men amma deyman, ularni bolalarini ammavacha deyman. Oyimning opa-singlisini esa men oyi deyman, ularning bolalarin aka-uka va opa-singil deyman. Oyimning aka-ukalari menga amaki bo’lib, meni erkaklar qatoriga o’tkazish (initsiatsiya) marosimiga tayyorlash va tarbiya qilishga javob beradi» deydi. Shuning uchun ham ularda faqat ammavachcha va amakivachcha singillariga uylanishi mumkin bo’lgan. Shunday qilib, Avstraliyada yigit aka tomonidan aka-ukasining qiziga uylanishi mumkin bo’lgan, ammo dadasining singlisi qiziga uylanishi qat’iyan man etilgan.
Bunday tartibni buzgan juda katta gunoh qilgan bo’lib, uni yo qatl qilishgan, yoki urug’dan haydashgan edi. Voyaga yetgan o’spirinlarni kattalar qatoriga o’tkazishda mahsus initsiatsiya marosimi orqali amalga oshirilgan. Bunday marosimlarni o’tkazishda tajribali va hurmatli, yoshi katta muysafidlar rahbarlik qilganlar.
Avstraliyaliklarning ma’naviy madaniyati, diniy e’tiqodi ishlab chiqarish kuchlarining darajasi ularning ijtimoiy tuzumiga mos kelgan.
Ularning tasavvurida butun tevarak-atrof g’ayri tabiiy kuchlar, turli mahluq va arvohlar bilan to’la. Shuning o’zi ham Avstraliyani totemizm vatani deydilar. Bu din ibtidoiy dinlardan biri bo’lib, odamlar ayrim jonivorlar yoki o’simliklar bilan yaqin qavm-qarindosh, degan tasavvurni o’zida mujassamlashtirgan. Har bir totemistik gruppa o’zining cho’ringi(Markaziy Avstraliyada afsonaviy ajdodlarning arvohlari muqaddas buyumlarga ko’chirilgan, buyumlar odatda, sehrli belgilar chizilgan taxtacha) si yashiringan muqaddas joyga ega bo’lgan. o’sha yerda yilda bir marta maxsus marosim (ingichkuma) o’tkazilgan.
Avstraliyaliklar orasida turli sexrgarlik, duoguylik, ziyonetkazish magiyasi ham keng tarqalgan, Animizm esa kam tarqalgan. Bu yerda xalq og’zaki ijodi dastlab rivoyatlar, afsonalar va ertaklar, ashula va raqslarda namoyon bo’lgan. Afsona va rivoyatlar asosan totemistik tasavvurlar bilan bog’liq bo’lgan.
Ularning raqslari ko’proq jamoa shaklida (orro-bori) bo’lib, turli ma’noni tasvirlagan. Avstraliyaliklarning bilimlari tevarak-atrofdagi tabiiy sharoitga moslashgan bO’lib, ishlab chiqarish tajribasiga buysundirilgan. Masalan, ular ibtidoiy tibbiyot qo’lga kiritgan barcha bilimlardan keng foydalanganlar, maxsus tayyorlangan tarkibiy dorilarni ham, o’simlikdan qaynatilgan dorilar tayyorlab, qon oqishni to’xtatish, singan joyni tuzatishni bilganlar. O’z vatanining flora va faunasini juda yaxshi o’zlashtirganlar.
ТАYAНЧ ИБОРАЛАР:

  1. Австралия, Тасмания

  2. Экваториал, Ведда-австролоид, негритослар, вадяк

  3. Кейлар, аранда, эвкалипт, бунья

  4. Экзогамия, Эндогамия, Фратрия, Секция

  5. Тотемизм, фетишизм, анимизм, орро-бори



МАВЗУНИ МУСТАHКАМЛАШ УЧУН САВОЛЛАР:

  1. Австралия ва Тасманиянинг кашф этилиши hаqида.

  2. Австралия ва Тасмания халqларининг шаклланиши hаqида.

  3. Австралия ва Тасмания халqларининг маданияти hаqида.



АДАБИYOТЛАР:

  1. И.Жабборов. Жаhон халqлари этнографияси. Тошкент. 1985.

  2. Кабо В.Р. Происхождения ранняя история аборигенов Австралия. М. 1969.

  3. Чеслинг У. Среда кочевников Северной Австралии. М. 1961.

MAVZU: № 4. MELANEZIYA XALQLARI
REJA:
Melaneziya xalqlarining geografik joylanishi, xo’jaligi va madaniyati.
Yangi Kaledoniya va Luayote orollaridagi xalqlarining kelib chiqishi va etnik tarixi.
Fidji xalqlarining irqi, tili va madaniyati.
Yuqorida ta’kidlanganidek Melaneziya Tinch okeanining janubiy-g’arbiy qismida joylashgan tarixiy-etnografii region hisoblanadi. Bu hududga Yangi Gvineya, Bismark arxipelagi, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya, Fidji va boshqa mayda orollar kiradi. 1995 yilgi ma’lumotlarga asosan xududiy maydoni 192 ming km.kv. ni aholisi esa 5,5 mln. dan oshiqroqni tashkil etadi.
Hozirgi tadqiqotchi olimlarning fikricha Melaneziyaga dastlabki odamlar bundan 10-15 ming yillar muqaddam joylasha boshlaganlar. YA’ni Melaneziya dastlab «papuas irqi»ga xos xalqlar tomonidan egallanib, so’ng Okeaniya xovzasiga tarqalganlar. Ularning eng qadimiy qismi negritos va papuaslar hisoblanadi. Ularning uchog’i Yangi Gvineyaning markaziy qismi bilan Yangi Gebrid orollaridir.
Melaneziyaliklar o’rta bo’yli, negritoslarga qaraganda qoraroq tanli bo’lgan. Shuning uchun ham bu yer «Qora orollar» deb atalgan. Ularning xo’jaligida asosiy soha tropik tipdagi dehqonchilik va dengiz baliqchiligi bo’lgan. Hayvonot dunyosi qashshoq bo’lganligi uchun ovchilik sust bo’lgan.
Tirikchilikda dehqonchilik mahsulotlari-ildizmevali o’simliklar va mevali daraxtlar o’stirishdan iborat bo’lgan. Masalan, kokos xurmosi, non daraxti, banan, keyinchalik paydo bo’lgan kofe, kakao, sholi choy boshqalardan iboratdir. Uy-ro’zg’orlarda asosan yog’och va bambukdan kokos, qovoqdan yasalgan idish-tovoqlar qo’llanilgan. Uy-joylari har xil tipdagi yengil ustunlarga qurilgan, tomlari palma yoki boshqa daraxt yaproqlaridan foydalangan.
Oddiy turar uylardan tashqari bO’sh vaqtlarini O’tkazadigan erkaklar uyi bezatilgan jihozlangan. Transport kemachalar bo’lib ular 2 kishidan 40 kishigacha sig’adigan hajmda bo’lgan. Ularning kiyimlari tropik iqlimga moslashgan holda turli o’simliklardan peshband, fartuq yubkalar to’qib kiyilgan. Mustamlaka arafasida bu yer aholisi ona urug’ining oxirgi davri tuzumini saqlab qolgan edi.
Bu yerda ham Avstraliyaga o’xshash initsiatsiya marosimlar turli shaklda o’tkazilgandir. Masalan, o’spirinlar faqat «erkaklar taomi»-banan, shakarqamish va o’rmon mevalarini iste’mol qilishlari shart bo’lgan. O’g’il bolani onasidan ajratib, erkaklar davrasida tarbiyalashgan. Koko qabilasida marosim oxirida turli nasihatlar berilgan. YA’ni «O’g’irlama, fohishalik qilma, birovning polizidan meva olma, adolatli bo’lsang-uzoq yashaysan» deyilgan. Yoki: Torresova orollaridagi qabilada: Ota-onangga qO’pollik qilma, ota-onang sening qorningdagi taoming, agar ular o’lsa, sen och qolasan! Yana biri erkaklar qatoriga o’tkazishda individual tartibda, ona qonidan qutulish uchun burundan qon oqizish, tilni sal kesish, hatna qilish ham farz ham qarz bo’lib kelgan.
O’lim marosimlarda ham turli odatlar o’tkazilgan. YA’ni eri o’lgan xotin ancha vaqt motam qilgan, keyin erini jasadini qabrdan olib ariqda yuvgan, kalla suyagini maxsus to’r xaltaga solib o’zi bilan olib yurgan. Ayrim qabilalarda bolasi o’lgan ayol bir barmog’ini motam belgisi sifatida kesib bo’yniga osib yurgan.
Papuas va Melaneziyaliklarda diniy e’tiqod “Mana” bo’lgan. Unda turli tabiat hodisalariga arvohlar, boy kishilar, qabila boshliqlari, erkaklar ittifoqi rahbarlari sig’inganlar.
Yangi Kaledoniya Melaneziyaning janubida joylashgan. 1995 yil ma’lumotiga binoan xududiy maydoni 18 ming kv.km. aholisi 200 ming kishini tashkil qiladi. 26/6-2025 yilda 300 ming, o’rtacha yosh 71-77. Markazi Numeya. Bu yerga odamlar bundan 10 ming yil muqaddam borib joylashgan. Mil.avv. III ming yilda bu yerga Melaneziyalik qabilalar kelib joylashganlar. XXIII asr oxirida polineziyaliklar urug’laridan bir guruhi Luayote oroliga kelib joylashgan. Shuning uchun ham ularni tili bu yerda asos bO’lib qolgan.
Orolni 1774 yilda ingliz dengiz sayyohi J.Kuk kashf etgan. 1853 yildan buyon Fransiya hukmronlik qildi. U yerga Fransiyadan maxbuslar va Parij kommunachilari surgun kilingan. Rasmiy til fransuz tilidir.
Yangi Kaledoniyani hozirgi aholisi uch guruhga bo’linadi:
Aborigen-Melaneziyaliklar 30,8%
Fransuzlar-32,2%
SO’ngti yillarda Osiyo va Okeaniyadan ko’chib o’tganlar.


Aholining asosiy qismi katolik-xristianlardir. Shu bilan birga protestant-kolvinistlar ham bor. Ular Luayote orolida. Fidji 1970 yil 10 oktabrdan mustaqil davlat, bungacha Britaniyaga mustamlaka bO’lgan, lekin hamdo’stlik a’zosi hisoblanadi. Xududi 18 ming kv.km. aholisi 800 ming, 25/5 2025 yilga borib aholisi 1,1 mln.ga etishi mumkin. O’tracha yosh 64/65 yosh. Ma’lumotlarga qaraganda bu yerlarga odamlar mil.avv. II ming yillikda Yangi Gebrid orollaridan kelib joylashgan. Bu orol 1643 yili Golland va Tasman tomonidan kashf etilgan. 1874 yildan Britaniyaga mustamlaka bo’lgan. 1879 yilda esa bu yerlarga hindular olib kelib ishlatish avj olgan va u 1916 yilga qadar davom etgan. Keyinchalik Yevropaliklar va xitoylar ham ko’plab kirib kelganlar. Shuning uchun ham Fidji aholisi ikki guruhga bo’linadi. 46,3 % fijalar, 50,0 % hindulardir. Qolganlar mayda elatlar. Davlat tili – ingliz tili. Bundan tashqari Fidji va hindu tillari ham bor. Dini xristian-protestantlar. Hindular 40 %, musulmonlar 8 % ni tashkil etadi.

TAYANCH IBORALAR:



  1. Melaneziya, Papuas

  2. Negritos , Peshband

  3. Initsiatsiya , Koko qabilasi, Mana

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR

  1. Melaneziya haqida umumiy tushuncha

  2. Melaneziyada joylashgan yirik orollar aholisining tili, irqi, madaniyati.

  3. Melaneziyada hozirgi etnik jarayonlar haqida.

ADABYOTLAR:

  1. Этнография. М. 1982.

  2. И.Жабборов. Жаhон халqлари этнографияси. Т. 1985.

  3. Пучков П.И. Формирование населения Меланезии. М. 1968.

  4. Бутинов Н.А. Паpуасi Новой Гвинеи. М. 1968.

MAVZU: № 5. MIKRONEZYA XALQLARI.


REJA:
Mikroneziya xalqlarining geografik o’rni, tabiati va aholisi.
Mikroneziya xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi.
Mikroneziya xalqlarining xo’jaligi va madaniyati.

Mikroneziya-mikro-mayda va yunoncha nests-orol demakdir. U Okeaniyadagi 1500 ga yaqin orollar arxipelagidan iborat bo’lib, Tinch okeanining g’arbiy qismida joylashgan.


Yuqorida ta’kidlanganidek Mariana orollari, Karolina orollari va Marshall orollar (AQSH vasiyligida), Gilbert orollari va Oshen oroli (Buyuk Britaniyaga qaram), Nauru (1968 yildan mustaqil davlat) va boshqa orollar kiradi. 1995 yilgi ma’lumotga asosan xududiy maydoni 3,2 ming kv.km. aholisi esa 220 ming kishini tashkil etadi.
Orollarning aksari qismi marjon orollaridir, qolganlari vulqon natijasida hosil bo’lgan. Eng yirik oroli-Guam (AQSH mulki) Marianna orollarida otilib turadigan vulqonlar bor.
Mikroneziyani iqlimi ekvatorial va subekvatorial iqlim. Oylik o’rtacha harorat yanvarda 26°, iyungda 28°. Yog’ingarchilik yil davomida bir meyorida yog’adi. Karolin orollarida tez-tez kuchli tropik dovullar bO’lib turadi. Tabiiy O’simliklar vulqon orollarida doim yashil tropik O’rmon, qisman sovannalardan iborat. Hayvonlardan kalamush, kaltakesaq kO’rshapalaq timsoh, ilonlar kO’proqdir.
Mikroneziya aholisi antropologik jihatdan Melaneziya va Polineziya hamda qisman Indoneziyaliklarning aralashuvi natijasida paydo bO’lgan deb ta’riflanadi. Ular O’rta bO’yli, jigarrang tanli va bir oz jingalak sochli bO’lgan.
Mikroneziya tillari-avstronez tillari oilasining, Malay-polinez tillari guruhiga mansub. Hozirda bu tilda 214 ming kishi gaplashadi. Bundan tashqari bu til Sonsorol, Yap, Truq Ponache kabi O’nlab mayda tillarga ham bO’linadi.
Mikronezliklar Yevropalik mustamlakachilar kelguniga qadar (XVII asr) tarixiy taraqqiyotining matriarxat bosqichida turgan. Masalan, Palau orollarida uruh va qabilaviy munosabatlari kuchli bO’lgan. Ayniqsa, ona urug’i tortib qoldiqlari saqlangan. YA’ni ayollar erkaklar bilan teng huquqli bO’lgan. (Ayrim orollar da esa sinfiy munosabatlar elementlari shakllana boshlagan edi.)
Mikroneziyada XVII asrdan-XX asrning O’rtalarigacha ispan, nemis, ingliz, yapon mustamlakachilari zulmi ostida yashadi va keskin kamayib ketdi. Ikkinchi jahon urushidan sO’ng bu xududlar AQSH vasiyligiga O’tdi. Ular xO’jaligida serunim yerlar kam bO’lganligi tufayli u yerda faqat kokos palmasi shakarqamish, non daraxti O’stirilgan. Aholisi asosan baliqchilik bilan kun kO’radilar. Palau orollarida esa sholikorlik va qO’lolchilik bilan shug’ullanganlar.Diniy e’tiqodda ular qadimiy animistik tasavvurlarga sig’inganlar. Shu bilan birga folbin va kohinlar ham bO’lgan.Hozirda kO’p yerlarda xristian dinining katolitsizm oqimi keng tarqalgan.
TAYANCH IBORALAR:

  1. Mikroneziya Marjon

  2. Vulqon Palau

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

  1. Mikroneziyaning ma’muriy-xududiy bO’linishi.

  2. Mikroneziya orollaridagi xalqlarning etnogenezi haqida.

  3. Mikroneziya xalqlarining madaniyati.

ADABIYOTLAR:

  1. Этнография. М. 1982.

  2. И.Жабборов. Жаhон халqлари этнографияси. Т. 1985

  3. С.И.Брук. Население мира. М. 1986

  4. П.И.Пучков. Население Океании. М. 1967

  5. Народы Австралии и Океании М. 1956

  6. Невский В.В., Нилгсон О.А. Океания. Л. 1965

MAVZU: №N 6. POLINEZIYA XALQLARI
REJA:
Polineziyaning geografik joylanishi, tabiati va aholisi.
Polineziya xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi.
Polineziya xalqlarining moddiy va ma’naviy madaniyati.
Polineziya-Tinch okeanining markaziy qismidagi bir necha katta-kichik orollardan iborat bO’lib, shimolda Gavay arxipelagi, janubda Yangi Zelandiya va sharqda Pasxa uchburchagi bilan chegaralanib turadi. Yuqoridagideq bu yerdagi orollari ham vulqon va marjonlardan paydo bO’lgan.
Taxminiy ma’lumotlarga qaraganda bunday mayda orollar 26 ming kv.km.ni tashkil etadi. Shundan 17 ming kv.km. qismi Gavay arxipelagiga tegishlidir. (Bunga Yangi Zelandiya kirmaydi) Bundan tashqari shunday orollar borki, ularning xududiy maydoni 1 kv.km.ni tashkil etadi. (220 ta orol) (Polineziya xududiga Yangi Zelandiyadan tashqari 9 ta katta arxipelag-Gavayya, Samoa, Jamiyat orollari, Markiz, Tonga, Tuamotu, Kuq Tubuai, Ellis-hozirda Tuvalu deb nomlanadi) va boshqa mayda orollar kiradi. 1995 yilgi ma’lumotlarga qaraganda, xududiy maydoni 275 ming kv.km. Aholisi 4 mln.dan ortiqroqdir. 26/5. 2025 yilda aholi soni 5,5 mln. bO’lishi mumkin. O’rtacha yosh Polineziyani turli orolida har xildir. Masalan, Yangi Zelandiyada 73/79. Samoada 65/70, boshqa orollarda 68/72. deb ma’lum qilingan. Polineziyaning tabiati va hayvonot dunyosi ham mikroneziyaga O’xshash ancha qashshoq bO’lib, xududining kO’p qismlari abadiy yashil tropik O’rmonzorlar va savannalarni tashkil etadi.
Okean havzasida minglab mayda orol va riflar davr O’tishi bilan paydo bO’lib ba’zan esa yO’qolib ketadi. SO’nggi yillarda Polineziyaliklarning Okeaniya orollariga joylanishlari tO’g’risida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar ma’lum darajada aniqliklar kiritdi. Antropologik jihatdan ular asosan mongoloid, avstrolo-negroid va oz miqdorda yevropeoidlar aralashmasiga oiddir. Eng kO’p tarqalgan fikrga kO’ra mazkur tiplar Polineziyaga Fidji arxipelagi, sO’ng Tonga va Samoa orollari orqali mil.avv. II ming yillikning O’rtalaridan boshlab kO’chib kelganlar. Ulardagi maishiy turmush tarzi va madaniyati Polineziya etnik birligini yaratib eramizning birinchi va ikkinchi ming yilligi davomida butun Polineziyani egallab olganlar. Bunday xulosaga uzoq yillar Polineziyaliklarning rivoyatlari, tili, madaniyati va irqini O’rgangan olim Te Rangi Xirao bO’lgan. Bundan tashqari ayrim Yevropa olimlari masalan, norveg olimi Tur Xeyyerdal ham izlanish olib borib, Polineziyaliklarni Janubiy Amerikadan ya’ni And tog’laridan kelib O’rnashgan degan g’oyani ilgari surib uni isbotlashga harakat qilgan. Mustamlakachilar kelguniga qadar, (XVI asr boshlarida) orolliklarning asosiy tirikchiligi dehqonchilik bilan dengiz ovchiligi orqali O’tkazganlar. Lekin keyinchalik hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib, unda kemasozlik rivojlangan edi. Polineziyaliklar nihoyatda mohir dengizchilar hisoblangan. Masalan, Maori, Gaiti, Tongan va Fidjilar yasagan yelkanli katta kemalar 10-100 lab kishilarni uzoq safarga chiqishiga bardosh bera olar edi.
Uy hayvonlaridan tovuq, chO’chqa va it kO’p saqlangan. Chorvachilikda Yangi Zelandiya dunyoda yuqori O’rinni egallab olgan. Masalan, saryog’ ishlab chiqarishda dunyoda birinchi O’rinda, gO’sht ishlab chiqarishda esa ikkinchi O’rinni egallab kelgan.
Polineziyaliklar kiyimida ham boshqa Okeaniya xalqlariga O’xshash turli O’simliklardan bO’yra tO’qib foydalanganlar. Masalan, Gavay aholisi qushlarning teri va patlaridan plash kiyib, bosh va oyoqlariga hech nima kiymaganlar. Hozirga kelib noqulay bO’lsada yevropacha kiyinishga odatlanib bormoqdalar.
Ularning ijtimoiy hayotida qushnichilik va qishloq jamoasi muhim ahamiyatga ega bO’lgan. Asosiy ishlab chiqarish vositalari-yer, O’rmon va dengiz boyliklari, katta kema tO’rlari jamoa mulki hisoblangan. Mehnat burch va huquq, jins va yoshiga qarab taqsimlangan. Pog’onaning eng yuqorisida Oila jamoasi 30-40 kishini tashkil etib, jamoa mulkiga ega bO’lganlar.
Jamoa va qabilalar O’rtasida turli moddiy buyumlarni ayirboshlash yaxshi yO’lga qO’yilgan edi. Ularda pul vazifasini chig’anoqlar tizmasi, paket tO’z, chO’chqaning sO’yloq tishi, tosh bolta va boshqalar bajargan.
Polineziyaliklarning ma’naviy madaniyati ham O’ziga xos boy bO’lgan. Ular tevarak-atrofni yaxshi bilganlar, dengiz oqimi, shamol, quyosh, oy va yuldO’zlarga qarab uzoq masofalarga bemalol sayohatga chiqa olganlar. Ularda 1 sutka hisobi kechaga qarab belgilangan. Pasxa orolida 20 ta taxtaga bitilgan iyeroglif yozuv saqlangan. Maxsus maktablarda asosan zodagonlarninng bolalari O’qitilgan. Ularga astronomiya, dengiz oqimlari, ota-bobolarining ilm-tajribalari,mifologiya. Kema haydash mahorati va boshqa amaliy bilimlar O’rgatganlar.
Butun Polineziyada tO’rtta xudo-Tane, Tu, Rongo, Gangaroa-tabiat kuchlarini ifodalaydi. Polineziyada-har bir inson tug’ilishi bilan g’ayri tabiiy kuch-Managa ega bO’lar edi. “Mana”-tushunchasi “tabu” sO’zi bilan bog’liqdir. YA’ni Managa tegish juda xavfli hisoblanib, unga tegish man etilgan edi. Tabu sO’zi asli Polineziyada paydo bO’lib, uni dastlab Yevropaga dengiz sayyohi Kuk keltirgan. Bu sistema jamiyatda Kasta (tabaqalanish) tuzumini ifodalaydi.
Badiiy san’at namunalarini yog’och O’ymakorligi, haykaltaroshlik, tatuirovka qilish, qurollar, uy buyumlari va qurilishi, naqshlari har xil afsonaviy rivoyatlar, ashula va raqslar, pantomima, marosimlar va og’zaki ijod keng rivojlangan.

TAYANCH IBORALAR:



  1. Polineziya

  2. Antropologik irqlar

  3. Maori, taiti, tongan

  4. BO’yra

  5. Chig’anoqlar tizimi

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:



  1. Polineziya aholisini tarkibi va joylanishi haqida.

  2. Polineziyaliklarning turmush tarzi va oilaviy sharoitlari.

  3. Polineziya xalqlarining madaniyati.

ADABIYOTLAR:

  1. И.Жабборов, Жаhон халqлари этнографияси. Т. 1985

  2. Этнография. М. 1982

  3. Брук С.И. Населения мира. М. 1986

  4. Народы мира. М. 1988

  5. Пучков П.И. Население Океании. М. 1967




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling