Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja


Download 0.66 Mb.
bet4/25
Sana01.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1690443
TuriСеминар
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA

G’arbiy yoki Old Osiyo Osiyoning bir qismi bO’lib, Kichik Osiyo, Armaniston tog’lari va Eron tog’ligining katta qismini, Arabiston yarim oroli, Mesopotamiya, Falastin va O’rta yer dengizi atrofining sharqiy xududlarini O’z ichiga oladi. 1995 yilgi ma’lumotlarga asosan 4.707 kv.km. aholisiga esa 168 mln.ni tashkil etadi.
Tabiiy-geografik jihatdan Fapbiy Osiyo turlicha bO’lib quruq iqlimli subregionga bO’linadi: Avariya, Mesopotamiya, Kichik Osiyo va Eron yassitog’liklari. Mesopotamiya regioni Tigr va Yevfrat daryolarining ta’siri tufayli sersuv subtropik iqlim dehqonchilikka, umuman, odam yashashi uchun noqulay. Turkiyaning Shimoliy va Janubiy Qora dengiz bO’ylab Pontiy tog’ tizmalari, Markazda Anatoliy yassi tog’liklari Arman tog’liklari bilan chatishib ketgan. Muhim xO’jalik ahamiyatiga ega bO’lgan tekisliklar mamlakatning 20 % ga yaqin qismini egallaydi.
Arabiston yarim orolining 3/2 qismini egallagan Saudiya Arabistoni ham tog’ tizmalar bilan O’ralgan va bepoyon sahrolardan iboratdir. Bu yerda jahondagi eng katta qum sahrolardan biri Rub-al-Xali joylashgan.
G’arbiy Osiyoning flora va faunasi ham xilma-xildir. Lekin eng qadimiy davrga nisbatan albatta O’zgargandir. Asosan O’simlik dunyosi kambag’allashgan yirik O’rmonzorlarni yO’q qilinishi, ayrim hayvonlarni qirilib ketishiga olib keldi. Faqat Qora dengiz sohillaridagi xududlar hozirda ham insonlarni O’ziga maftun etadi.
Hozirgi davrda bu yerda 20 ga yaqin katta va kichik mamlakatlar joylashgandir. (sO’nngi yillarda aholi rO’yxatlariga asoslangan xolda taxminiy kishi soniga qarab davlatlarni birin-ketinligini aniqlash mumkin. Masalan, Turkiya Respublikasi Osiyo va Yevropa qit’alarida joylashgan davlatdir. Uni Osiyo bilan Yevropadan marmar dengizi bilan Bosfor va Dartanel bO’g’ozlari ajratib turadi. Xududi 769 ming kv.km. Aholisi 1995 yil ma’lumotlariga kO’ra 61,4 mln deb aytilmoqda. Asosan turklar va qisman kurdlar, arablar, gruzin va lozlar yashaydi. Poytaxti-Anqara. Davlat tili- turk tili, davlat dini- islom-sunniy.
Iroq Respublikasi-Janubiy-G’arbiy Osiyoda, ya’ni Dajla va Frot daryolari oralig’ida joylashgan. Xududi 437 ming kv.km. Aholisi-1995 yil ma’lumotiga kO’ra 20,6 mln, arablar-75%, kurdlar-20% va qisman turkman, assuriyaliklar, arman, fors va boshqa xalqlar yashaydi. Poytaxt-Bog’dod (aholisi Zmln»5mln) tili-arab va kurd. Dini islom dini bO’lib, 62% shia va 34% sunniy mazhabida, qolgan aholi boshqa din vakillari.
Saudiya Arabiston Qirolligi Arabiston yarim orolida joylashgan. Xududi-salkam 2,200 mln kv.km. Aholisi 21 mln, asosan arablar. Poytaxti Ar-Riyod (aholisi 1mln-2mln) tili arab, dini islom.
Suriya Arab Respublikasi Yaqin Sharqda joylashgan. Xududi-185,2 ming kv.km Aholisi 17,1 mln, asosan arablar va krman kurd, arman, takest assuriya, yahudiy va boshqalar yashaydi. Poytaxti —Damashq. tili-arab, dini 85% islom, shundan-suniy, shia, alaviy, drO’zlar), 15% -xristianlar.
Yaman Respublikasi. Arabiston yarim orolining Janubiy-g’arbida joylashgan.Xududi —528 ming kv.km, aholisi 18 mln., asosan arablar va qisman yamanliklar yashaydi. Poytaxti-Sana (aholisi-400 « 1 mln) tili-arab, dini-islom, shimolda-zeydlar, janubda-shalar ham bor.
Azarbayjon Respublikasi. Xududi 86,6 ming kv.km. aholisi 8,1 mln. Poytaxti-Baku.
Isroil davlati-Yaqin Sharqda joylashgan. Xududi-20 ming kv.km. aholisi 475mln « 5mlnmln, yaxudiylar-5 mln, arablar 5 mln.
Gruziya Respublikasi-Xududi-6,9 ming kv.km, aholisi 5,5 mln. Poytaxti-Tbilisi.
Iordaniya Hoshimiylar qirolligi-Yaqin Sharqda joylashgan. Xududi 89 ming kv.km. Aholisi-5,2 mln. Arablar va qisman cherkez, chechen va arman. Poytahti-Ommon. (aholisi 1,4 mln-2mln) Tili-arab, Dini-islom, sunniy.
Livan Respublikasi O’rta yer dengizining sharqiy sohilida joylashgan. Xududi-10,4 ming kv.km. Aholisi-2001 yil ma’lumotiga kO’ra 4.3 mln. 90% arablar-liviyalik, qolgani arman, kurd, ossuriyaliklar va boshqalar. Poytaxti-Bayrut-1,4» 2 mln. Tili arab, dini islom, kO’proq-sunniy va ozroq druzlar: xristinalarni ham pravolslav va kotoliklari bor.
Armaniston Respublikasi-Xududi 28.9 ming km.kv, aholisi 3,5 mln, poytaxti Yerevan.
Ummon sultonligi-Arabiston Yarim orolining janubiy-sharqiy qismida joylashgandir. Xududi-306 ming kv.km, aholisi-2,4 mln (2001) 90% dan ortig’i arablar. Poytaxti Maskat. Aholisi 120 ming, tili arab, dini-islom.
Birlashgan Arab Amirliklari-Arabiston yarim orolining tarkibiy qismida, Fors va Ummon kO’rfazlari sohilida joylashgan.7 ta amirlikni birlashtirgan.Abu-Dabi, Dubay, Sharja, Ras-al-Xayta, Al-Futayra, Ajman va Un-al-hayvoniylardir. Xududi-83 ming kv.km. Aholisi —3,3 mln (2001) asosan arablar yashaydi. Poytaxti Abu-Dabi. Aholisi 400 ming, tili-arab, dini-islom.
Quvayt davlati-Fors kO’rfazining shimoliy-g’arbiy sohillarida joylashgan. (Bir nechta orollar ham bor) Xududi-17 ming kv.km. Aholisi 2,3 mln. Arablar 90 % lekin shundan 40% asl quvaytliklar. 300 ming yaqin falastinliklar bor. Bundan tashqari Eron, Pokiston va Sharkdy Afrikadan kelganlar ham bor. Poytaxt-Al-Kuvayt. 1mln. Tili-arab, dini-islom.
Kipr Respublikasi- O’rta yer dengizining sharqiy qismidagi Kipr orolida joylashgan. Xududi 9.25 ming kv. km. Aholisi 900 ming, shundan 78 % greklar, 18 % turklar. Poytaxti-Nikosiya, aholisi-200 ming. Tili-grek va turq dini-pravoslav va islom.
Bahrayn davlati-Fors va qO’ltig’adagi Bahrayn arxipelagida joylashgan. 33 ta oroldan iborat bO’lib, I ming kv.km ni tashkil etadi. Aholisi 700 ming (2001 yilgi ma’lumot), 2025 yilga borib aholisi 1,1 mln. bO’lishi mumkin. 60 % ga yaqin arablar, qolgani qO’shni davlatlardan kelib O’rnashganlar. Poytaxt-Manama, aholisi-280-300 ming, tili-arab, dini-islom.
Qatar davlati-Forz kO’rfazidagi Qatar orolida joylashgan. Xududi-11 ming kv.km. aholisi 600 ming (2001 yilgi ma’lumot), 2025 yilga borib 700 mingdan ortishi mumkin. Poytaxti-Doxa. Aholisi 250 ming. Tili-arab, dini-islom.Yuqoridagilardan kO’rinib turibdiki, Regonning taxminan 80 % aholisi Turkiya, Iroq va Saud Arabistonida joylashgan ekan.
Antropologik jihatdan esa Fapbiy Osiyo xalqlari asosan yevropoid irqiga mansubdir. Belgilari: sochi va kO’zi qora, bug’doy rang, burni O’rtacha, labi kichkina yoki bir oz qalinroq. Ayrimlari armanoid tipiga ham mansub. Ularning bosh suyagi va burni katta yuzi va badani sermuyligi bilan ajralib turadi. Bunday belgilarni aksi Hind-pomir tipiga mansub. Bularning
1-tipiga-turklar,arablar, kurdlar, armanlar va yahudiylar kiradi.
2-tipiga esa-hind-pomir, Afg’oniston va qisman Eron xalqlari kiradi.
3-O’rta dyongiz tipiga esa-Fapbiy turklar bilan kO’chmanchi arablar kiradi. Afg’oniston bilan Eronda yashayotgan bragunlarda avstraloid belgilari seziladi. Ba’zi, xazariy va turq arablarda mangoloid qiyofasi ham bor. Lingvistik jihatdan esa, barcha arab tilida sO’zlashadigan hamit-semit til oilasining semit guruhiga mansubdir. Lekin shuni aytish keraq ular orasida 3 ta sheva suriya, iroq va araviya fanda aniqlangan bO’lib G’arbiy Osiyo aholisini 30 % ni tashkil etdi. Hind-yevropa til oilasining Eron guruhida-forslar, pushtunlar, tojiklar, kurdlar, balujiylar, lurlar, baxtiyorlar, xazariylar kiradilar. Ular butun aholining 40 % ni tashkil qiladi. 20 % dan ortivrog’i Oltoy til oilasining turk guruhida sO’zlashadilar. Qolgan xalqlari turli til oilasiga mansub guruhlarga kiradilar. Qadimgi davriga e’tibor beradigan bO’lsaq bu yerlarda dastlab shumer, elamit, kassit, lulibey, kaspiy va kavkaz tillariga yaqin xepti.-xurrit va urartu tillari bO’lgan. Semit-hamit tillari miloddan avvalgi IV ming yilliklarda bu yerlarda Shimoliy Afrikadan kirib kelgan deb qaraladi va ular III—II ming yilliklarda akkad tili va shevalari- Bobil, Ossuriya va Oromey tillarida nomoyon bO’ladi. Oromey tili milodiy yil boshlarida butun Fapbiy Osiyoga umum til sifatida yoyilgan, hatto O’rta Osiyogacha yetib kelgan, keyin uni O’rnini arab tili egallagan.Oromey yozuvidan-Suriya, Paxlavid, Uyg’ur, Mug’ul, yozuvlari paydo bO’lgan. O’sha davrlarda Bolqon yarim oroli va Kavkaz tomonlardan Hind yevropa tillari O’ta boshlagan. O’rta asrlardan esa bu yerlarga sharqdan turk qabilalarini kirib kelishi muhim rol uynadi. Mazkur tillarning paydo bO’lishi, O’z navbatida mahalliy aholining etnogenezi va etnik tarixiga boglanib ketgandir. Tarixiy manbalardan mang etnogenezi va etnik tarixiga bog’lanib ketgandir. Tarixiy manbalardan ma’lumki, bu Ikki daryo oralig’idagi yurtlar, jahonning eng qadimiy madaniyat O’chog’i hisoblanadi. Masalan, Falastinda mil avv. IX-VIII ming yilliklaridayoq dehqonchilik va chorvachilik rivojlana boshlagan. Mesopotamiyada esa mil avv. 5-4 ming yilliklarda sug’orma dehqonchilik paydo bO’lgan. Xuddi shu davrlarda yirik quldorlik davlatlari ham tashkil topa boshlagan edi. Masalan, Kavkaz orti O’lkalarda Urartu, Mesopotamiyada-Bobil, Eronda, Elam, Kichik Osiyoda-Xett va Levangada Finikiya. Bu davlatlarda turli elat va xalqlar yashab, ular O’rtasida aralashish jarayoni tinimsiz davom etib kelgan.
Mil avv. I ming yilliklarda hind-yevropa tillaridagi xalqlar Fapbiy Osiyoning katta qismini bosib olib, u yerda Midiya, Persiya, Parfiya va Baqtriya kabi despotik davlatlarni yaratganlar. Oqibatda kO’pchilik eroniy tillarida sO’zlashuvchi xalqlarni shakllanishiga olib kelgan. Masalan, forslar, pushtunlar, kurdlar va tojiklar. Keyinchalik esa milodiy VII-VIII asrlarda kirib kelgan arablar ta’sirida hozirgi arab millati paydo bO’lgan. Milodiy XI-XII asrlarda Kichik Osiyoga saljuqiylar kirib kelishi bilan turkiy xalqlarning shkllanishiga asos solganlar. Ba’zan bunday kO’chishlar zO’rma-zO’rliklar bilan ham amalga oshirilgandir. Masalan, XVI asrda Eronga arman va gruzinlar kO’chirilgan. XVIII asrda kurdlarni Xurosonga va Markaziy Anatoliiyga kO’chishi amalga oshirilgan yoki 1915-1922 yillarda Turkiya Davlati arman va ayserlar ustidan ommaviy qirg’in O’tkazgan, natijada 1,5 mln dan oshiq aholi O’ldirilib, 1,5 mln.ni quvg’in qilingandir. (1987 yil Armaniston. Zilzila) 1948 yili Isroil Davlati paydo bO’lganidan keyin Arablar zO’rlik Bilan chiqarilgan. (asosan falastinlar). O’z kO’z O’ngimizdagi «Farg’ona voqeasi» Mesxetiy turklar. Etnik tuzilishi jihatdan, regionda eng kO’p millatli davlatlardan hisoblanadi. Tillarda 75 % aholi sO’zlashadi. Lekin turli lahjalarda. Arab mamlakatlaridan Livan, Suriya va Iroqda ham butun aholini 10-15% boshqa millat vakillaridan iboratdir. Masalan, Livanda arablardan tashqari arman, kurd, greq turq fors va cherkeslar. Iroqda 20% kurdlar, qolgani fors, ossuriyaliklar, turklar, arman, turkman va boshqalardir. Saudiya Arabistoni aholisining taxminan 10-15% ni tropik Afrikadan keltirilgan negrlar tashkil etadi. Yuqorida ta’kidlanganideq bu hudud eng qadimgi agrar xO’jalikka ega bO’lgan davlatlar regioniga kiradi. Sun’iy sug’orish dehqonchiligi va lalmikor dehqonchilik rivojlangan. Mehnat qurollari temir tishli omoch, mola, ketmon, belkurak va O’roqdan iborat bO’lgan.
Turkiya, Eron va Afg’onistonda asosan bug’doy, arpa, sholi, paxta, qand lavlagi, choy, tamaki va poliz ekinlari eqiladi. Arab mamlakatlarida esa asosan sitrus ekinlari bO’lib bular ichida xurmochilik keng rivojlangan.
Masalan, Iroq jahon xurmo eksportining 80% ni tashkil qladi yoki jahonda 4-O’rinda turgan Saud Arabistonida 70 ga yaqin xurmo turi bO’lib, eqiladigan maydonning 75% tashkil qiladi. G’arbiy Osiyo xalqlari xO’jaligida chorvachilik ham muhim O’rinni egallaydi. Masalan, Eron, Afg’oniston va Arabistondagi kO’chmanchi va yarim kO’chmanchi aholining kundalik hayoti chorvachilik bilan O’tadi. Ayniqsa Arab badaviylaridir. (Badaviy-arabcha «sahro», sahroda yashaydi yoki «sahroiy» demakdir. Hozirda Arabistonda 10 mln ga yaqin badaviy yashaydi).
Hunarmandchilik sohasida esa, qadimdan yerli aholilari, zargarlik, misgarlik, qO’lolchilik, ipakchilik, ayniqsa ip yigiruv va tO’qimachilik, kigiz bosish, bO’yrachilik va gilam tO’qish muhim O’rin egallab kelgan. Masalan, Turkiyada sanoatda ham katta siljishlar bO’lgan, yoqilg’i, metallurgiya, ximiya va energetika. Eron ham agrar-industrial mamlakatga aylanmoqda. Arab mamlakatlaridan Quvayt O’zining neft boyligi bilan jahonda yuqori O’rinda turadi.
G’arbiy Osiyo xalqlarining moddiy madaniyatining ham O’ziga xos xususiyatlari mavjud.Ularning asosiy kdsmi qishloqda istiqomat qiladilar. Qishloq markazida bozor, machit va choyxona joylashgan. Afg’oniston bilan Eronda esa katta patriarxal oilalarga mO’ljallangan katta qO’rg’onlar ham mavjud. Uylar asosan loydan, paxsa yoki somon aralashtirilgan guvaladan, hom yoki pishgan g’ishtdan qurilgan. Tomlari qamish va tuproq bilan yopilgan. Ayrim yerlarda somonli loy bilan ham suvalgan. Qiskasi uy qurilishi va jihozlari cotsial sharoitiga qarab, har xil bO’ladi.
KO’chmanchi aholisi esa jun matodan tuqilgan turli xildagi chodir va palatkalarda yoki qora uy (O’tovga) O’xshash chaylalarda yashaydilar. Bu yer xalqlarining kiyimlari ham O’zgacha bO’lib juda kO’p umumiylik bor. Havoning issiq va sovuqligiga qarab kiyiniladi. Arablar Eron, Afg’oniston Turkiya va boshqa musulmon va Yevropa ta’siri ostida kiyinilib kelinmoqda. Masalan, Erkaklar, kO’ylak va keng ishton, ustidan yengsiz nimcha, chopon, boshlariga salla, kufya kiyadilar. Oyoqda etik yoki mahsi-kalish, ayrimlari umuman yalang oyoq yuradilar. Ayollar ham keng va uzun kO’ylaklar, shalvar tO’pig’acha (hozirgi SO’x ayollari) Eron va Afg’onistonda yuzlariga paranji yoki chodir yopinib oladilar.
Shuni aytish kerakki bunday an’anaviy kiyimlarni hozirda qishloq va tog’li rayonlarda kiyiladi. Shaharlarda esa yevropa usulidadir. Fapbiy Osiyo xalqlarining taomlarida ham anchagina umumiylik bordir. YA’ni asosiy ovqatlari nondir. Issiq ovqatlardan ugra, bO’tqa va palovdir. Masalan, palovning 2 xili mavjud.
1) Qaynatilgan suvga tuz bilan guruch solib pishirilgandan sO’ng, capyog’ kO’mib damlanadi.
2) Sovuq suvga guruch, tuz va yog’ qO’shib birga qaynatiladi, guruch pishgandan keyin unga gO’sht ziravorli qayla kO’miladi. (Pokiston oshi haqida).
Choy va kofe asosiy ichimlik hisoblanadi. Mehmon kO’tganda dastuxonda non serob bO’lishi shart, aks holda mehmonga hurmatsizlik bO’ladi. Arablarda asosan xurmo, non, guruch va sut (tuya, qO’y va echki) bilan oziqlanadilar .Bularda gO’shtli ovqatlar kam iste’mol qilinadi, faqat bayramlarda yeyiladi. (Pokistondagi aholi) ular qubba-gO’sht va baliq bilan ziravorli pishirilgan taomdir.
Zaytun yog’i juda foydali bO’lib uni ovqat yoki non bilan qO’shib istemol ayrimlari O’zini ham ichiladi. (Zaytun daraxti mevasi ichida 80% gacha moy bO’lib, har tupidan 20-40 kg hosil olinadi, yog’ochdan duradgorlik buyumlari tayyorlanadi). Arablarda mehmonga avvalo qaxva (kofe) taqdim etiladi, eng yuqori sifatli navi Yamanda tayyorlanadi. Fapbiy Osiyo xalqlarining ijtimoiy tuzumda patriarxal feodal va qisman quldorlik munosabatlari saqlangandir. Ayniqsa butun oilaviy hayot diniy aqidalarga tO’liq buysundirilgan. Masalan, Afg’onistonda qalin olish juda yuqori bO’lganligi tufayli bu yerda kO’proq almashuv nikoh hukm suradi, hamda levirad nikoh ham saqlangan. Oilada O’g’il tO’g’ilishi nog’opa yoki miltiq ovozi bilan e’lon qilinadi. Erondagi gilyonlarda matriarxal an’analari ancha saqlanib qolgan. Masalan, ayollar erkin huquqa ega bO’lib, yot kishilar bilan ochiq muomalada bO’ladi, ular dehqrnchilik, mol boqish, sholikorlik, pillachilik ayollar zimmasida bO’lib, sut sog’ish esa erkaklarga yuklatilgan. Turkiyada diniy aqidalarning ayrimlariga Mustafo Kamol Ota Turk islohatlari barham berdi. Masalan, Bu yerda musulmon mamlakatlari ichida birinchi marta poligamiyaga chek qO’yildi. Ayollar erkaklar bilan teng huquqlikka ega bO’ldilar. Nikoh O’g’il bolalar uchun 18 yoshdan, qizlar 17 yoshdan deb ta’kidlab qO’yildi. G’arbiy Arabiston badaviylarida, sunnat qilish, ibtidoiy initsatsiya tartib qoidaliriga amal qilgan holda bajariladi. YA’ni 16,17 yashar O’spirinni erkaklar qatoriga O’tkazish deb ataladi. Yuqorida aytilgan bu operatsiya «as-salh», ya’ni «terini shilish» deb atalgan.
Ma’naviy madaniyatda tarmoqlari ham qadimdan shakllangan umumiy madaniy an’analar hozirgacha saqlanib kelinmoqda. Masalan, turk va kurdlardan tashqari barcha G’arbiy Osiyoliklarda Arab yozuvi va tili hukmronlik qilib kelmokda. Jahonga mashxur arablarning «Ming bir kecha» ertaklari. GO’r O’g’li nomi bilan bog’liqtarixiy dostonlar. Eronliklar klassik poeziyasi (Firdavsiy, Umar Hayyom) asarlari. Afg’onlarning harbiy raqslari (Atan) va boshqalar. Bu xududdagi (Kipr, Isroyil va Livan dan tashqari) deyarli barcha mamlakatlarda islom dinini turli mashablari hukmronlik qilib kelmoqda. Masalan, Yuqori tabaqa vakillarida dafn marosimlarida turli xil xudoilarga va yig’iga chek qO’yib, O’rniga janoza O’qish, O’lim musibatini matonat va sabr-toqat (as-sabr) bilan O’tkazishni yaxshi fazilat hisoblaganlar.

TAYANCH IBORALAR:



  1. Armanoid

  2. Hamit-semit, Oromey

  3. Despotik davlatlar

  4. Agrar xO’jalik

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

  1. Old Osiyo joylashgan davlatlarni aniqlang.

  2. Old Osiyo xalqlarining etnik tarkibini aniqlang.

  3. Old Osiyo xalqlarining tili va irqini ma’lum kiling.

  4. Old Osiyo xalqlarining madaniyati.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling