Seminar: Geliy-neon lazerining ishlashini o’rganish Kerakli asboblar materiallar


Download 53.5 Kb.
bet3/6
Sana02.01.2022
Hajmi53.5 Kb.
#188699
1   2   3   4   5   6
Molekulyar CO2 lazeri. Gaz lazerida aktiv atmosfera bosimidan 100-1000 marta past bosimda gaz yoki gaz aralashmasi bilan to’ldirilgan shisha yoki kvarts naydan iborat. Rezonator ko’zgulari nayning chekalari yaqinida, uning ichida yoki tashqarisida joylashtirilishi mumkin. Gaz lazerlarida optik nakachkadan (quvvatlanish) emas, balki elektr nakachkadan foydalaniladi, bunda quvvatlanish energiyasi miltillama razryad hisobiga beriladi.

Yoqut lazer qurilmasi. Elektromagnit to’lqinlarini kuchaytirish va generatsiyalash printspini rus fiziklari N.G.Basov va A.M.Proxorov hamda ayni bir vaqtda amerikalik olimlar Ch.X.Tauns va Sh. Veberlar tavsiya qilgan edilar. Santimetr to’lqinlar diapazonida ishlaydigan asboblar mazerlar deb atalgan.

Amerkalik fizik T.G.Maymon (1960) tomonidan invertsion moddasi qattiq jism (yoqut) bo’lgan to’lqin uzunligi optik diapazonda bo’lgan (ko’rinadigan nurlar sohasida joylashgan 6443 A0 induktsion nurlanish qurilmasi) -lazer yaratdi. Yoqut lazerida aktiv muhit sifatida tarkibida 0,05 %ga yaqin xrom aralashmasi bo’lgan yoqut kristalli (Al2O3) dan foydalanildi. Lazerning bu asosiy elementi, odatda, diametri 0,4 -2 sm va uzunligi 3 - 20 sm bo’lgan tsilindr shaklida bo’ladi. Sterjenning asos sirtlari bir-biriga rosa parallel joylashgan va yaxshilab siliqlangan. Ulardan biri shaffof bo’lmagan, ikkinchisi esa qisman shaffof darajada kumush qatlami bilan qoplangan. Qisman shaffof sirtdan 92% yorug’lik oqimi qaytadi va 85 ga yaqinini u o’zi orqali o’tkazadi. Bu o’zaro parallel ko’zgular generatorning rezonatori vazifasini o’taydi.




Download 53.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling